Sura Furqon (Haq va botil ajratuvchi) — سُورَةُ الفرقان

Furqon surasi — Qur’onning yigirma beshinchi surasi bo‘lib, unda haqiqat bilan botilning farqlanishi bayon qilinadi hamda Allohning haqiqiy bandalariga xos fazilatlar ta’kidlanadi.

Sura Furqon (Haq va botil ajratuvchi) — سُورَةُ الفرقان

تَبَارَكَ الَّذِي نَزَّلَ الْفُرْقَانَ عَلَىٰ عَبْدِهِ لِيَكُونَ لِلْعَالَمِينَ نَذِيرًا ١ i

25:1

Olamlarga ogohlantiruvchi bo`lsin uchun bandasiga Furqonni nozil qilgan Zot barakotli, ulug`dir. (1)

الَّذِي لَهُ مُلْكُ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ وَلَمْ يَتَّخِذْ وَلَدًا وَلَمْ يَكُنْ لَهُ شَرِيكٌ فِي الْمُلْكِ وَخَلَقَ كُلَّ شَيْءٍ فَقَدَّرَهُ تَقْدِيرًا ٢ i

25:2

U, osmonlaru yerning mulki Unga xos bo`lgan, O`ziga farzand tutmagan, mulkida sherigi bo`lmagan, har bir narsani o`lchov ila o`lchab yaratgan Zotdir. (2)

وَاتَّخَذُوا مِنْ دُونِهِ آلِهَةً لَا يَخْلُقُونَ شَيْئًا وَهُمْ يُخْلَقُونَ وَلَا يَمْلِكُونَ لِأَنْفُسِهِمْ ضَرًّا وَلَا نَفْعًا وَلَا يَمْلِكُونَ مَوْتًا وَلَا حَيَاةً وَلَا نُشُورًا ٣ i

25:3

U Zotdan boshqa, hech narsa yarata olmaydigan, o`zlari yaratiladigan, o`zlari uchun zararga ham, nafga ham ega bo`lmaydigan, o`limga ham, hayotga ham, qayta tirilishga ham molik bo`lmaydigan «xudo»lar tutdilar. (3)

وَقَالَ الَّذِينَ كَفَرُوا إِنْ هَٰذَا إِلَّا إِفْكٌ افْتَرَاهُ وَأَعَانَهُ عَلَيْهِ قَوْمٌ آخَرُونَ ۖ فَقَدْ جَاءُوا ظُلْمًا وَزُورًا ٤ i

25:4

Kufr keltirganlar: «Bu (Qur'on) uydirmadan boshqa narsa emas. Uni o`zi uydirib oldi va bunda unga boshqa qavmlar ko`mak berdilar», dedilar. Bas, shubhasiz, zulm va yolg`on guvohlik keltirdilar. (4)

وَقَالُوا أَسَاطِيرُ الْأَوَّلِينَ اكْتَتَبَهَا فَهِيَ تُمْلَىٰ عَلَيْهِ بُكْرَةً وَأَصِيلًا ٥ i

25:5

Ular: «Bu avvalgilarning afsonasidir. Ularni yozdirib olgan. Holbuki, ular unga ertayu kech imlo qilinur», dedilar. (5)

قُلْ أَنْزَلَهُ الَّذِي يَعْلَمُ السِّرَّ فِي السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ ۚ إِنَّهُ كَانَ غَفُورًا رَحِيمًا ٦ i

25:6

Sen: «Uni osmonlaru yerdagi sirni biladigan Zot nozil qildi. Albatta, U mag`firatli va rahimli Zotdir», degin. (6)

وَقَالُوا مَالِ هَٰذَا الرَّسُولِ يَأْكُلُ الطَّعَامَ وَيَمْشِي فِي الْأَسْوَاقِ ۙ لَوْلَا أُنْزِلَ إِلَيْهِ مَلَكٌ فَيَكُونَ مَعَهُ نَذِيرًا ٧ i

25:7

Ular: «Bu ne Payg`ambarki, taom yeb, bozorda yuradir?! Unga bir farishta tushirilsa edi, u bilan ogohlantirguvchi bo`lar edi. (7)

أَوْ يُلْقَىٰ إِلَيْهِ كَنْزٌ أَوْ تَكُونُ لَهُ جَنَّةٌ يَأْكُلُ مِنْهَا ۚ وَقَالَ الظَّالِمُونَ إِنْ تَتَّبِعُونَ إِلَّا رَجُلًا مَسْحُورًا ٨ i

