Sura Yosin (Yosin) — سُورَةُ يس
yana 3 ta nom ⧉
يس i
Yaasiyn. (1)
وَالْقُرْآنِ الْحَكِيمِ i
Qur'oni Hakim ila qasam. (2)
إِنَّكَ لَمِنَ الْمُرْسَلِينَ i
Albatta, sen Payg`ambarlardandirsan. (3)
عَلَىٰ صِرَاطٍ مُسْتَقِيمٍ i
Sirotul mustaqiymdasan. (4)
تَنْزِيلَ الْعَزِيزِ الرَّحِيمِ i
Bu Aziyzu Rohiymning nozil qilganidir. (5)
لِتُنْذِرَ قَوْمًا مَا أُنْذِرَ آبَاؤُهُمْ فَهُمْ غَافِلُونَ i
Ota-bobolari ogohlantirilmagan, o`zlari ham g`ofil bo`lgan qavmlarni ogohlantirishing uchun. (6)
لَقَدْ حَقَّ الْقَوْلُ عَلَىٰ أَكْثَرِهِمْ فَهُمْ لَا يُؤْمِنُونَ i
Batahqiq, ularning ko`plariga (azob) so`zi haq bo`ldi. Bas, ular iymon keltirmaslar. (7)
إِنَّا جَعَلْنَا فِي أَعْنَاقِهِمْ أَغْلَالًا فَهِيَ إِلَى الْأَذْقَانِ فَهُمْ مُقْمَحُونَ i
Biz ularning bo`yinlariga kishanlar soldik. Ular iyaklarigacha yetadir. Bas, ular ko`zlari yumuq, osmonga qarab g`o`dayib qoldilar. (8)
وَجَعَلْنَا مِنْ بَيْنِ أَيْدِيهِمْ سَدًّا وَمِنْ خَلْفِهِمْ سَدًّا فَأَغْشَيْنَاهُمْ فَهُمْ لَا يُبْصِرُونَ i
Va Biz ularning oldidan ham to`siq qildik, orqalaridan ham to`siq qildik, ko`zlariga parda tortdik. Bas, ular ko`rmaslar. (9)
وَسَوَاءٌ عَلَيْهِمْ أَأَنْذَرْتَهُمْ أَمْ لَمْ تُنْذِرْهُمْ لَا يُؤْمِنُونَ i
Va ularga bari birdir — qo`rqitsang ham va yoki qo`rqitmasang ham — iymonga kelmaslar. (10)
إِنَّمَا تُنْذِرُ مَنِ اتَّبَعَ الذِّكْرَ وَخَشِيَ الرَّحْمَٰنَ بِالْغَيْبِ ۖ فَبَشِّرْهُ بِمَغْفِرَةٍ وَأَجْرٍ كَرِيمٍ i
Sen esa, faqat Zikr(eslatma)ga ergashgan va Rohmandan g`oyibona qo`rqqan kimsani ogohlantirursan. Bas, unga mag`firat va go`zal ajrning xushxabarini ber. (11)
إِنَّا نَحْنُ نُحْيِي الْمَوْتَىٰ وَنَكْتُبُ مَا قَدَّمُوا وَآثَارَهُمْ ۚ وَكُلَّ شَيْءٍ أَحْصَيْنَاهُ فِي إِمَامٍ مُبِينٍ i
Albatta, Biz O`zimiz o`liklarni tiriltirurmiz va ular taqdim qilgan narsalarni va qoldirgan asarlarni yozurmiz. Ochiq-oydin imomda(ya'ni nomai a'molda) har bir narsaning hisobini olib qo`yganmiz. (12)
وَاضْرِبْ لَهُمْ مَثَلًا أَصْحَابَ الْقَرْيَةِ إِذْ جَاءَهَا الْمُرْسَلُونَ i
Sen ularga Payg`ambarlar shahar aholisiga kelgan paytni misol qilib keltir. (13)
إِذْ أَرْسَلْنَا إِلَيْهِمُ اثْنَيْنِ فَكَذَّبُوهُمَا فَعَزَّزْنَا بِثَالِثٍ فَقَالُوا إِنَّا إِلَيْكُمْ مُرْسَلُونَ i
