Sura Al-Ahqaf (Qum tepaliklari) — سُورَةُ الأحقاف

Ahqof surasi — Qur’onning qirq oltinchi surasi bo‘lib, unda Od qavmi haqidagi qissa bayon qilinadi hamda kibr va g‘aflatdan ogohlantiriladi.

Sura Al-Ahqaf (Qum tepaliklari) — سُورَةُ الأحقاف

Shuningdek quyidagicha tanilgan: Ḥāʾ Mīm al-Aḥqāf (Ha Mim – Qum tepalari)

تَنْزِيلُ الْكِتَابِ مِنَ اللَّهِ الْعَزِيزِ الْحَكِيمِ ٢ i

46:2

Kitob tushirilishi Folib va hikmatli Alloh tarafidandir. (2)

مَا خَلَقْنَا السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضَ وَمَا بَيْنَهُمَا إِلَّا بِالْحَقِّ وَأَجَلٍ مُسَمًّى ۚ وَالَّذِينَ كَفَرُوا عَمَّا أُنْذِرُوا مُعْرِضُونَ ٣ i

46:3

Osmonlaru yerni hamda ular o`rtasidagi narsalarni faqat haq va belgilangan muddat ila yaratdik. Kofirlar bo`lsa, o`zlari ogohlantirilgan narsadan yuz o`giruvchilardir. (3)

قُلْ أَرَأَيْتُمْ مَا تَدْعُونَ مِنْ دُونِ اللَّهِ أَرُونِي مَاذَا خَلَقُوا مِنَ الْأَرْضِ أَمْ لَهُمْ شِرْكٌ فِي السَّمَاوَاتِ ۖ ائْتُونِي بِكِتَابٍ مِنْ قَبْلِ هَٰذَا أَوْ أَثَارَةٍ مِنْ عِلْمٍ إِنْ كُنْتُمْ صَادِقِينَ ٤ i

46:4

Sen: «Allohdan o`zga sig`inayotgan narsalaringizning xabarini bering-chi, menga ko`rsating-chi, ular yerdan nimani yaratdilar? Yoki osmonlarni (yaratishda) ishtiroklari bormi? Agar rostgo`y bo`lsalaringiz, menga bu(Qur'on)dan oldingi kitobni yoki ilmiy bir belgini (dalilni) keltiring», deb ayt. (4)

وَمَنْ أَضَلُّ مِمَّنْ يَدْعُو مِنْ دُونِ اللَّهِ مَنْ لَا يَسْتَجِيبُ لَهُ إِلَىٰ يَوْمِ الْقِيَامَةِ وَهُمْ عَنْ دُعَائِهِمْ غَافِلُونَ ٥ i

46:5

Allohni qo`yib, qiyomat kunigacha duosini mustajob qilolmaydiganlarga iltijo etadiganlardan ham adashganroqlar bormi?! Holbuki, u(but)lar ularning duosidan g`ofildirlar. (5)

وَإِذَا حُشِرَ النَّاسُ كَانُوا لَهُمْ أَعْدَاءً وَكَانُوا بِعِبَادَتِهِمْ كَافِرِينَ ٦ i

46:6

Odamlar mahsharga to`planganda, o`sha(but)lar ularga dushman bo`lurlar va ibodatlariga ham munkir bo`lurlar. (6)

وَإِذَا تُتْلَىٰ عَلَيْهِمْ آيَاتُنَا بَيِّنَاتٍ قَالَ الَّذِينَ كَفَرُوا لِلْحَقِّ لَمَّا جَاءَهُمْ هَٰذَا سِحْرٌ مُبِينٌ ٧ i

46:7

Qachonki ularga ravshan oyatlarimiz tilovat qilinsa, kufr keltirganlar Haq (Qur'on) ularga kelgandayoq, bu ochiq-oydin sehrdir, derlar. (7)