25:8

Yoki unga xazina tashlansa yoxud uning bog`i bo`lsa-yu, undan yesa», dedilar. Zolimlar: «Sizlar faqat sehrlangan kishiga ergashyapsizlar, xolos», dedilar. (8)

انْظُرْ كَيْفَ ضَرَبُوا لَكَ الْأَمْثَالَ فَضَلُّوا فَلَا يَسْتَطِيعُونَ سَبِيلًا ٩ i

25:9

Senga qanday misollar keltirganiga nazar sol! Bas, ular yo`ldan ozdilar. Endi yo`l topishga qodir emaslar. (9)

تَبَارَكَ الَّذِي إِنْ شَاءَ جَعَلَ لَكَ خَيْرًا مِنْ ذَٰلِكَ جَنَّاتٍ تَجْرِي مِنْ تَحْتِهَا الْأَنْهَارُ وَيَجْعَلْ لَكَ قُصُورًا ١٠ i

25:10

Agar xohlasa, senga o`shandan yaxshirog`ini — ostidan anhorlar oqib turadigan bog`larni va qasrlarni qilib beradigan Zot barakotli va ulug` bo`ldi. (10)

بَلْ كَذَّبُوا بِالسَّاعَةِ ۖ وَأَعْتَدْنَا لِمَنْ كَذَّبَ بِالسَّاعَةِ سَعِيرًا ١١ i

25:11

Yo`q! Ular soatni (qiyomatni) ham yolg`onga chiqardilar. Va Biz soatni (qiyomatni) yolg`onga chiqarganlarga do`zaxni tayyorlab qo`ydik. (11)

إِذَا رَأَتْهُمْ مِنْ مَكَانٍ بَعِيدٍ سَمِعُوا لَهَا تَغَيُّظًا وَزَفِيرًا ١٢ i

25:12

Vaqtiki u ularni uzoq joydan ko`rganida, uning g`azabnok qaynashini va bo`kirishini eshiturlar. (12)

وَإِذَا أُلْقُوا مِنْهَا مَكَانًا ضَيِّقًا مُقَرَّنِينَ دَعَوْا هُنَالِكَ ثُبُورًا ١٣ i

25:13

Uning tor joyiga kishanlangan hollarida tashlanganlarida esa, o`sha joyda (o`zlariga) halokat tilarlar. (13)

لَا تَدْعُوا الْيَوْمَ ثُبُورًا وَاحِدًا وَادْعُوا ثُبُورًا كَثِيرًا ١٤ i

25:14

«Bugungi kunda bir halokatni emas, ko`p halokatni tilanglar!» (14)

قُلْ أَذَٰلِكَ خَيْرٌ أَمْ جَنَّةُ الْخُلْدِ الَّتِي وُعِدَ الْمُتَّقُونَ ۚ كَانَتْ لَهُمْ جَزَاءً وَمَصِيرًا ١٥ i

25:15

«Bu yaxshimi yoki taqvodorlarga tayyorlab qo`yilgan mangulik jannati yaxshimi?» U (jannat) ular uchun mukofot va qaytish joyidir. (15)

لَهُمْ فِيهَا مَا يَشَاءُونَ خَالِدِينَ ۚ كَانَ عَلَىٰ رَبِّكَ وَعْدًا مَسْئُولًا ١٦ i

25:16

Ularga u yerda xohlagan narsalari bor, abadiy holda qolurlar. Bu, Robbing zimmasidagi mas'uliyatli va'dadir. (16)

وَيَوْمَ يَحْشُرُهُمْ وَمَا يَعْبُدُونَ مِنْ دُونِ اللَّهِ فَيَقُولُ أَأَنْتُمْ أَضْلَلْتُمْ عِبَادِي هَٰؤُلَاءِ أَمْ هُمْ ضَلُّوا السَّبِيلَ ١٧ i

25:17

U(mushrik)larni va Allohdan o`zga ibodat qilgan narsalarini to`plagan kunda, U zot: «Anavi bandalarimni sizlar adashtirdingizmi yoki ular o`zlari yo`ldan ozdilarmi?!» deydir. (17)