O`shanda Biz ularga ikkitani yuborgan edik, ular ikkovlarini yolg`onchiga chiqardilar. Bas, Biz uchinchi bilan qo`lladik. Shunda: «Albatta, biz sizlarga yuborilgan Payg`ambarlarmiz», dedilar. (14)
قَالُوا مَا أَنْتُمْ إِلَّا بَشَرٌ مِثْلُنَا وَمَا أَنْزَلَ الرَّحْمَٰنُ مِنْ شَيْءٍ إِنْ أَنْتُمْ إِلَّا تَكْذِبُونَ i
Ular: «Siz bizga o`xshagan bashardan boshqa narsa emassiz. Rohman hech narsa nozil qilgani yo`q. Sizlar faqat yolg`on so`zlamoqdasiz, xolos», dedilar. (15)
قَالُوا رَبُّنَا يَعْلَمُ إِنَّا إِلَيْكُمْ لَمُرْسَلُونَ i
Ular: «Robbimiz biladi. Albatta, biz sizlarga yuborilgan Payg`ambarlarmiz», dedilar. (16)
وَمَا عَلَيْنَا إِلَّا الْبَلَاغُ الْمُبِينُ i
Bizning zimmamizda ochiq-oydin yetkazishdan boshqa narsa yo`q. (17)
قَالُوا إِنَّا تَطَيَّرْنَا بِكُمْ ۖ لَئِنْ لَمْ تَنْتَهُوا لَنَرْجُمَنَّكُمْ وَلَيَمَسَّنَّكُمْ مِنَّا عَذَابٌ أَلِيمٌ i
Ular: «Biz sizlardan badgumon bo`ldik. Agar to`xtamasangiz, sizni albatta toshbo`ron qilurmiz va sizga bizdan alamli azob yetadir», dedilar. (18)
قَالُوا طَائِرُكُمْ مَعَكُمْ ۚ أَئِنْ ذُكِّرْتُمْ ۚ بَلْ أَنْتُمْ قَوْمٌ مُسْرِفُونَ i
Ular: «Badgumonligingiz o`zingiz bilan. Sizga eslatma berilganigami?! Yo`q! Siz o`zingiz isrofchi qavmsiz», dedilar. (19)
وَجَاءَ مِنْ أَقْصَى الْمَدِينَةِ رَجُلٌ يَسْعَىٰ قَالَ يَا قَوْمِ اتَّبِعُوا الْمُرْسَلِينَ i
Shahar chetidan bir kishi shoshilib kelib: «Ey qavmim, yuborilgan Payg`ambarlarga ergashing! (20)
اتَّبِعُوا مَنْ لَا يَسْأَلُكُمْ أَجْرًا وَهُمْ مُهْتَدُونَ i
Sizdan ajr-haq so`ramaydigan, o`zlari hidoyatda bo`lgan shaxslarga ergashing! (21)
وَمَا لِيَ لَا أَعْبُدُ الَّذِي فَطَرَنِي وَإِلَيْهِ تُرْجَعُونَ i
Menga nima bo`libdiki, o`zimni yaratgan Zotga ibodat qilmayin?! Ungagina qaytarilursizlar. (22)
أَأَتَّخِذُ مِنْ دُونِهِ آلِهَةً إِنْ يُرِدْنِ الرَّحْمَٰنُ بِضُرٍّ لَا تُغْنِ عَنِّي شَفَاعَتُهُمْ شَيْئًا وَلَا يُنْقِذُونِ i
Men Uni qo`yib, boshqa ilohlar tutaymi?! Agar Rohman menga biror zararni iroda qilsa, ularning shafoati menga hech foyda bermas va ular meni qutqara olmaslar. (23)
إِنِّي إِذًا لَفِي ضَلَالٍ مُبِينٍ i
Albatta, u taqdirda men ochiq-oydin adashuvda bo`lurman. (24)
إِنِّي آمَنْتُ بِرَبِّكُمْ فَاسْمَعُونِ i
