Sura Ra'd (Momaqaldiroq) — سُورَةُ الرعد
المر ۚ تِلْكَ آيَاتُ الْكِتَابِ ۗ وَالَّذِي أُنْزِلَ إِلَيْكَ مِنْ رَبِّكَ الْحَقُّ وَلَٰكِنَّ أَكْثَرَ النَّاسِ لَا يُؤْمِنُونَ i
Alif. Laam. Miym. Ro. Ushbular kitobning oyatlaridir. Va senga Robbingdan nozil qilingan narsa haqdir. Lekin odamlarning ko`plari iymon keltirmaslar. (1)
اللَّهُ الَّذِي رَفَعَ السَّمَاوَاتِ بِغَيْرِ عَمَدٍ تَرَوْنَهَا ۖ ثُمَّ اسْتَوَىٰ عَلَى الْعَرْشِ ۖ وَسَخَّرَ الشَّمْسَ وَالْقَمَرَ ۖ كُلٌّ يَجْرِي لِأَجَلٍ مُسَمًّى ۚ يُدَبِّرُ الْأَمْرَ يُفَصِّلُ الْآيَاتِ لَعَلَّكُمْ بِلِقَاءِ رَبِّكُمْ تُوقِنُونَ i
Alloh siz ko`rib turgan osmonni ustunsiz ko`targan, so`ngra (Zoti va ulug`ligiga munosib suratda) arshga yuksalgan, quyosh va oyni O`ziga bo`ysundirgan Zotdir. Har biri nomlangan ajalgacha yuradir. U ishning tadbirini qiladir, oyatlarni mufassal etadir. Shoyadki, Robbingizga muloqot bo`lishga ishonch hosil qilsangiz. (2)
وَهُوَ الَّذِي مَدَّ الْأَرْضَ وَجَعَلَ فِيهَا رَوَاسِيَ وَأَنْهَارًا ۖ وَمِنْ كُلِّ الثَّمَرَاتِ جَعَلَ فِيهَا زَوْجَيْنِ اثْنَيْنِ ۖ يُغْشِي اللَّيْلَ النَّهَارَ ۚ إِنَّ فِي ذَٰلِكَ لَآيَاتٍ لِقَوْمٍ يَتَفَكَّرُونَ i
U yerni cho`zib, unda baland tog`lar va anhorlar qilgan, har xil mevalardan juft-juft qilgan Zotdir. U kechani kunduzga o`ratadir. Bunda, albatta, tafakkur qiluvchi qavmlar uchun oyat-belgilar bordir. (3)
وَفِي الْأَرْضِ قِطَعٌ مُتَجَاوِرَاتٌ وَجَنَّاتٌ مِنْ أَعْنَابٍ وَزَرْعٌ وَنَخِيلٌ صِنْوَانٌ وَغَيْرُ صِنْوَانٍ يُسْقَىٰ بِمَاءٍ وَاحِدٍ وَنُفَضِّلُ بَعْضَهَا عَلَىٰ بَعْضٍ فِي الْأُكُلِ ۚ إِنَّ فِي ذَٰلِكَ لَآيَاتٍ لِقَوْمٍ يَعْقِلُونَ i
Va yer yuzida qo`shni bo`laklar bor. Shuningdek, uzumlar, bog`lar, ekinzorlar, shoxlagan va shoxlamagan xurmolar bo`lib, bir xil suv ila sug`oriladilar va ularning ba'zilarining mevasini ba'zilarinikidan afzal qilurmiz. Bunda, albatta, aql ishlatuvchi qavmlar uchun oyat-belgilar bordir. (4)
وَإِنْ تَعْجَبْ فَعَجَبٌ قَوْلُهُمْ أَإِذَا كُنَّا تُرَابًا أَإِنَّا لَفِي خَلْقٍ جَدِيدٍ ۗ أُولَٰئِكَ الَّذِينَ كَفَرُوا بِرَبِّهِمْ ۖ وَأُولَٰئِكَ الْأَغْلَالُ فِي أَعْنَاقِهِمْ ۖ وَأُولَٰئِكَ أَصْحَابُ النَّارِ ۖ هُمْ فِيهَا خَالِدُونَ i