قَالُوا سُبْحَانَكَ مَا كَانَ يَنْبَغِي لَنَا أَنْ نَتَّخِذَ مِنْ دُونِكَ مِنْ أَوْلِيَاءَ وَلَٰكِنْ مَتَّعْتَهُمْ وَآبَاءَهُمْ حَتَّىٰ نَسُوا الذِّكْرَ وَكَانُوا قَوْمًا بُورًا ١٨ i

25:18

Ular: «O`zing poksan! Sendan o`zgani do`st tutmoq biz uchun yarashmas. Lekin Sen ularni va ota-bobolarini (shunchalik) huzurlantirdingki, hatto ular zikringni unutdilar va halokat qavmi bo`lib qoldilar», derlar. (18)

فَقَدْ كَذَّبُوكُمْ بِمَا تَقُولُونَ فَمَا تَسْتَطِيعُونَ صَرْفًا وَلَا نَصْرًا ۚ وَمَنْ يَظْلِمْ مِنْكُمْ نُذِقْهُ عَذَابًا كَبِيرًا ١٩ i

25:19

Batahqiq, ular sizlarni aytayotgan narsangizda yolg`onchiga chiqardilar. Endi (azobni) burishga ham, yordam olishga ham qodir bo`lmassiz. Sizdan kim zulm qilgan bo`lsa, unga azobni torttiramiz. (19)

وَمَا أَرْسَلْنَا قَبْلَكَ مِنَ الْمُرْسَلِينَ إِلَّا إِنَّهُمْ لَيَأْكُلُونَ الطَّعَامَ وَيَمْشُونَ فِي الْأَسْوَاقِ ۗ وَجَعَلْنَا بَعْضَكُمْ لِبَعْضٍ فِتْنَةً أَتَصْبِرُونَ ۗ وَكَانَ رَبُّكَ بَصِيرًا ٢٠ i

25:20

Biz sendan oldin yuborgan Payg`ambarlarimiz ham, albatta, taom yer va bozorlarda yurar edilar. Ba'zilaringizni ba'zilaringizga sinov qildik. Sabr qilasizlarmikin?! Robbing ko`rguvchi bo`lgan Zotdir. (20)

وَقَالَ الَّذِينَ لَا يَرْجُونَ لِقَاءَنَا لَوْلَا أُنْزِلَ عَلَيْنَا الْمَلَائِكَةُ أَوْ نَرَىٰ رَبَّنَا ۗ لَقَدِ اسْتَكْبَرُوا فِي أَنْفُسِهِمْ وَعَتَوْا عُتُوًّا كَبِيرًا ٢١ i

25:21

Bizga uchrashdan umidsiz bo`lganlar, bizga farishtalar tushirilsa, yoki, Robbimizni ko`rsak edi, derlar. Batahqiq, ular o`zlaridan ketdilar va katta tug`yon-la tug`yon qildilar. (21)

يَوْمَ يَرَوْنَ الْمَلَائِكَةَ لَا بُشْرَىٰ يَوْمَئِذٍ لِلْمُجْرِمِينَ وَيَقُولُونَ حِجْرًا مَحْجُورًا ٢٢ i

25:22

Ular farishtalarni ko`radigan kunda, ha, o`sha kunda jinoyatchilarga xushxabar bo`lmas. Va (farishtalar): «Harom, harom», derlar. (22)

وَقَدِمْنَا إِلَىٰ مَا عَمِلُوا مِنْ عَمَلٍ فَجَعَلْنَاهُ هَبَاءً مَنْثُورًا ٢٣ i

25:23

Va qilgan amaliga kelib, ularni to`zon kabi sochib yuboramiz. (23)

أَصْحَابُ الْجَنَّةِ يَوْمَئِذٍ خَيْرٌ مُسْتَقَرًّا وَأَحْسَنُ مَقِيلًا ٢٤ i

25:24

O`sha kunda jannat egalarining qarorgohlari va oromgohlari g`oyat yaxshidir. (24)

وَيَوْمَ تَشَقَّقُ السَّمَاءُ بِالْغَمَامِ وَنُزِّلَ الْمَلَائِكَةُ تَنْزِيلًا ٢٥ i

25:25

U kunda bulutli osmon yorilib, farishtalar bo`lak-bo`lak tushirilurlar. (25)

الْمُلْكُ يَوْمَئِذٍ الْحَقُّ لِلرَّحْمَٰنِ ۚ وَكَانَ يَوْمًا عَلَى الْكَافِرِينَ عَسِيرًا ٢٦ i

