Sura Sajda (Sajda) — سُورَةُ السجدة
yana 2 ta nom ⧉
الم i
Alif. Laam. Miym. (1)
تَنْزِيلُ الْكِتَابِ لَا رَيْبَ فِيهِ مِنْ رَبِّ الْعَالَمِينَ i
Bu kitobning nozil qilinishi, unda hech shak-shubha yo`q, olamlarning Robbi tomonidandir. (2)
أَمْ يَقُولُونَ افْتَرَاهُ ۚ بَلْ هُوَ الْحَقُّ مِنْ رَبِّكَ لِتُنْذِرَ قَوْمًا مَا أَتَاهُمْ مِنْ نَذِيرٍ مِنْ قَبْلِكَ لَعَلَّهُمْ يَهْتَدُونَ i
Yoki, uning o`zi to`qib olgan, derlarmi?! Yo`q! U sendan oldin o`zlariga hech ogohlantirguvchi kelmagan qavmni ogohlantirishing uchun Robbingdan (kelgan) haqdir. Shoyadki, ular hidoyat topsalar. (3)
اللَّهُ الَّذِي خَلَقَ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضَ وَمَا بَيْنَهُمَا فِي سِتَّةِ أَيَّامٍ ثُمَّ اسْتَوَىٰ عَلَى الْعَرْشِ ۖ مَا لَكُمْ مِنْ دُونِهِ مِنْ وَلِيٍّ وَلَا شَفِيعٍ ۚ أَفَلَا تَتَذَكَّرُونَ i
Alloh osmonlaru Yerni va ular orasidagi narsalarni olti kunda yaratib, so`ngra (Zoti va ulug`ligiga munosib suratda) Arshga yuksalgan Zotdir. Siz uchun undan o`zga do`st ham, shafoatchi ham yo`qdir. Axir, eslamaysizlarmi?! (4)
يُدَبِّرُ الْأَمْرَ مِنَ السَّمَاءِ إِلَى الْأَرْضِ ثُمَّ يَعْرُجُ إِلَيْهِ فِي يَوْمٍ كَانَ مِقْدَارُهُ أَلْفَ سَنَةٍ مِمَّا تَعُدُّونَ i
U zot osmondan yergacha barcha ishning tadbirini qilur. So`ngra o`sha (ish) miqdori siz sanayotgan hisobda ming yilga teng bo`lgan kunda Unga chiqar. (5)
ذَٰلِكَ عَالِمُ الْغَيْبِ وَالشَّهَادَةِ الْعَزِيزُ الرَّحِيمُ i
Ana shu Zot g`oyibniyu hozirni bilguvchi, Aziyzu Rohiymdir. (6)
الَّذِي أَحْسَنَ كُلَّ شَيْءٍ خَلَقَهُ ۖ وَبَدَأَ خَلْقَ الْإِنْسَانِ مِنْ طِينٍ i
U O`zi yaratgan har bir narsani go`zal etgan va insonni yaratishni loydan boshlagan Zotdir. (7)
ثُمَّ جَعَلَ نَسْلَهُ مِنْ سُلَالَةٍ مِنْ مَاءٍ مَهِينٍ i
So`ngra, uning naslini haqir bir suvdan ajrab chiqadigan qildi. (8)
ثُمَّ سَوَّاهُ وَنَفَخَ فِيهِ مِنْ رُوحِهِ ۖ وَجَعَلَ لَكُمُ السَّمْعَ وَالْأَبْصَارَ وَالْأَفْئِدَةَ ۚ قَلِيلًا مَا تَشْكُرُونَ i
So`ngra uni rostladi va uning ichiga O`z ruhidan pufladi. U sizlarga quloq, ko`zlar va dillar paydo qildi. Kamdan-kam shukr qilursizlar. (9)
وَقَالُوا أَإِذَا ضَلَلْنَا فِي الْأَرْضِ أَإِنَّا لَفِي خَلْقٍ جَدِيدٍ ۚ بَلْ هُمْ بِلِقَاءِ رَبِّهِمْ كَافِرُونَ i
Ular: «Biz yer ostida yo`q bo`lib ketgach ham, yana yangitdan yaratilamizmi?!» derlar. Yo`q! Ular Robbilariga ro`baro` bo`lishni inkor qilguvchilardir. (10)
قُلْ يَتَوَفَّاكُمْ مَلَكُ الْمَوْتِ الَّذِي وُكِّلَ بِكُمْ ثُمَّ إِلَىٰ رَبِّكُمْ تُرْجَعُونَ i
Sen: «Sizlarga vakil qilingan o`lim farishtasi joningizni oladir. So`ngra Robbingizga qaytarilursiz», deb ayt. (11)