Agar ajablanadigan bo`lsang, ularning: «Agar biz tuproq bo`lib ketsak ham, yangidan yaratilamizmi?!» deyishlari yana ham ajablanarlidir. Ana o`shalar Robbilariga kufr keltirganlardir. Ana o`shalar bo`yinlari kishanlarda bo`ladiganlardir. Ana o`shalar do`zax egalaridir. Ular unda abadiy qolurlar. (5)
وَيَسْتَعْجِلُونَكَ بِالسَّيِّئَةِ قَبْلَ الْحَسَنَةِ وَقَدْ خَلَتْ مِنْ قَبْلِهِمُ الْمَثُلَاتُ ۗ وَإِنَّ رَبَّكَ لَذُو مَغْفِرَةٍ لِلنَّاسِ عَلَىٰ ظُلْمِهِمْ ۖ وَإِنَّ رَبَّكَ لَشَدِيدُ الْعِقَابِ i
Ular sendan yaxshilikdan avval yomonlik keltirishni talab qilurlar. Holbuki, ulardan avval misollar o`tmishdir. Va, albatta, Robbing odamlarning zulmiga qaramay, ular uchun mag`firatlidir. Va, albatta, Robbing iqobi shiddatlidir. (6)
وَيَقُولُ الَّذِينَ كَفَرُوا لَوْلَا أُنْزِلَ عَلَيْهِ آيَةٌ مِنْ رَبِّهِ ۗ إِنَّمَا أَنْتَ مُنْذِرٌ ۖ وَلِكُلِّ قَوْمٍ هَادٍ i
Kufr keltirganlar: «Unga Robbidan bir mo`'jiza nozil qilinsa edi», derlar. Sen faqat ogohlantiruvchisan, xolos. Va har qavmning hidoyatchisi bordir. (7)
اللَّهُ يَعْلَمُ مَا تَحْمِلُ كُلُّ أُنْثَىٰ وَمَا تَغِيضُ الْأَرْحَامُ وَمَا تَزْدَادُ ۖ وَكُلُّ شَيْءٍ عِنْدَهُ بِمِقْدَارٍ i
Alloh har bir urg`ochining homilasini hamda bachadonlar nuqson yoki ziyoda qiladigan narsalarni biladir. Har bir narsa Uning huzurida o`lchovlidir. (8)
عَالِمُ الْغَيْبِ وَالشَّهَادَةِ الْكَبِيرُ الْمُتَعَالِ i
U zot g`oyibni ham, shohidni ham bilguvchidir. U buyukdir, yuksakdir. (9)
سَوَاءٌ مِنْكُمْ مَنْ أَسَرَّ الْقَوْلَ وَمَنْ جَهَرَ بِهِ وَمَنْ هُوَ مُسْتَخْفٍ بِاللَّيْلِ وَسَارِبٌ بِالنَّهَارِ i
Sizdan kim gapni sir tutsa, kim uni oshkor qilsa yoki kim kechasi berkinuvchi bo`lsayu kim kunduzi oshkor yuruvchi bo`lsa — bari bir. (10)
لَهُ مُعَقِّبَاتٌ مِنْ بَيْنِ يَدَيْهِ وَمِنْ خَلْفِهِ يَحْفَظُونَهُ مِنْ أَمْرِ اللَّهِ ۗ إِنَّ اللَّهَ لَا يُغَيِّرُ مَا بِقَوْمٍ حَتَّىٰ يُغَيِّرُوا مَا بِأَنْفُسِهِمْ ۗ وَإِذَا أَرَادَ اللَّهُ بِقَوْمٍ سُوءًا فَلَا مَرَدَّ لَهُ ۚ وَمَا لَهُمْ مِنْ دُونِهِ مِنْ وَالٍ i
Uning oldida ham, ortida ham ta'qib qilguvchilar bor. Ular uni Allohning amri ila hifz qilib tururlar. Albatta, to bir qavm o`zlarini o`zgartirmagunlaricha, Alloh ularning holini o`zgartirmas. Agar Alloh biror qavmga yomonlikni iroda qilsa, bas, uni qaytarib bo`lmaydi va ular uchun undan o`zga valiy ham yo`q. (11)