25:26

U kunda hukmronlik Rohmanga haq bo`lur. U kun kofirlar uchun ko`p qiyin kun bo`lur. (26)

وَيَوْمَ يَعَضُّ الظَّالِمُ عَلَىٰ يَدَيْهِ يَقُولُ يَا لَيْتَنِي اتَّخَذْتُ مَعَ الرَّسُولِ سَبِيلًا ٢٧ i

25:27

U kunda zolim ikki qo`lini tishlab: «Ey voh!!! Payg`ambar ila bir yo`lni tutganimda edi!» der. (27)

يَا وَيْلَتَىٰ لَيْتَنِي لَمْ أَتَّخِذْ فُلَانًا خَلِيلًا ٢٨ i

25:28

«Ey voh!!! Koshki falonchini do`st tutmasam edi», der. (28)

لَقَدْ أَضَلَّنِي عَنِ الذِّكْرِ بَعْدَ إِذْ جَاءَنِي ۗ وَكَانَ الشَّيْطَانُ لِلْإِنْسَانِ خَذُولًا ٢٩ i

25:29

«Batahqiq, menga Zikr (Qur'on) kelgandan so`ng u (do`st) meni adashtirdi. Shayton insonni yordamsiz tashlab ketguvchidir». (29)

وَقَالَ الرَّسُولُ يَا رَبِّ إِنَّ قَوْمِي اتَّخَذُوا هَٰذَا الْقُرْآنَ مَهْجُورًا ٣٠ i

25:30

Va Payg`ambar: «Ey Robbim, albatta, mening qavmim ushbu Qur'onni tark etdilar», dedi. (30)

وَكَذَٰلِكَ جَعَلْنَا لِكُلِّ نَبِيٍّ عَدُوًّا مِنَ الْمُجْرِمِينَ ۗ وَكَفَىٰ بِرَبِّكَ هَادِيًا وَنَصِيرًا ٣١ i

25:31

Ana shunday. Har Payg`ambar uchun jinoyatchilardan dushman qilganmiz. Hidoyat va yordamchilikda Robbing O`zi kifoya qilur. (31)

وَقَالَ الَّذِينَ كَفَرُوا لَوْلَا نُزِّلَ عَلَيْهِ الْقُرْآنُ جُمْلَةً وَاحِدَةً ۚ كَذَٰلِكَ لِنُثَبِّتَ بِهِ فُؤَادَكَ ۖ وَرَتَّلْنَاهُ تَرْتِيلًا ٣٢ i

25:32

Kufr keltirganlar: «Unga Qur'on bir yo`la nozil qilinsa edi», dedilar. Biz sening qalbingni u bilan sobit qilish uchun shunday qildik va uni dona-dona qilib o`qidik. (32)

وَلَا يَأْتُونَكَ بِمَثَلٍ إِلَّا جِئْنَاكَ بِالْحَقِّ وَأَحْسَنَ تَفْسِيرًا ٣٣ i

25:33

Ular senga biror masal keltirsalar, Biz, albatta, senga haqni va go`zal sharhini keltirurmiz. (33)

الَّذِينَ يُحْشَرُونَ عَلَىٰ وُجُوهِهِمْ إِلَىٰ جَهَنَّمَ أُولَٰئِكَ شَرٌّ مَكَانًا وَأَضَلُّ سَبِيلًا ٣٤ i

25:34

Jahannam tomon yuz tuban hollarida sudraladiganlar, ana o`shalar, makonlari eng yomon, yo`llari eng adashgan kimsalardir. (34)

وَلَقَدْ آتَيْنَا مُوسَى الْكِتَابَ وَجَعَلْنَا مَعَهُ أَخَاهُ هَارُونَ وَزِيرًا ٣٥ i

25:35

Batahqiq, Biz Musoga kitobni berdik va unga akasi Horunni vazir qildik. (35)

فَقُلْنَا اذْهَبَا إِلَى الْقَوْمِ الَّذِينَ كَذَّبُوا بِآيَاتِنَا فَدَمَّرْنَاهُمْ تَدْمِيرًا ٣٦ i

25:36

Bas: «Ikkingiz Bizning oyatlarimizni yolg`onga chiqargan qavmga boring», dedik. So`ng ularni yer bilan yakson qildik. (36)