Albatta, men Robbingizga iymon keltirdim. Bas, meni tinglangiz», dedi. (25)
قِيلَ ادْخُلِ الْجَنَّةَ ۖ قَالَ يَا لَيْتَ قَوْمِي يَعْلَمُونَ i
«Jannatga kir», deyildi. U: «Koshki, qavmim bilsalar edi. (26)
بِمَا غَفَرَ لِي رَبِّي وَجَعَلَنِي مِنَ الْمُكْرَمِينَ i
Robbim meni mag`firat etganini va ikrom qilinganlardan qilganini», dedi. (27)
وَمَا أَنْزَلْنَا عَلَىٰ قَوْمِهِ مِنْ بَعْدِهِ مِنْ جُنْدٍ مِنَ السَّمَاءِ وَمَا كُنَّا مُنْزِلِينَ i
Biz uning qavmiga undan keyin osmondan biror qo`shin tushirmadik va tushiruvchi emas ham edik. (28)
إِنْ كَانَتْ إِلَّا صَيْحَةً وَاحِدَةً فَإِذَا هُمْ خَامِدُونَ i
Faqat birgina qichqiriqdan boshqa narsa bo`lmadi. Birdan ular so`nib qoldilar. (29)
يَا حَسْرَةً عَلَى الْعِبَادِ ۚ مَا يَأْتِيهِمْ مِنْ رَسُولٍ إِلَّا كَانُوا بِهِ يَسْتَهْزِئُونَ i
Bandalarga hasratlar bo`lsin! Har qachon ularga Payg`ambar kelsa, uni faqat istehzo qilar edilar. (30)
أَلَمْ يَرَوْا كَمْ أَهْلَكْنَا قَبْلَهُمْ مِنَ الْقُرُونِ أَنَّهُمْ إِلَيْهِمْ لَا يَرْجِعُونَ i
Axir, ular o`zlaridan oldingi qancha asrlarni halok etganimizni va, albatta, o`shalar ularga qaytmasliklarini ko`rmaydilarmi?! (31)
وَإِنْ كُلٌّ لَمَّا جَمِيعٌ لَدَيْنَا مُحْضَرُونَ i
Albatta, barchalari to`plangan hollarida huzurimizga hozir qilingaylar. (32)
وَآيَةٌ لَهُمُ الْأَرْضُ الْمَيْتَةُ أَحْيَيْنَاهَا وَأَخْرَجْنَا مِنْهَا حَبًّا فَمِنْهُ يَأْكُلُونَ i
Ular uchun o`lik yer oyat-(belgi)dir. Biz uni tiriltirdik va undan don chiqardik. Bas, undan yerlar. (33)
وَجَعَلْنَا فِيهَا جَنَّاتٍ مِنْ نَخِيلٍ وَأَعْنَابٍ وَفَجَّرْنَا فِيهَا مِنَ الْعُيُونِ i
Va unda xurmo va uzum bog`lari yaratdik hamda ichidan buloqlarni chiqardik. (34)
لِيَأْكُلُوا مِنْ ثَمَرِهِ وَمَا عَمِلَتْهُ أَيْدِيهِمْ ۖ أَفَلَا يَشْكُرُونَ i
Uning mevalaridan va o`z qo`llari qilgan narsalardan yeyishlari uchun. Shukr qilmaydilarmi?! (35)
سُبْحَانَ الَّذِي خَلَقَ الْأَزْوَاجَ كُلَّهَا مِمَّا تُنْبِتُ الْأَرْضُ وَمِنْ أَنْفُسِهِمْ وَمِمَّا لَا يَعْلَمُونَ i
Yer o`stiradigan narsalardan, ularning o`zlaridan va ular bilmaydigan narsalardan, barchasidan juftlarni yaratgan Zot pok bo`ldi. (36)
وَآيَةٌ لَهُمُ اللَّيْلُ نَسْلَخُ مِنْهُ النَّهَارَ فَإِذَا هُمْ مُظْلِمُونَ i