أَمْ يَقُولُونَ افْتَرَاهُ ۖ قُلْ إِنِ افْتَرَيْتُهُ فَلَا تَمْلِكُونَ لِي مِنَ اللَّهِ شَيْئًا ۖ هُوَ أَعْلَمُ بِمَا تُفِيضُونَ فِيهِ ۖ كَفَىٰ بِهِ شَهِيدًا بَيْنِي وَبَيْنَكُمْ ۖ وَهُوَ الْغَفُورُ الرَّحِيمُ ٨ i

46:8

Balki, u(Qur'on)ni o`zi to`qib olgan, ham derlar. Sen: «Agar uni to`qib olgan bo`lsam, Allohdan (keladigan) biror narsani mendan qaytarishga qodir emassiz. U zotning O`zi u(kitob) haqida siz sho`ng`iyotgan narsalarni yaxshi biluvchidir. Men bilan sizning o`rtangizda guvohlikka Uning O`zi kifoyadir. Va U kechiruvchi ham rahimli Zotdir», deb ayt. (8)

قُلْ مَا كُنْتُ بِدْعًا مِنَ الرُّسُلِ وَمَا أَدْرِي مَا يُفْعَلُ بِي وَلَا بِكُمْ ۖ إِنْ أَتَّبِعُ إِلَّا مَا يُوحَىٰ إِلَيَّ وَمَا أَنَا إِلَّا نَذِيرٌ مُبِينٌ ٩ i

46:9

Sen: «Men birinchi Payg`ambar emasman, menga va sizlarga nima qilinishini bilmasman. Faqat, o`zimga vahiy qilinayotgan narsagagina ergashurman. Men ochiq-oydin ogohlantiruvchiman, xolos», deb ayt. (9)

قُلْ أَرَأَيْتُمْ إِنْ كَانَ مِنْ عِنْدِ اللَّهِ وَكَفَرْتُمْ بِهِ وَشَهِدَ شَاهِدٌ مِنْ بَنِي إِسْرَائِيلَ عَلَىٰ مِثْلِهِ فَآمَنَ وَاسْتَكْبَرْتُمْ ۖ إِنَّ اللَّهَ لَا يَهْدِي الْقَوْمَ الظَّالِمِينَ ١٠ i

46:10

Sen: «Ayting-chi, agar u (Qur'on) Allohdan bo`lsa-yu, siz unga kufr keltirsangiz va holbuki, Bani Isroildan bir guvoh u(Qur'on)ga o`xshash narsaga guvohlik berib, iymon keltirib turibdi, siz esa, kibru havo qilyapsiz. Albatta, Alloh zolim qavmlarni hidoyat qilmas», deb ayt. (10)

وَقَالَ الَّذِينَ كَفَرُوا لِلَّذِينَ آمَنُوا لَوْ كَانَ خَيْرًا مَا سَبَقُونَا إِلَيْهِ ۚ وَإِذْ لَمْ يَهْتَدُوا بِهِ فَسَيَقُولُونَ هَٰذَا إِفْكٌ قَدِيمٌ ١١ i

46:11

Kufr keltirganlar iymon keltirganlarga: «Agar u (Qur'on) yaxshilik bo`lganida, unga bizdan avval bormasdilar», dedilar. U(Qur'on)dan hidoyat topishmagach, bu — qadimgi uydirmadir, derlar. (11)

وَمِنْ قَبْلِهِ كِتَابُ مُوسَىٰ إِمَامًا وَرَحْمَةً ۚ وَهَٰذَا كِتَابٌ مُصَدِّقٌ لِسَانًا عَرَبِيًّا لِيُنْذِرَ الَّذِينَ ظَلَمُوا وَبُشْرَىٰ لِلْمُحْسِنِينَ ١٢ i

46:12

U(Qur'on)dan oldin Musoning kitobi yo`l boshlovchi va rahmat edi. Bu (Qur'on) esa, arab tilidagi, tasdiqlovchi, zulm qiluvchilarni ogohlantirish uchun va yaxshilarga bashorat kitobidir. (12)

إِنَّ الَّذِينَ قَالُوا رَبُّنَا اللَّهُ ثُمَّ اسْتَقَامُوا فَلَا خَوْفٌ عَلَيْهِمْ وَلَا هُمْ يَحْزَنُونَ ١٣ i