وَقَوْمَ نُوحٍ لَمَّا كَذَّبُوا الرُّسُلَ أَغْرَقْنَاهُمْ وَجَعَلْنَاهُمْ لِلنَّاسِ آيَةً ۖ وَأَعْتَدْنَا لِلظَّالِمِينَ عَذَابًا أَلِيمًا ٣٧ i

25:37

Va Nuh qavmi Payg`ambarlarni yolg`onga chiqarganlarida g`arq etdik va ularni odamlarga ibrat qildik. Hamda Biz zolimlarga alamli azoblar tayyorlab qo`ydik. (37)

وَعَادًا وَثَمُودَ وَأَصْحَابَ الرَّسِّ وَقُرُونًا بَيْنَ ذَٰلِكَ كَثِيرًا ٣٨ i

25:38

Od, Samud va quduq egalarini hamda bu oradagi asrlarni esla. (38)

وَكُلًّا ضَرَبْنَا لَهُ الْأَمْثَالَ ۖ وَكُلًّا تَبَّرْنَا تَتْبِيرًا ٣٩ i

25:39

Ulardan har biriga misollar keltirdik. Va ularni qirib bitirdik. (39)

وَلَقَدْ أَتَوْا عَلَى الْقَرْيَةِ الَّتِي أُمْطِرَتْ مَطَرَ السَّوْءِ ۚ أَفَلَمْ يَكُونُوا يَرَوْنَهَا ۚ بَلْ كَانُوا لَا يَرْجُونَ نُشُورًا ٤٠ i

25:40

Batahqiq, ular yomonlik yomg`iri yog`dirilgan shaharga kelgan edilar. Uni ko`rmagan edilarmi?! Yo`q! Ular qayta tirilishdan umidsiz edilar. (40)

وَإِذَا رَأَوْكَ إِنْ يَتَّخِذُونَكَ إِلَّا هُزُوًا أَهَٰذَا الَّذِي بَعَثَ اللَّهُ رَسُولًا ٤١ i

25:41

Ular seni ko`rgan vaqtlarida masxaraga olurlar: «Alloh Payg`ambar qilib yuborgan shumi?! (41)

إِنْ كَادَ لَيُضِلُّنَا عَنْ آلِهَتِنَا لَوْلَا أَنْ صَبَرْنَا عَلَيْهَا ۚ وَسَوْفَ يَعْلَمُونَ حِينَ يَرَوْنَ الْعَذَابَ مَنْ أَضَلُّ سَبِيلًا ٤٢ i

25:42

Agar sabr qilmaganimizda, albatta, u bizni, sal bo`lmasa, xudolarimizdan ozdirardi-ya!» deb. Yaqinda — azobni ko`rgan chog`larida — kim yo`ldan ozganroq ekanini bilurlar. (42)

أَرَأَيْتَ مَنِ اتَّخَذَ إِلَٰهَهُ هَوَاهُ أَفَأَنْتَ تَكُونُ عَلَيْهِ وَكِيلًا ٤٣ i

25:43

Havoyi nafsini o`ziga xudo qilib olganni ko`rdingmi?! Endi sen unga vakil bo`lasanmi?! (43)

أَمْ تَحْسَبُ أَنَّ أَكْثَرَهُمْ يَسْمَعُونَ أَوْ يَعْقِلُونَ ۚ إِنْ هُمْ إِلَّا كَالْأَنْعَامِ ۖ بَلْ هُمْ أَضَلُّ سَبِيلًا ٤٤ i

25:44

Yoki sen ularning ko`plari tinglay olurlar yo anglay olurlar, deb hisoblaysanmi? Aslida, ularning hayvonlardan farqi yo`q. Balki yana ham yo`ldan ozganroqdirlar. (44)

أَلَمْ تَرَ إِلَىٰ رَبِّكَ كَيْفَ مَدَّ الظِّلَّ وَلَوْ شَاءَ لَجَعَلَهُ سَاكِنًا ثُمَّ جَعَلْنَا الشَّمْسَ عَلَيْهِ دَلِيلًا ٤٥ i

25:45

Robbingning soyani qanday yoyib qo`yganini ko`rmadingmi? Agar xohlasa, uni jilmas qilardi. So`ngra quyoshni Biz unga dalil qildik. (45)

وَهُوَ الَّذِي جَعَلَ لَكُمُ اللَّيْلَ لِبَاسًا وَالنَّوْمَ سُبَاتًا وَجَعَلَ النَّهَارَ نُشُورًا ٤٧ i