Ular uchun kechasi ham oyat (belgi)dir. Biz uni kunduzdan shilib olurmiz. Bas, ular birdan zulmatda qolguvchilardir. (37)
وَالشَّمْسُ تَجْرِي لِمُسْتَقَرٍّ لَهَا ۚ ذَٰلِكَ تَقْدِيرُ الْعَزِيزِ الْعَلِيمِ i
Quyosh o`z istiqrori uchun jarayon etar. Bu aziyzu o`ta bilguvchi Zotning taqdir qilganidir. (38)
وَالْقَمَرَ قَدَّرْنَاهُ مَنَازِلَ حَتَّىٰ عَادَ كَالْعُرْجُونِ الْقَدِيمِ i
Oyni esa, toki eski (xurmo) shingili (holiga) qaytgunga qadar manzillarini bichib qo`yganmiz. (39)
لَا الشَّمْسُ يَنْبَغِي لَهَا أَنْ تُدْرِكَ الْقَمَرَ وَلَا اللَّيْلُ سَابِقُ النَّهَارِ ۚ وَكُلٌّ فِي فَلَكٍ يَسْبَحُونَ i
Na quyoshning oyga yetib olmog`i durust bo`lar va na kecha kunduzdan o`zib ketar. Har biri falakda suzib yurar. (40)
وَآيَةٌ لَهُمْ أَنَّا حَمَلْنَا ذُرِّيَّتَهُمْ فِي الْفُلْكِ الْمَشْحُونِ i
Ular uchun Biz ularning nasllarini to`la kemada ko`targanimiz ham bir oyat(belgi)dir. (41)
وَخَلَقْنَا لَهُمْ مِنْ مِثْلِهِ مَا يَرْكَبُونَ i
Va Biz ular uchun unga o`xshash minadigan narsalarni xalq qildik. (42)
وَإِنْ نَشَأْ نُغْرِقْهُمْ فَلَا صَرِيخَ لَهُمْ وَلَا هُمْ يُنْقَذُونَ i
Agar xohlasak, ularni g`arq eturmiz. Bas, ularning yordamchisi bo`lmas va ular qutqazilmaslar ham. (43)
إِلَّا رَحْمَةً مِنَّا وَمَتَاعًا إِلَىٰ حِينٍ i
Magar Bizdan bir rahmat va ma'lum muddatgacha bahramand bo`lish bo`lsagina (omon qolurlar). (44)
وَإِذَا قِيلَ لَهُمُ اتَّقُوا مَا بَيْنَ أَيْدِيكُمْ وَمَا خَلْفَكُمْ لَعَلَّكُمْ تُرْحَمُونَ i
Ularga: «Oldingizdagi narsadan va ortingizdagi narsadan qo`rqing. Shoyad, rahim qilinsangiz», deyilganda... (45)
وَمَا تَأْتِيهِمْ مِنْ آيَةٍ مِنْ آيَاتِ رَبِّهِمْ إِلَّا كَانُوا عَنْهَا مُعْرِضِينَ i
Va ularga Robbilari oyatlaridan bir oyat kelganda, faqat undan yuz o`girguvchi bo`lurlar. (46)
وَإِذَا قِيلَ لَهُمْ أَنْفِقُوا مِمَّا رَزَقَكُمُ اللَّهُ قَالَ الَّذِينَ كَفَرُوا لِلَّذِينَ آمَنُوا أَنُطْعِمُ مَنْ لَوْ يَشَاءُ اللَّهُ أَطْعَمَهُ إِنْ أَنْتُمْ إِلَّا فِي ضَلَالٍ مُبِينٍ i
Ularga: «Alloh sizga rizq qilib bergan narsadan infoq qilinglar», deyilganida, kufr keltirganlar iymon keltirganlarga: «Alloh xohlasa, O`zi taom beradigan kimsani biz taomlantiramizmi?! Siz ochiq-oydin zalolatdan boshqa narsada emassiz», derlar. (47)