وَلَوْ تَرَىٰ إِذِ الْمُجْرِمُونَ نَاكِسُو رُءُوسِهِمْ عِنْدَ رَبِّهِمْ رَبَّنَا أَبْصَرْنَا وَسَمِعْنَا فَارْجِعْنَا نَعْمَلْ صَالِحًا إِنَّا مُوقِنُونَ i
Gunohkorlarning Robbilari huzurida boshlarini egib turib: «Ey Robbimiz, ko`rdik, eshitdik. Bas, bizni ortga qaytar, yaxshi amal qilamiz. Albatta, biz ishonib yetdik», deyishlarini ko`rsang edi. (12)
وَلَوْ شِئْنَا لَآتَيْنَا كُلَّ نَفْسٍ هُدَاهَا وَلَٰكِنْ حَقَّ الْقَوْلُ مِنِّي لَأَمْلَأَنَّ جَهَنَّمَ مِنَ الْجِنَّةِ وَالنَّاسِ أَجْمَعِينَ i
Agar xohlaganimizda, har bir jonga o`z hidoyatini berar edik. Lekin Mendan: «Albatta, jahannamni jinlar va odamlarni jamlab to`ldirurman», degan so`z haq bo`ldi. (13)
فَذُوقُوا بِمَا نَسِيتُمْ لِقَاءَ يَوْمِكُمْ هَٰذَا إِنَّا نَسِينَاكُمْ ۖ وَذُوقُوا عَذَابَ الْخُلْدِ بِمَا كُنْتُمْ تَعْمَلُونَ i
«Bas, totib ko`ringlar, ushbu kuningizda uchrashuvni unutganingiz tufayli Biz ham sizni unutdik. Qilib o`tgan amallaringiz tufayli mangu azobni toting!» deyilur. (14)
إِنَّمَا يُؤْمِنُ بِآيَاتِنَا الَّذِينَ إِذَا ذُكِّرُوا بِهَا خَرُّوا سُجَّدًا وَسَبَّحُوا بِحَمْدِ رَبِّهِمْ وَهُمْ لَا يَسْتَكْبِرُونَ ۩ i
Albatta, Bizning oyatlarimizga ular-la eslatma berilganda sajdaga yiqiladigan, Robbilariga hamd ila tasbih aytadigan va mutakabbirlik qilmaydiganlargina iymon keltirurlar. (15)
تَتَجَافَىٰ جُنُوبُهُمْ عَنِ الْمَضَاجِعِ يَدْعُونَ رَبَّهُمْ خَوْفًا وَطَمَعًا وَمِمَّا رَزَقْنَاهُمْ يُنْفِقُونَ i
Ularning yonboshlari yotar joydan yiroq bo`lur. Ular Robbilariga qo`rquv va umidvorlik ila duo qilurlar va o`zlariga rizq qilib bergan narsalarimizdan infoq qilurlar. (16)
فَلَا تَعْلَمُ نَفْسٌ مَا أُخْفِيَ لَهُمْ مِنْ قُرَّةِ أَعْيُنٍ جَزَاءً بِمَا كَانُوا يَعْمَلُونَ i
Bas, hech bir jon o`zlari uchun qilib o`tgan amallari mukofotiga berkitib qo`yilgan ko`z quvonchlarini bilmas. (17)
أَفَمَنْ كَانَ مُؤْمِنًا كَمَنْ كَانَ فَاسِقًا ۚ لَا يَسْتَوُونَ i
Axir, mo`min bo`lgan odam fosiq bo`lgan odamdek bo`lurmi?! Teng bo`lmaslar. (18)
أَمَّا الَّذِينَ آمَنُوا وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ فَلَهُمْ جَنَّاتُ الْمَأْوَىٰ نُزُلًا بِمَا كَانُوا يَعْمَلُونَ i
Ammo, iymon keltirib, yaxshi amallarni qilganlarga, albatta ularga qilib o`tgan amallari uchun jannatul ma'vo manzildir. (19)
وَأَمَّا الَّذِينَ فَسَقُوا فَمَأْوَاهُمُ النَّارُ ۖ كُلَّمَا أَرَادُوا أَنْ يَخْرُجُوا مِنْهَا أُعِيدُوا فِيهَا وَقِيلَ لَهُمْ ذُوقُوا عَذَابَ النَّارِ الَّذِي كُنْتُمْ بِهِ تُكَذِّبُونَ i