46:13

Albatta «Robbimiz Allohdir» degan, so`ngra bunda mustaqiym turganlarga xavf yo`qdir va ular xafa ham bo`lmaslar. (13)

أُولَٰئِكَ أَصْحَابُ الْجَنَّةِ خَالِدِينَ فِيهَا جَزَاءً بِمَا كَانُوا يَعْمَلُونَ ١٤ i

46:14

Ana o`shalar jannat egalaridir, qilgan amallari mukofotiga unda abadiy qolurlar. (14)

وَوَصَّيْنَا الْإِنْسَانَ بِوَالِدَيْهِ إِحْسَانًا ۖ حَمَلَتْهُ أُمُّهُ كُرْهًا وَوَضَعَتْهُ كُرْهًا ۖ وَحَمْلُهُ وَفِصَالُهُ ثَلَاثُونَ شَهْرًا ۚ حَتَّىٰ إِذَا بَلَغَ أَشُدَّهُ وَبَلَغَ أَرْبَعِينَ سَنَةً قَالَ رَبِّ أَوْزِعْنِي أَنْ أَشْكُرَ نِعْمَتَكَ الَّتِي أَنْعَمْتَ عَلَيَّ وَعَلَىٰ وَالِدَيَّ وَأَنْ أَعْمَلَ صَالِحًا تَرْضَاهُ وَأَصْلِحْ لِي فِي ذُرِّيَّتِي ۖ إِنِّي تُبْتُ إِلَيْكَ وَإِنِّي مِنَ الْمُسْلِمِينَ ١٥ i

46:15

Biz insonni ota-onasiga yaxshilik qilishga buyurdik. Onasi unga qiynalib homilador bo`ldi va uni qiynalib tug`di. Va uning homilasi va ko`krakdan ajratishi o`ttiz oydir. Toki, u kamolga yetib, qirq yoshga kirganida: «Robbim, O`zing menga va ota-onamga bergan ne'matlaringga shukr qilishimga va Sen rozi bo`lgan solih(ish)ni qilishimga ilhom bergin. Va mening zurriyotlarimni ham solihlardan qilgin. Albatta, men tavba qildim va albatta, men musulmonlardanman», dedi. (15)

أُولَٰئِكَ الَّذِينَ نَتَقَبَّلُ عَنْهُمْ أَحْسَنَ مَا عَمِلُوا وَنَتَجَاوَزُ عَنْ سَيِّئَاتِهِمْ فِي أَصْحَابِ الْجَنَّةِ ۖ وَعْدَ الصِّدْقِ الَّذِي كَانُوا يُوعَدُونَ ١٦ i

46:16

Ana o`shalarning eng yaxshi amallarini qabul qilib, yomonliklarini o`tib yuborurmiz. Ular jannat egalaridandir. Ularga berilgan haq va'da shuldir. (16)

وَالَّذِي قَالَ لِوَالِدَيْهِ أُفٍّ لَكُمَا أَتَعِدَانِنِي أَنْ أُخْرَجَ وَقَدْ خَلَتِ الْقُرُونُ مِنْ قَبْلِي وَهُمَا يَسْتَغِيثَانِ اللَّهَ وَيْلَكَ آمِنْ إِنَّ وَعْدَ اللَّهِ حَقٌّ فَيَقُولُ مَا هَٰذَا إِلَّا أَسَاطِيرُ الْأَوَّلِينَ ١٧ i

46:17

Ota-onasiga: «Uff sizlarga, (qabrdan) chiqarilishimning va'dasini berayapsizlarmi?! Mendan avval ham asrlar o`tgan-ku!» – degan kishiga, Allohdan madad so`ragan holda, ular: «Holingga voy bo`lgur, iymon keltir, albatta, Allohning va'dasi haqdir», dedilar. U bo`lsa: «Bu o`tganlarning afsonalari, xolos», der. (17)

أُولَٰئِكَ الَّذِينَ حَقَّ عَلَيْهِمُ الْقَوْلُ فِي أُمَمٍ قَدْ خَلَتْ مِنْ قَبْلِهِمْ مِنَ الْجِنِّ وَالْإِنْسِ ۖ إِنَّهُمْ كَانُوا خَاسِرِينَ ١٨ i