وَيَقُولُونَ مَتَىٰ هَٰذَا الْوَعْدُ إِنْ كُنْتُمْ صَادِقِينَ i
Ular: «Agar rostgo`y bo`lsangiz, bu va'da qachon bo`lur?» derlar. (48)
مَا يَنْظُرُونَ إِلَّا صَيْحَةً وَاحِدَةً تَأْخُذُهُمْ وَهُمْ يَخِصِّمُونَ i
Ular talashib-tortishib turganlarida o`zlarini birdan oladigan birgina qichqiriqdan boshqa narsani kutayotganlari yo`q. (49)
فَلَا يَسْتَطِيعُونَ تَوْصِيَةً وَلَا إِلَىٰ أَهْلِهِمْ يَرْجِعُونَ i
Ular na vasiyat qilishga qodir bo`larlar va na o`z ahllariga qaytarlar. (50)
وَنُفِخَ فِي الصُّورِ فَإِذَا هُمْ مِنَ الْأَجْدَاثِ إِلَىٰ رَبِّهِمْ يَنْسِلُونَ i
Va surga puflandi. Bas, ular birdan Robbilari tomon qabrlardan shoshilib chiqurlar. (51)
قَالُوا يَا وَيْلَنَا مَنْ بَعَثَنَا مِنْ مَرْقَدِنَا ۜ ۗ هَٰذَا مَا وَعَدَ الرَّحْمَٰنُ وَصَدَقَ الْمُرْسَلُونَ i
Ular: «Voh, sho`rimiz qurisin! Bizni yotgan joyimizdan kim qo`zg`atdi?! Bu Rohman va'da qilgan va yuborilgan Payg`ambarlar tasdiqlagan narsa-ku?!» – derlar. (52)
إِنْ كَانَتْ إِلَّا صَيْحَةً وَاحِدَةً فَإِذَا هُمْ جَمِيعٌ لَدَيْنَا مُحْضَرُونَ i
Faqat birgina qichqiriqdan boshqa narsa bo`lgani yo`q. Bas, ular birdan to`planib, huzurimizda hozir qilingandirlar. (53)
فَالْيَوْمَ لَا تُظْلَمُ نَفْسٌ شَيْئًا وَلَا تُجْزَوْنَ إِلَّا مَا كُنْتُمْ تَعْمَلُونَ i
Bugungi kunda biror jonga hech bir zulm qilinmas. Qilib o`tgan amallaringizdan boshqasiga jazo ham olmassiz. (54)
إِنَّ أَصْحَابَ الْجَنَّةِ الْيَوْمَ فِي شُغُلٍ فَاكِهُونَ i
Albatta, jannat egalari u kunda rohatlanish ila mashg`ullar. (55)
هُمْ وَأَزْوَاجُهُمْ فِي ظِلَالٍ عَلَى الْأَرَائِكِ مُتَّكِئُونَ i
Ular va ularning juftlari soyalarda so`rilarda yonboshlab yoturlar. (56)
لَهُمْ فِيهَا فَاكِهَةٌ وَلَهُمْ مَا يَدَّعُونَ i
Ular uchun u yerda mevalar bordir. Ular uchun u yerda istagan narsalari bordir. (57)
سَلَامٌ قَوْلًا مِنْ رَبٍّ رَحِيمٍ i
Rohiym bo`lgan zot Robbdan «Salom» so`zi bordir. (58)
وَامْتَازُوا الْيَوْمَ أَيُّهَا الْمُجْرِمُونَ i
Ey, jinoyatchilar! Bugungi kunda siz ajralingiz! (59)
أَلَمْ أَعْهَدْ إِلَيْكُمْ يَا بَنِي آدَمَ أَنْ لَا تَعْبُدُوا الشَّيْطَانَ ۖ إِنَّهُ لَكُمْ عَدُوٌّ مُبِينٌ i
Men sizlarga: «Ey, Odam bolalari, shaytonga ibodat qilmang, albatta, u sizga ochiq-oydin dushmandir. (60)