Ammo fosiqlik qilganlar esa, bas, ularning joylari do`zaxdir. Har qachon undan chiqmoqni iroda qilsalar, unga qaytarilurlar va ularga: «O`zingiz yolg`onga chiqargan do`zaxning azobini toting», deyilur. (20)
وَلَنُذِيقَنَّهُمْ مِنَ الْعَذَابِ الْأَدْنَىٰ دُونَ الْعَذَابِ الْأَكْبَرِ لَعَلَّهُمْ يَرْجِعُونَ i
Albatta, Biz ularga buyuk azobdan oldin yaqin azobni tottiramiz. Shoyadki, qaytsalar. (21)
وَمَنْ أَظْلَمُ مِمَّنْ ذُكِّرَ بِآيَاتِ رَبِّهِ ثُمَّ أَعْرَضَ عَنْهَا ۚ إِنَّا مِنَ الْمُجْرِمِينَ مُنْتَقِمُونَ i
Robbining oyatlari ila eslatilgan, so`ngra ulardan yuz o`girgan odamdan ham zolimroq odam bormi?! Albatta, Biz jinoyatchilardan intiqom olguvchilarmiz. (22)
وَلَقَدْ آتَيْنَا مُوسَى الْكِتَابَ فَلَا تَكُنْ فِي مِرْيَةٍ مِنْ لِقَائِهِ ۖ وَجَعَلْنَاهُ هُدًى لِبَنِي إِسْرَائِيلَ i
Batahqiq, Biz Musoga kitobni berdik. Bas, sen uning ro`baro` bo`lishidan shubhada bo`lma. Va biz uni Bani Isroilga hidoyat qilib berdik. (23)
وَجَعَلْنَا مِنْهُمْ أَئِمَّةً يَهْدُونَ بِأَمْرِنَا لَمَّا صَبَرُوا ۖ وَكَانُوا بِآيَاتِنَا يُوقِنُونَ i
Va sabr qilgan paytlarida ulardan Bizning amrimiz ila hidoyatga boshlaydigan peshvolar chiqardik. Ular Bizning oyatlarimizga aniq ishonardilar. (24)
إِنَّ رَبَّكَ هُوَ يَفْصِلُ بَيْنَهُمْ يَوْمَ الْقِيَامَةِ فِيمَا كَانُوا فِيهِ يَخْتَلِفُونَ i
Albatta, Robbing O`zi qiyomat kuni ular orasida ixtilof qilgan narsalari to`g`risida ajrim qilur. (25)
أَوَلَمْ يَهْدِ لَهُمْ كَمْ أَهْلَكْنَا مِنْ قَبْلِهِمْ مِنَ الْقُرُونِ يَمْشُونَ فِي مَسَاكِنِهِمْ ۚ إِنَّ فِي ذَٰلِكَ لَآيَاتٍ ۖ أَفَلَا يَسْمَعُونَ i
O`zlaridan oldin o`tgan, maskanlarida yurib turgan qanchadan-qancha asrlarni halok qilganimiz ularni hidoyatga boshlamadimi?! Albatta, bunda oyat-belgilar bordir. Eshitmaydilarmi?! (26)
أَوَلَمْ يَرَوْا أَنَّا نَسُوقُ الْمَاءَ إِلَى الْأَرْضِ الْجُرُزِ فَنُخْرِجُ بِهِ زَرْعًا تَأْكُلُ مِنْهُ أَنْعَامُهُمْ وَأَنْفُسُهُمْ ۖ أَفَلَا يُبْصِرُونَ i
Bizning suvni quruq yerga haydab, u bilan chorvalari va o`zlari yeydigan ziroatni chiqarishimizni bilmaydilarmi?! Axir, ko`rmaydilarmi?! (27)
وَيَقُولُونَ مَتَىٰ هَٰذَا الْفَتْحُ إِنْ كُنْتُمْ صَادِقِينَ i
Ular: «Agar rostgo`y bo`lsalaringiz, bu fath qachon bo`lur?!» derlar. (28)
قُلْ يَوْمَ الْفَتْحِ لَا يَنْفَعُ الَّذِينَ كَفَرُوا إِيمَانُهُمْ وَلَا هُمْ يُنْظَرُونَ i
Sen: «Fath kuni kufr keltirganlarga iymonlari manfaat bermas va ularga muhlat ham berilmas», deb ayt. (29)
فَأَعْرِضْ عَنْهُمْ وَانْتَظِرْ إِنَّهُمْ مُنْتَظِرُونَ i
Bas, ulardan yuz o`gir va muntazir bo`l. Albatta, ular ham muntazirdirlar. (30)