46:18

Ana o`shalarga o`zlaridan avval o`tgan jin va ins ummatlari qatorida (azob) so`zi haq bo`lgandir. Albatta, ular ziyon ko`ruvchilardan bo`ldilar. (18)

وَلِكُلٍّ دَرَجَاتٌ مِمَّا عَمِلُوا ۖ وَلِيُوَفِّيَهُمْ أَعْمَالَهُمْ وَهُمْ لَا يُظْلَمُونَ ١٩ i

46:19

Har birlariga qilgan amallariga yarasha darajalar bordir. Va ularga amallarining (mukofot yoki jazosi) to`liq berilur va ularga zulm qilinmas. (19)

وَيَوْمَ يُعْرَضُ الَّذِينَ كَفَرُوا عَلَى النَّارِ أَذْهَبْتُمْ طَيِّبَاتِكُمْ فِي حَيَاتِكُمُ الدُّنْيَا وَاسْتَمْتَعْتُمْ بِهَا فَالْيَوْمَ تُجْزَوْنَ عَذَابَ الْهُونِ بِمَا كُنْتُمْ تَسْتَكْبِرُونَ فِي الْأَرْضِ بِغَيْرِ الْحَقِّ وَبِمَا كُنْتُمْ تَفْسُقُونَ ٢٠ i

46:20

Kufr keltirganlar do`zaxga ko`ndalang qilingan kunda (ularga): «Hayoti dunyodayoq huzur-halovatingizni ketkazib, mazasini tatib bo`lgansiz. Bugungi kunda yer yuzida nohaq kibru havo va fisqu fasod qilganingiz uchun xorlik azobi ila jazolanursiz», deyilur. (20)

وَاذْكُرْ أَخَا عَادٍ إِذْ أَنْذَرَ قَوْمَهُ بِالْأَحْقَافِ وَقَدْ خَلَتِ النُّذُرُ مِنْ بَيْنِ يَدَيْهِ وَمِنْ خَلْفِهِ أَلَّا تَعْبُدُوا إِلَّا اللَّهَ إِنِّي أَخَافُ عَلَيْكُمْ عَذَابَ يَوْمٍ عَظِيمٍ ٢١ i

46:21

O`z qavmini qum tepaliklarda ogohlantirgan Odning birodarini esla! Va holbuki, undan avval ham, keyin ham ogohlantiruvchilar o`tgan. «U zotdan o`zgaga ibodat qilmanglar, albatta, men ulug` kunda boshingizga tushadigan azobdan qo`rqurman, (dedi)». (21)

قَالُوا أَجِئْتَنَا لِتَأْفِكَنَا عَنْ آلِهَتِنَا فَأْتِنَا بِمَا تَعِدُنَا إِنْ كُنْتَ مِنَ الصَّادِقِينَ ٢٢ i

46:22

Ular: «Bizni xudolarimizdan ozdirishga keldingmi? Agar rostgo`ylardan bo`lsang, bizga va'da qilayotgan narsangni keltir», dedilar. (22)

قَالَ إِنَّمَا الْعِلْمُ عِنْدَ اللَّهِ وَأُبَلِّغُكُمْ مَا أُرْسِلْتُ بِهِ وَلَٰكِنِّي أَرَاكُمْ قَوْمًا تَجْهَلُونَ ٢٣ i

46:23

U: «Albatta, ilm Allohning huzuridadir. Men nima bilan yuborilgan bo`lsam, shuni yetkazmoqdaman. Lekin sizlarning johil qavmligingizni ko`rib turibman», dedi. (23)

فَلَمَّا رَأَوْهُ عَارِضًا مُسْتَقْبِلَ أَوْدِيَتِهِمْ قَالُوا هَٰذَا عَارِضٌ مُمْطِرُنَا ۚ بَلْ هُوَ مَا اسْتَعْجَلْتُمْ بِهِ ۖ رِيحٌ فِيهَا عَذَابٌ أَلِيمٌ ٢٤ i