وَأَنِ اعْبُدُونِي ۚ هَٰذَا صِرَاطٌ مُسْتَقِيمٌ i
Va Menga ibodat qiling, mana shu to`g`ri yo`ldir», deb amr qilmagan edimmi?! (61)
وَلَقَدْ أَضَلَّ مِنْكُمْ جِبِلًّا كَثِيرًا ۖ أَفَلَمْ تَكُونُوا تَعْقِلُونَ i
Batahqiq, u sizlardan ko`pchilik avlodni adashtirdi. Aql yurituvchi bo`lmagan edingizmi?! (62)
هَٰذِهِ جَهَنَّمُ الَّتِي كُنْتُمْ تُوعَدُونَ i
Mana bu sizga va'da qilingan jahannamdir! (63)
اصْلَوْهَا الْيَوْمَ بِمَا كُنْتُمْ تَكْفُرُونَ i
Kufr keltirib o`tganingiz tufayli bugungi kunda unga kiring! (64)
الْيَوْمَ نَخْتِمُ عَلَىٰ أَفْوَاهِهِمْ وَتُكَلِّمُنَا أَيْدِيهِمْ وَتَشْهَدُ أَرْجُلُهُمْ بِمَا كَانُوا يَكْسِبُونَ i
Bugungi kunda ularning og`izlariga muhr uramiz. Nima kasb qilganlarini Bizga qo`llari so`zlar va oyoqlari guvohlik berur. (65)
وَلَوْ نَشَاءُ لَطَمَسْنَا عَلَىٰ أَعْيُنِهِمْ فَاسْتَبَقُوا الصِّرَاطَ فَأَنَّىٰ يُبْصِرُونَ i
Agar xohlasak, ko`zlarini tep-tekis qilib qo`yurmiz. Bas, ular yo`lga shoshilurlar. Ammo, qanday ham ko`rsinlar. (66)
وَلَوْ نَشَاءُ لَمَسَخْنَاهُمْ عَلَىٰ مَكَانَتِهِمْ فَمَا اسْتَطَاعُوا مُضِيًّا وَلَا يَرْجِعُونَ i
Agar xohlasak, ularni joylarida qotirib qo`yurmiz. Bas, oldinga yurishga ham qodir bo`lmaslar, ortga ham qayta olmaslar. (67)
وَمَنْ نُعَمِّرْهُ نُنَكِّسْهُ فِي الْخَلْقِ ۖ أَفَلَا يَعْقِلُونَ i
Kimning umrini uzoq qilsak, uni xilqatida nochor qilib qo`yamiz. Axir, aql ishlatib ko`rmaydilarmi?! (68)
وَمَا عَلَّمْنَاهُ الشِّعْرَ وَمَا يَنْبَغِي لَهُ ۚ إِنْ هُوَ إِلَّا ذِكْرٌ وَقُرْآنٌ مُبِينٌ i
Biz unga she'rni ta'lim berganimiz yo`q. Bu uning uchun to`g`ri ham kelmas. U — zikr va ochiq-oydin Qur'ondan o`zga narsa emas. (69)
لِيُنْذِرَ مَنْ كَانَ حَيًّا وَيَحِقَّ الْقَوْلُ عَلَى الْكَافِرِينَ i
Tirik bo`lgan shaxslarni ogohlantirish va kofirlarga (azob) so`zini haq qilish uchundir. (70)
أَوَلَمْ يَرَوْا أَنَّا خَلَقْنَا لَهُمْ مِمَّا عَمِلَتْ أَيْدِينَا أَنْعَامًا فَهُمْ لَهَا مَالِكُونَ i
Axir, Biz ular uchun O`z qo`llarimiz-la qilgan narsalardan chorvalarni yaratib qo`yganimizni ko`rmaydilarmi?! Bas, ular o`shalarga molik(ega)dirlar-ku! (71)
وَذَلَّلْنَاهَا لَهُمْ فَمِنْهَا رَكُوبُهُمْ وَمِنْهَا يَأْكُلُونَ i
Biz ularga o`sha(hayvon)larni bo`yinsundirib qo`ydik. Bas, ulardan markablari bor va ulardan yerlar. (72)