25:47

U siz uchun kechani libos, uyquni istirohat qilgan va kunduzni tirilish (zamoni) qilgan Zotdir. (47)

وَهُوَ الَّذِي أَرْسَلَ الرِّيَاحَ بُشْرًا بَيْنَ يَدَيْ رَحْمَتِهِ ۚ وَأَنْزَلْنَا مِنَ السَّمَاءِ مَاءً طَهُورًا ٤٨ i

25:48

U O`z rahmati oldidan shamollarni xushxabar qilib yuborgan Zotdir. Va osmondan pok suv tushirdik. (48)

لِنُحْيِيَ بِهِ بَلْدَةً مَيْتًا وَنُسْقِيَهُ مِمَّا خَلَقْنَا أَنْعَامًا وَأَنَاسِيَّ كَثِيرًا ٤٩ i

25:49

U ila o`lik yurtni tiriltirishimiz va o`zimiz yaratgan ko`plab chorva hayvonlari hamda insonlarni sug`orishimiz uchun. (49)

وَلَقَدْ صَرَّفْنَاهُ بَيْنَهُمْ لِيَذَّكَّرُوا فَأَبَىٰ أَكْثَرُ النَّاسِ إِلَّا كُفُورًا ٥٠ i

25:50

Batahqiq, Biz u(Qur'on)ni eslatma olishlari uchun oralarida turlicha tasarruf qilib ko`rdik. Odamlarning ko`plari kufrdan boshqa narsadan bosh tortdilar. (50)

وَلَوْ شِئْنَا لَبَعَثْنَا فِي كُلِّ قَرْيَةٍ نَذِيرًا ٥١ i

25:51

Agar xohlasak, har shaharga bitta ogohlantirguvchi yuborar edik. (51)

فَلَا تُطِعِ الْكَافِرِينَ وَجَاهِدْهُمْ بِهِ جِهَادًا كَبِيرًا ٥٢ i

25:52

Kofirlarga itoat etma! Ularga qarshi u(Qur'on) bilan katta jiddu jahd qil! (52)

وَهُوَ الَّذِي مَرَجَ الْبَحْرَيْنِ هَٰذَا عَذْبٌ فُرَاتٌ وَهَٰذَا مِلْحٌ أُجَاجٌ وَجَعَلَ بَيْنَهُمَا بَرْزَخًا وَحِجْرًا مَحْجُورًا ٥٣ i

25:53

U, ikki dengizni — bunisi chuchuk-shirin, unisi sho`r-achchiq qilib oqizib qo`ygan va oralariga ko`rinmas to`siq hamda ochilmas sarhad qilgan Zotdir. (53)

وَهُوَ الَّذِي خَلَقَ مِنَ الْمَاءِ بَشَرًا فَجَعَلَهُ نَسَبًا وَصِهْرًا ۗ وَكَانَ رَبُّكَ قَدِيرًا ٥٤ i

25:54

U, suvdan bashar yaratgan va uni nasl-nasab, quda-anda qilib qo`ygan Zotdir. Robbing qodir bo`lgan Zotdir. (54)

وَيَعْبُدُونَ مِنْ دُونِ اللَّهِ مَا لَا يَنْفَعُهُمْ وَلَا يَضُرُّهُمْ ۗ وَكَانَ الْكَافِرُ عَلَىٰ رَبِّهِ ظَهِيرًا ٥٥ i

25:55

Ular Allohdan o`zga, ularga naf ham, zarar ham yetkazmaydigan, narsalarga ibodat qiladilar. Va kofir, Robbiga qarshi yordamchi bo`lgandir. (55)

وَمَا أَرْسَلْنَاكَ إِلَّا مُبَشِّرًا وَنَذِيرًا ٥٦ i

25:56

Biz seni faqat xushxabarchi va ogohlantirguvchi etib yuborganmiz, xolos. (56)

قُلْ مَا أَسْأَلُكُمْ عَلَيْهِ مِنْ أَجْرٍ إِلَّا مَنْ شَاءَ أَنْ يَتَّخِذَ إِلَىٰ رَبِّهِ سَبِيلًا ٥٧ i

25:57

Sen: «Men sizlardan buning uchun ajr so`ramayman, faqat, kim xohlasa, Robbi tomon yo`l olishini (so`rayman)», deb ayt. (57)

