Sura Tag‘obun (Aldanish kuni) — سُورَةُ التغابن
يُسَبِّحُ لِلَّهِ مَا فِي السَّمَاوَاتِ وَمَا فِي الْأَرْضِ ۖ لَهُ الْمُلْكُ وَلَهُ الْحَمْدُ ۖ وَهُوَ عَلَىٰ كُلِّ شَيْءٍ قَدِيرٌ i
Osmonlardagi narsalar va yerdagi narsalar Allohga tasbih ayturlar. Mulk Unga xosdir, maqtov ham Unga xosdir va U barcha narsaga qodirdir. (1)
هُوَ الَّذِي خَلَقَكُمْ فَمِنْكُمْ كَافِرٌ وَمِنْكُمْ مُؤْمِنٌ ۚ وَاللَّهُ بِمَا تَعْمَلُونَ بَصِيرٌ i
U, sizlarni yaratgan Zotdir. Bas, ba'zilaringiz kofir va ba'zilaringiz mo`mindir. Alloh nima qilayotganingizni ko`rib turuvchidir. (2)
خَلَقَ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضَ بِالْحَقِّ وَصَوَّرَكُمْ فَأَحْسَنَ صُوَرَكُمْ ۖ وَإِلَيْهِ الْمَصِيرُ i
U, osmonlaru yerni haq bilan yaratdi. Va qiyofangizni chiroyli suvratda qildi. Va qaytib borish Uning O`zigadir. (3)
يَعْلَمُ مَا فِي السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ وَيَعْلَمُ مَا تُسِرُّونَ وَمَا تُعْلِنُونَ ۚ وَاللَّهُ عَلِيمٌ بِذَاتِ الصُّدُورِ i
U, osmonlaru yerdagi narsalarni biladir. Sizlar sir tutayotgan narsani ham va e'lon qilayotgan narsani ham biladir. Alloh ko`krakdagi narsalarni ham biluvchidir. (4)
أَلَمْ يَأْتِكُمْ نَبَأُ الَّذِينَ كَفَرُوا مِنْ قَبْلُ فَذَاقُوا وَبَالَ أَمْرِهِمْ وَلَهُمْ عَذَابٌ أَلِيمٌ i
Sizlarga oldin kofir bo`lganlarning xabari kelmadimi? Bas, ular o`z ishlarining azobini tatidilar va ularga alamli azoblar bor. (5)
ذَٰلِكَ بِأَنَّهُ كَانَتْ تَأْتِيهِمْ رُسُلُهُمْ بِالْبَيِّنَاتِ فَقَالُوا أَبَشَرٌ يَهْدُونَنَا فَكَفَرُوا وَتَوَلَّوْا ۚ وَاسْتَغْنَى اللَّهُ ۚ وَاللَّهُ غَنِيٌّ حَمِيدٌ i
Buning boisi shuki, ularga Payg`ambarlari oydin dalillar bilan kelardilar, ular bo`lsa, bizni bashar hidoyatga boshlarmi, deb kufrga ketardilar va (haqdan) yuz o`girardilar. Va Alloh behojat bo`ldi. Alloh behojat va maqtalgandir. (6)
زَعَمَ الَّذِينَ كَفَرُوا أَنْ لَنْ يُبْعَثُوا ۚ قُلْ بَلَىٰ وَرَبِّي لَتُبْعَثُنَّ ثُمَّ لَتُنَبَّؤُنَّ بِمَا عَمِلْتُمْ ۚ وَذَٰلِكَ عَلَى اللَّهِ يَسِيرٌ i
Kofirlar hech qayta tirilmasliklarini da'vo qilurlar. Sen: «Undoq emas, Robbim bilan qasamki, albatta qayta tiriltirilasizlar, so`ngra qilgan ishlaringizdan xabardor qilinasizlar. Bu ish Alloh uchun osondir», deb ayt. (7)
فَآمِنُوا بِاللَّهِ وَرَسُولِهِ وَالنُّورِ الَّذِي أَنْزَلْنَا ۚ وَاللَّهُ بِمَا تَعْمَلُونَ خَبِيرٌ i
Bas, Allohga, Uning Rasuliga va Biz tushirgan nurga iymon keltiringlar. Alloh nima qilayotganingizdan xabardordir. (8)
يَوْمَ يَجْمَعُكُمْ لِيَوْمِ الْجَمْعِ ۖ ذَٰلِكَ يَوْمُ التَّغَابُنِ ۗ وَمَنْ يُؤْمِنْ بِاللَّهِ وَيَعْمَلْ صَالِحًا يُكَفِّرْ عَنْهُ سَيِّئَاتِهِ وَيُدْخِلْهُ جَنَّاتٍ تَجْرِي مِنْ تَحْتِهَا الْأَنْهَارُ خَالِدِينَ فِيهَا أَبَدًا ۚ ذَٰلِكَ الْفَوْزُ الْعَظِيمُ i