هُوَ الَّذِي يُرِيكُمُ الْبَرْقَ خَوْفًا وَطَمَعًا وَيُنْشِئُ السَّحَابَ الثِّقَالَ i
U sizlarga chaqmoqni xavf va tama' qilib ko`rsatur va og`ir bulutlarni paydo qilur. (12)
وَيُسَبِّحُ الرَّعْدُ بِحَمْدِهِ وَالْمَلَائِكَةُ مِنْ خِيفَتِهِ وَيُرْسِلُ الصَّوَاعِقَ فَيُصِيبُ بِهَا مَنْ يَشَاءُ وَهُمْ يُجَادِلُونَ فِي اللَّهِ وَهُوَ شَدِيدُ الْمِحَالِ i
Va momaqaldiroq Uning hamdi ila tasbih aytadir va farishtalar ham Undan qo`rqqanlaridan (hamdu tasbih ayturlar). U chaqmoqlarni yuboradir va ular ila xohlagan odamlarini, ular Alloh haqida talashib turganlarida, uradir. U qattiq ushlaydigan Zotdir. (13)
لَهُ دَعْوَةُ الْحَقِّ ۖ وَالَّذِينَ يَدْعُونَ مِنْ دُونِهِ لَا يَسْتَجِيبُونَ لَهُمْ بِشَيْءٍ إِلَّا كَبَاسِطِ كَفَّيْهِ إِلَى الْمَاءِ لِيَبْلُغَ فَاهُ وَمَا هُوَ بِبَالِغِهِ ۚ وَمَا دُعَاءُ الْكَافِرِينَ إِلَّا فِي ضَلَالٍ i
Haq da'vati Unikidir. Undan o`zgaga duo qilayotganlarga esa, hech bir narsada ijobat etmaslar. Magar, ikki kaftini suvga uzatib, suv og`ziga yetishini kutgan odamga o`xsharlar. Holbuki, unga yetmas. Kofirlarning duosi zalolatdan o`zga hech narsa emasdir. (14)
وَلِلَّهِ يَسْجُدُ مَنْ فِي السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ طَوْعًا وَكَرْهًا وَظِلَالُهُمْ بِالْغُدُوِّ وَالْآصَالِ ۩ i
Allohga osmonlaru yerlardagi kimsalar va ularning soyalari xoh istasinlar, xoh istamasinlar, ertayu kech sajda qilurlar. (15)
قُلْ مَنْ رَبُّ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ قُلِ اللَّهُ ۚ قُلْ أَفَاتَّخَذْتُمْ مِنْ دُونِهِ أَوْلِيَاءَ لَا يَمْلِكُونَ لِأَنْفُسِهِمْ نَفْعًا وَلَا ضَرًّا ۚ قُلْ هَلْ يَسْتَوِي الْأَعْمَىٰ وَالْبَصِيرُ أَمْ هَلْ تَسْتَوِي الظُّلُمَاتُ وَالنُّورُ ۗ أَمْ جَعَلُوا لِلَّهِ شُرَكَاءَ خَلَقُوا كَخَلْقِهِ فَتَشَابَهَ الْخَلْقُ عَلَيْهِمْ ۚ قُلِ اللَّهُ خَالِقُ كُلِّ شَيْءٍ وَهُوَ الْوَاحِدُ الْقَهَّارُ i
Sen: «Osmonlaru yerning Robbi kim?» deb ayt. «Alloh», degin. «O`zingizga Undan o`zga, o`zlariga foyda yoki zararga ega bo`lmagan valiylarni tutdingizmi?» degin. «Ko`zi ko`r bilan ko`ruvchi barobar bo`lurmi yoki zulmatlar bilan nur barobar bo`lurmi?» degin. Yoki ular Allohga U yaratgan maxluqotlarga o`xshash maxluqotlarni yaratganlarni sherik qilib oldilar-u, ularga yaratilgan maxluqotlarga o`xshash ko`rinmoqdami? «Barcha narsaning yaratuvchisi Allohdir. Va U Birdir, Qahhordir», degin. (16)