وَلَهُمْ فِيهَا مَنَافِعُ وَمَشَارِبُ ۖ أَفَلَا يَشْكُرُونَ i
Ular uchun o`shalarda manfaatlar va ichimliklar bor. Axir, shukr qilmaydilarmi?! (73)
وَاتَّخَذُوا مِنْ دُونِ اللَّهِ آلِهَةً لَعَلَّهُمْ يُنْصَرُونَ i
Ular Allohdan o`zga ilohlar tutdilar. Go`yoki, ularga yordam berilar emish. (74)
لَا يَسْتَطِيعُونَ نَصْرَهُمْ وَهُمْ لَهُمْ جُنْدٌ مُحْضَرُونَ i
Ularning yordamiga («xudolari») qodir bo`lmaslar. Ular esa, o`sha(«xudo»)lari uchun hozir qilingan askardirlar. (75)
فَلَا يَحْزُنْكَ قَوْلُهُمْ ۘ إِنَّا نَعْلَمُ مَا يُسِرُّونَ وَمَا يُعْلِنُونَ i
Ularning gapi seni xafa qilmasin. Albatta, Biz nimani sir tutsalar va nimani oshkor qilsalar, bilurmiz. (76)
أَوَلَمْ يَرَ الْإِنْسَانُ أَنَّا خَلَقْنَاهُ مِنْ نُطْفَةٍ فَإِذَا هُوَ خَصِيمٌ مُبِينٌ i
Inson Biz uni nutfadan yaratganimizni bilmaydimi?! Endi esa, u ochiq-oydin xusumatchi bo`lib turibdi?! (77)
وَضَرَبَ لَنَا مَثَلًا وَنَسِيَ خَلْقَهُ ۖ قَالَ مَنْ يُحْيِي الْعِظَامَ وَهِيَ رَمِيمٌ i
U Bizga misol keltirdi va o`z yaratilishini unutdi. «Suyaklarni kim tiriltirur? Holbuki, ular titilib ketgan-ku?!» – dedi. (78)
قُلْ يُحْيِيهَا الَّذِي أَنْشَأَهَا أَوَّلَ مَرَّةٍ ۖ وَهُوَ بِكُلِّ خَلْقٍ عَلِيمٌ i
Sen: «Ularni ilk marta yo`qdan bor qilgan Zot tiriltiradi va u har bir yaratilgan narsani yaxshi bilguvchidir», deb ayt. (79)
الَّذِي جَعَلَ لَكُمْ مِنَ الشَّجَرِ الْأَخْضَرِ نَارًا فَإِذَا أَنْتُمْ مِنْهُ تُوقِدُونَ i
U zot sizlarga yashil daraxtdan olov qilib bergandir. Endi esa, siz undan olov yoqmoqdasiz. (80)
أَوَلَيْسَ الَّذِي خَلَقَ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضَ بِقَادِرٍ عَلَىٰ أَنْ يَخْلُقَ مِثْلَهُمْ ۚ بَلَىٰ وَهُوَ الْخَلَّاقُ الْعَلِيمُ i
Osmonlaru yerni yaratgan Zot ularga o`xshashni yaratishga qodir emasmi?! Yo`q! U o`ta yaratguvchi, o`ta bilguvchi Zotdir. (81)
إِنَّمَا أَمْرُهُ إِذَا أَرَادَ شَيْئًا أَنْ يَقُولَ لَهُ كُنْ فَيَكُونُ i
Qachon biron narsani iroda qilsa, Uning ishi «Bo`l» demoqlikdir, xolos. Bas, u narsa bo`lur. (82)
فَسُبْحَانَ الَّذِي بِيَدِهِ مَلَكُوتُ كُلِّ شَيْءٍ وَإِلَيْهِ تُرْجَعُونَ i
Bas, barcha narsaning tom egaligi qo`lida bo`lgan Zot pokdir. Ungagina qaytarilursizlar. (83)