U sizlarni «Jamlash kuni»ga to`playdigan kunni eslang. U kun «tag`obun» kunidir. Kim Allohga iymon keltirsa va solih amallar qilsa, uning gunohlarini kechirur va (daraxtlari) ostidan anhorlar oqib turgan jannatlarga kiritur. Unda abadul-abad qolurlar. Bu ulkan yutuqdir. (9)
وَالَّذِينَ كَفَرُوا وَكَذَّبُوا بِآيَاتِنَا أُولَٰئِكَ أَصْحَابُ النَّارِ خَالِدِينَ فِيهَا ۖ وَبِئْسَ الْمَصِيرُ i
Kufr keltirib, Bizning oyatlarimizni yolg`onga chiqarganlar, ana o`shalar otash egalaridir. Unda abadiy qolurlar. Qandoq ham yomon joy u! (10)
مَا أَصَابَ مِنْ مُصِيبَةٍ إِلَّا بِإِذْنِ اللَّهِ ۗ وَمَنْ يُؤْمِنْ بِاللَّهِ يَهْدِ قَلْبَهُ ۚ وَاللَّهُ بِكُلِّ شَيْءٍ عَلِيمٌ i
Sizga Allohning iznisiz hech bir musiybat yetmas. Kim Allohga iymon keltirsa, U zot uning qalbini hidoyatga solur. Alloh har bir narsani biluvchidir. (11)
وَأَطِيعُوا اللَّهَ وَأَطِيعُوا الرَّسُولَ ۚ فَإِنْ تَوَلَّيْتُمْ فَإِنَّمَا عَلَىٰ رَسُولِنَا الْبَلَاغُ الْمُبِينُ i
Allohga itoat qiling va Rasulga itoat qiling. Agar yuz o`girib ketsangiz, bas, Bizning Rasulimizga (vazifa) ochiq-oydin yetkazish, xolos. (12)
اللَّهُ لَا إِلَٰهَ إِلَّا هُوَ ۚ وَعَلَى اللَّهِ فَلْيَتَوَكَّلِ الْمُؤْمِنُونَ i
Alloh, Undan o`zga ibodatga sazovor zot yo`q. Bas, mo`minlar Allohning O`zigagina tavakkal qilsinlar. (13)
يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا إِنَّ مِنْ أَزْوَاجِكُمْ وَأَوْلَادِكُمْ عَدُوًّا لَكُمْ فَاحْذَرُوهُمْ ۚ وَإِنْ تَعْفُوا وَتَصْفَحُوا وَتَغْفِرُوا فَإِنَّ اللَّهَ غَفُورٌ رَحِيمٌ i
Ey, iymon keltirganlar! Albatta, jufti halollaringizdan va bolalaringizdan sizga dushman bor, bas, ulardan hazir bo`ling. Va agar afv etsangiz, ko`ngilga olmasangiz va ayblarini kechirsangiz... Bas, albatta, Alloh ko`p mag`firat qiluvchi va rahimlidir. (14)
إِنَّمَا أَمْوَالُكُمْ وَأَوْلَادُكُمْ فِتْنَةٌ ۚ وَاللَّهُ عِنْدَهُ أَجْرٌ عَظِيمٌ i
Albatta, mol-mulklaringiz va farzandlaringiz sinovdan boshqa narsa emas. Va Allohning huzurida ulug` ajr bor. (15)
فَاتَّقُوا اللَّهَ مَا اسْتَطَعْتُمْ وَاسْمَعُوا وَأَطِيعُوا وَأَنْفِقُوا خَيْرًا لِأَنْفُسِكُمْ ۗ وَمَنْ يُوقَ شُحَّ نَفْسِهِ فَأُولَٰئِكَ هُمُ الْمُفْلِحُونَ i
Allohga qo`lingizdan kelganicha taqvo qiling va (amrini) tinglang va itoat qiling va infoq qiling — o`zingizga yaxshi bo`ladir. Va kimki nafsining qizg`anchiqligidan saqlansa, undaylar najot topuvchilardir. (16)
إِنْ تُقْرِضُوا اللَّهَ قَرْضًا حَسَنًا يُضَاعِفْهُ لَكُمْ وَيَغْفِرْ لَكُمْ ۚ وَاللَّهُ شَكُورٌ حَلِيمٌ i
Agar Allohga yaxshi qarz bersangiz, U sizga ko`paytirib berur va sizni kechirur. Alloh shakur va haliymdir. (17)
عَالِمُ الْغَيْبِ وَالشَّهَادَةِ الْعَزِيزُ الْحَكِيمُ i
U g`oyib va ochiqni biluvchi, aziyz va hakiym Zotdir. (18)