وَتَوَكَّلْ عَلَى الْحَيِّ الَّذِي لَا يَمُوتُ وَسَبِّحْ بِحَمْدِهِ ۚ وَكَفَىٰ بِهِ بِذُنُوبِ عِبَادِهِ خَبِيرًا ٥٨ i

25:58

Va barhayot, o`lmaydigan Zotga tavakkal qil hamda Uni hamdu sano ila poklab yod et. Bandalarining gunohlaridan o`ta xabardor bo`lishda Uning O`zi kifoyadir. (58)

الَّذِي خَلَقَ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضَ وَمَا بَيْنَهُمَا فِي سِتَّةِ أَيَّامٍ ثُمَّ اسْتَوَىٰ عَلَى الْعَرْشِ ۚ الرَّحْمَٰنُ فَاسْأَلْ بِهِ خَبِيرًا ٥٩ i

25:59

U osmonlaru yerni va ularning orasidagi narsalarni olti kunda yaratgan, so`ngra (Zoti va ulug`ligiga munosib suratda) Arshga yuksalgan Zotdir. U Rohmandir. Bas, o`sha o`ta Xabardordan so`ra. (59)

وَإِذَا قِيلَ لَهُمُ اسْجُدُوا لِلرَّحْمَٰنِ قَالُوا وَمَا الرَّحْمَٰنُ أَنَسْجُدُ لِمَا تَأْمُرُنَا وَزَادَهُمْ نُفُورًا ۩ ٦٠ i

25:60

Qachonki ularga: «Rohmanga sajda qilinglar!» deyilsa, ular: «Rohman nima? Sen buyurgan narsaga sajda qilaveramizmi?» derlar. Bu ularning uzoqlashishini ziyoda qilur. (60)

تَبَارَكَ الَّذِي جَعَلَ فِي السَّمَاءِ بُرُوجًا وَجَعَلَ فِيهَا سِرَاجًا وَقَمَرًا مُنِيرًا ٦١ i

25:61

Osmonda burjlar qilgan va unda chiroq va nur sochguvchi oy qilgan Zot barakotli(buyuk) bo`ldi. (61)

وَهُوَ الَّذِي جَعَلَ اللَّيْلَ وَالنَّهَارَ خِلْفَةً لِمَنْ أَرَادَ أَنْ يَذَّكَّرَ أَوْ أَرَادَ شُكُورًا ٦٢ i

25:62

U ibrat olmoqni iroda qilgan va shukr qilmoqni iroda qilgan kishi uchun kecha-kunduzni birin-ketin qilgan Zotdir. (62)

وَعِبَادُ الرَّحْمَٰنِ الَّذِينَ يَمْشُونَ عَلَى الْأَرْضِ هَوْنًا وَإِذَا خَاطَبَهُمُ الْجَاهِلُونَ قَالُوا سَلَامًا ٦٣ i

25:63

Rohmanning bandalari yer yuzida tavozu' ila yuradigan va johillar xitob qilganida, «salom», deydiganlardir. (63)

وَالَّذِينَ يَبِيتُونَ لِرَبِّهِمْ سُجَّدًا وَقِيَامًا ٦٤ i

25:64

Ular tunlarni Robbilariga sajda qilib, bedor o`tkazadilar. (64)

وَالَّذِينَ يَقُولُونَ رَبَّنَا اصْرِفْ عَنَّا عَذَابَ جَهَنَّمَ ۖ إِنَّ عَذَابَهَا كَانَ غَرَامًا ٦٥ i

25:65

Ular: «Ey Robbimiz, O`zing bizdan jahannam azobini burgin, albatta, jahannam azobi doimiydir. (65)

إِنَّهَا سَاءَتْ مُسْتَقَرًّا وَمُقَامًا ٦٦ i

25:66

Albatta, u eng yomon qarorgoh va turar joydir», deydiganlardir. (66)

وَالَّذِينَ إِذَا أَنْفَقُوا لَمْ يُسْرِفُوا وَلَمْ يَقْتُرُوا وَكَانَ بَيْنَ ذَٰلِكَ قَوَامًا ٦٧ i

25:67

Ular infoq qilganlarida isrof ham va xasislik ham qilmaslar. U ikkisi o`rtasida mo`'tadil bo`lurlar. (67)