46:24

U(azob)ning vodiylari tomon ko`ndalang bo`lib yurganini ko`rishganda, bu ko`ndalang bo`luvchi bizga yomg`ir yog`dirur, deyishdi. Yo`q! Bu, o`zingiz orziqib so`ragan narsa, alamli azobi bor bo`rondir. (24)

تُدَمِّرُ كُلَّ شَيْءٍ بِأَمْرِ رَبِّهَا فَأَصْبَحُوا لَا يُرَىٰ إِلَّا مَسَاكِنُهُمْ ۚ كَذَٰلِكَ نَجْزِي الْقَوْمَ الْمُجْرِمِينَ ٢٥ i

46:25

U, Robbisining amri ila har bir narsani vayron qilur. Bas, maskanlaridan boshqa narsa ko`rinmay qoldi. Jinoyatchi qavmlarni shundoq jazolarmiz. (25)

وَلَقَدْ مَكَّنَّاهُمْ فِيمَا إِنْ مَكَّنَّاكُمْ فِيهِ وَجَعَلْنَا لَهُمْ سَمْعًا وَأَبْصَارًا وَأَفْئِدَةً فَمَا أَغْنَىٰ عَنْهُمْ سَمْعُهُمْ وَلَا أَبْصَارُهُمْ وَلَا أَفْئِدَتُهُمْ مِنْ شَيْءٍ إِذْ كَانُوا يَجْحَدُونَ بِآيَاتِ اللَّهِ وَحَاقَ بِهِمْ مَا كَانُوا بِهِ يَسْتَهْزِئُونَ ٢٦ i

46:26

Va, darhaqiqat, Biz ularga sizga bermagan imkonlarni bergan edik. Hamda quloq, ko`z va qalblar ato etdik. Bas, na quloqlari, na ko`zlari va na qalblari ularga hech bir foyda bermadi. Chunki, ular Allohning oyatlarini inkor qilgan edilar. Bas, ularni o`zlari masxara qilgan narsa (azob) o`rab oldi. (26)

وَلَقَدْ أَهْلَكْنَا مَا حَوْلَكُمْ مِنَ الْقُرَىٰ وَصَرَّفْنَا الْآيَاتِ لَعَلَّهُمْ يَرْجِعُونَ ٢٧ i

46:27

Haqiqatan, atrofingizdagi shahar-qishloqlarni halokatga uchratdik va shoyadki, o`zlariga qaytsalar, deb hujjat-dalillarni bayon qildik. (27)

فَلَوْلَا نَصَرَهُمُ الَّذِينَ اتَّخَذُوا مِنْ دُونِ اللَّهِ قُرْبَانًا آلِهَةً ۖ بَلْ ضَلُّوا عَنْهُمْ ۚ وَذَٰلِكَ إِفْكُهُمْ وَمَا كَانُوا يَفْتَرُونَ ٢٨ i

46:28

Qani endi, Allohni qo`yib, U zotga yaqinlashtiruvchi deb tutingan «xudolari» ularga yordam bersalar edi. Yo`q! Ular g`oyib bo`ldilar. Va bu ularning uydirma hamda to`qigan bo`htonlaridir. (28)

وَإِذْ صَرَفْنَا إِلَيْكَ نَفَرًا مِنَ الْجِنِّ يَسْتَمِعُونَ الْقُرْآنَ فَلَمَّا حَضَرُوهُ قَالُوا أَنْصِتُوا ۖ فَلَمَّا قُضِيَ وَلَّوْا إِلَىٰ قَوْمِهِمْ مُنْذِرِينَ ٢٩ i

46:29

Va sen tomon bir guruh jinlarni Qur'on eshitishga burganimizni esla. U(Qur'on eshitish)ga hozir bo`lganlarida: «Jim, quloq osinglar!» – dedilar. Qachonki, qiroat oxirlaganda, o`z qavmlariga ogohlantiruvchi bo`lib qaytdilar. (29)

قَالُوا يَا قَوْمَنَا إِنَّا سَمِعْنَا كِتَابًا أُنْزِلَ مِنْ بَعْدِ مُوسَىٰ مُصَدِّقًا لِمَا بَيْنَ يَدَيْهِ يَهْدِي إِلَى الْحَقِّ وَإِلَىٰ طَرِيقٍ مُسْتَقِيمٍ ٣٠ i

46:30

Ular: «Ey qavmimiz! Biz Musodan keyin tushirilgan, o`zidan avvalgi narsa(kitoblar)ni tasdiqlovchi, haq(din)ga va to`g`ri yo`lga hidoyat qiluvchi kitobni eshitdik. (30)

يَا قَوْمَنَا أَجِيبُوا دَاعِيَ اللَّهِ وَآمِنُوا بِهِ يَغْفِرْ لَكُمْ مِنْ ذُنُوبِكُمْ وَيُجِرْكُمْ مِنْ عَذَابٍ أَلِيمٍ ٣١ i

46:31

Ey qavmimiz, Allohning da'vatchisiga javob bering va Unga iymon keltiring. U sizlarning gunohlaringizni mag`firat qilar va alamli azobdan saqlar. (31)

وَمَنْ لَا يُجِبْ دَاعِيَ اللَّهِ فَلَيْسَ بِمُعْجِزٍ فِي الْأَرْضِ وَلَيْسَ لَهُ مِنْ دُونِهِ أَوْلِيَاءُ ۚ أُولَٰئِكَ فِي ضَلَالٍ مُبِينٍ ٣٢ i

46:32

Kimki, Allohning da'vatchisini qabul qilmasa, bas, u yer yuzida qochib qutula oluvchi emasdir va unga U zotdan o`zga valiylar ham yo`qdir. Ana o`shalar ochiq-oydin zalolatdadir», dedilar. (32)

أَوَلَمْ يَرَوْا أَنَّ اللَّهَ الَّذِي خَلَقَ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضَ وَلَمْ يَعْيَ بِخَلْقِهِنَّ بِقَادِرٍ عَلَىٰ أَنْ يُحْيِيَ الْمَوْتَىٰ ۚ بَلَىٰ إِنَّهُ عَلَىٰ كُلِّ شَيْءٍ قَدِيرٌ ٣٣ i

46:33

Ular osmonlaru yerni yaratgan va ularni yaratishda behol bo`lmagan Alloh o`liklarni ham tiriltirishga qodir ekanini anglab yetmadilarmi? Zero, U zot har bir narsaga qodirdir. (33)

وَيَوْمَ يُعْرَضُ الَّذِينَ كَفَرُوا عَلَى النَّارِ أَلَيْسَ هَٰذَا بِالْحَقِّ ۖ قَالُوا بَلَىٰ وَرَبِّنَا ۚ قَالَ فَذُوقُوا الْعَذَابَ بِمَا كُنْتُمْ تَكْفُرُونَ ٣٤ i

46:34

Kufr keltirganlar do`zaxga ko`ndalang qilingan kunda: «Bu, haq emasmi?!» (deyilur). Ular: «Robbimizga qasamki, xuddi shundoq», dedilar. «Bas, kufr keltirganingiz uchun azobni tortinglar», dedi. (34)

فَاصْبِرْ كَمَا صَبَرَ أُولُو الْعَزْمِ مِنَ الرُّسُلِ وَلَا تَسْتَعْجِلْ لَهُمْ ۚ كَأَنَّهُمْ يَوْمَ يَرَوْنَ مَا يُوعَدُونَ لَمْ يَلْبَثُوا إِلَّا سَاعَةً مِنْ نَهَارٍ ۚ بَلَاغٌ ۚ فَهَلْ يُهْلَكُ إِلَّا الْقَوْمُ الْفَاسِقُونَ ٣٥ i

46:35

Bas, azmu matonat sohibi bo`lgan Payg`ambarlar sabr qilgandek, sabr qil, ularga (azob yetishiga) shoshilma! Ular va'da qilingan narsani ko`rganlarida xuddi (bu dunyoda) kunduzdan bir lahzagina turganga o`xsharlar. Bu yetkazishdir! Bas, faqat fosiq qavmlargina halok qilinur, xolos! (35)