وَالَّذِينَ لَا يَدْعُونَ مَعَ اللَّهِ إِلَٰهًا آخَرَ وَلَا يَقْتُلُونَ النَّفْسَ الَّتِي حَرَّمَ اللَّهُ إِلَّا بِالْحَقِّ وَلَا يَزْنُونَ ۚ وَمَنْ يَفْعَلْ ذَٰلِكَ يَلْقَ أَثَامًا ٦٨ i

25:68

Ular Alloh bilan birga biror ilohga iltijo qilmaslar. Alloh (o`ldirishni) harom qilgan jonni nohaqdan o`ldirmaslar. Zino qilmaslar. Kim ana shuni qilsa, uqubatga duchor bo`lur. (68)

يُضَاعَفْ لَهُ الْعَذَابُ يَوْمَ الْقِيَامَةِ وَيَخْلُدْ فِيهِ مُهَانًا ٦٩ i

25:69

Qiyomat kuni uning azobi bir necha barobar ko`paytirilur va u(azob)da xor bo`lib abadiy qolur. (69)

إِلَّا مَنْ تَابَ وَآمَنَ وَعَمِلَ عَمَلًا صَالِحًا فَأُولَٰئِكَ يُبَدِّلُ اللَّهُ سَيِّئَاتِهِمْ حَسَنَاتٍ ۗ وَكَانَ اللَّهُ غَفُورًا رَحِيمًا ٧٠ i

25:70

Magar kim tavba qilsa, iymon keltirib, solih amal qilsa, bas, Alloh ana o`shalarning yomonliklarini yaxshiliklarga almashtirur. Alloh mag`firatli va rahimli bo`lgan Zotdir. (70)

وَمَنْ تَابَ وَعَمِلَ صَالِحًا فَإِنَّهُ يَتُوبُ إِلَى اللَّهِ مَتَابًا ٧١ i

25:71

Kim tavba qilib, solih amal qilsa, u, albatta, Allohga (haqiqiy) qaytish ila qaytar. (71)

وَالَّذِينَ لَا يَشْهَدُونَ الزُّورَ وَإِذَا مَرُّوا بِاللَّغْوِ مَرُّوا كِرَامًا ٧٢ i

25:72

Ular yolg`on guvohlik bermaydiganlardir va behuda narsalar oldidan o`tsalar, hurmatlarini saqlagan holda o`tarlar. (72)

وَالَّذِينَ إِذَا ذُكِّرُوا بِآيَاتِ رَبِّهِمْ لَمْ يَخِرُّوا عَلَيْهَا صُمًّا وَعُمْيَانًا ٧٣ i

25:73

Ularga Robbilarining oyatlari eslatilganda, u(oyat)larga gung va ko`rlardek tashlanmaslar. (73)

وَالَّذِينَ يَقُولُونَ رَبَّنَا هَبْ لَنَا مِنْ أَزْوَاجِنَا وَذُرِّيَّاتِنَا قُرَّةَ أَعْيُنٍ وَاجْعَلْنَا لِلْمُتَّقِينَ إِمَامًا ٧٤ i

25:74

Ular: «Ey Robbimiz, O`zing bizga jufti halollarimizdan va zurriyotlarimizdan ko`zimiz quvonadigan narsa hadya et hamda bizlarni taqvodorlarga yo`lboshchi qil», deydiganlardir. (74)

أُولَٰئِكَ يُجْزَوْنَ الْغُرْفَةَ بِمَا صَبَرُوا وَيُلَقَّوْنَ فِيهَا تَحِيَّةً وَسَلَامًا ٧٥ i

25:75

Ana o`shalar sabr qilganlari uchun «g`urfa» ila mukofotlanurlar va unda tabrik va salom bilan qarshilanurlar. (75)

خَالِدِينَ فِيهَا ۚ حَسُنَتْ مُسْتَقَرًّا وَمُقَامًا ٧٦ i

25:76

Ular o`shanda abadiy qolurlar. U qanday ham go`zal qarorgoh va manzildir. (76)

قُلْ مَا يَعْبَأُ بِكُمْ رَبِّي لَوْلَا دُعَاؤُكُمْ ۖ فَقَدْ كَذَّبْتُمْ فَسَوْفَ يَكُونُ لِزَامًا ٧٧ i

25:77

Sen: «Agar duo-iltijolaringiz bo`lmasa, Robbim sizlarga hech qiymat bermas. Bas, batahqiq, siz yolg`onga chiqardingiz. Endi sizlarga (azob) lozim bo`lur», deb ayt. (77)