أَنْزَلَ مِنَ السَّمَاءِ مَاءً فَسَالَتْ أَوْدِيَةٌ بِقَدَرِهَا فَاحْتَمَلَ السَّيْلُ زَبَدًا رَابِيًا ۚ وَمِمَّا يُوقِدُونَ عَلَيْهِ فِي النَّارِ ابْتِغَاءَ حِلْيَةٍ أَوْ مَتَاعٍ زَبَدٌ مِثْلُهُ ۚ كَذَٰلِكَ يَضْرِبُ اللَّهُ الْحَقَّ وَالْبَاطِلَ ۚ فَأَمَّا الزَّبَدُ فَيَذْهَبُ جُفَاءً ۖ وَأَمَّا مَا يَنْفَعُ النَّاسَ فَيَمْكُثُ فِي الْأَرْضِ ۚ كَذَٰلِكَ يَضْرِبُ اللَّهُ الْأَمْثَالَ i
U osmondan suv tushirdi. So`ngra vodiylarda o`z miqdoricha sel oqdi. Bas, sel o`z ustiga chiqqan ko`pikni ko`tarib keldi. Va zeb-ziynat, asbob-uskuna yasash maqsadida o`tda toblanadigan narsalarda ham shunga o`xshash ko`pik bo`lur. Alloh haq va botilga mana shunday zarbulmasal keltirur. Ammo ko`pik o`z-o`zidan yo`q bo`lib ketur. Odamlarga manfaat beradigan narsa esa, yer yuzida qolur. Alloh misollarni ana shunday keltirur. (17)
لِلَّذِينَ اسْتَجَابُوا لِرَبِّهِمُ الْحُسْنَىٰ ۚ وَالَّذِينَ لَمْ يَسْتَجِيبُوا لَهُ لَوْ أَنَّ لَهُمْ مَا فِي الْأَرْضِ جَمِيعًا وَمِثْلَهُ مَعَهُ لَافْتَدَوْا بِهِ ۚ أُولَٰئِكَ لَهُمْ سُوءُ الْحِسَابِ وَمَأْوَاهُمْ جَهَنَّمُ ۖ وَبِئْسَ الْمِهَادُ i
Robbilariga ijobat etganlarga go`zallik bordir. Unga ijobat etmaganlarga esa, agar yer yuzidagi hamma narsalar va yana shunchasiga ega bo`lsalar-u, uni fido qilsalar ham, ana o`shalarga yomon hisob bo`lur va joylari jahannamdadir. U qanday ham yomon joydir. (18)
أَفَمَنْ يَعْلَمُ أَنَّمَا أُنْزِلَ إِلَيْكَ مِنْ رَبِّكَ الْحَقُّ كَمَنْ هُوَ أَعْمَىٰ ۚ إِنَّمَا يَتَذَكَّرُ أُولُو الْأَلْبَابِ i
Senga Robbingdan nozil qilingan narsa albatta haq ekanini biladigan kimsa ko`r odamga o`xsharmidi? Buni, albatta, aql egalarigina eslarlar. (19)
الَّذِينَ يُوفُونَ بِعَهْدِ اللَّهِ وَلَا يَنْقُضُونَ الْمِيثَاقَ i
Ular Allohning ahdiga vafo qiladigan va miysoqni buzmaydiganlardir. (20)
وَالَّذِينَ يَصِلُونَ مَا أَمَرَ اللَّهُ بِهِ أَنْ يُوصَلَ وَيَخْشَوْنَ رَبَّهُمْ وَيَخَافُونَ سُوءَ الْحِسَابِ i
Ular Alloh bog`lanishiga amr etgan narsani bog`larlar, Robbilaridan cho`chirlar va yomon hisobdan qo`rqarlar. (21)
وَالَّذِينَ صَبَرُوا ابْتِغَاءَ وَجْهِ رَبِّهِمْ وَأَقَامُوا الصَّلَاةَ وَأَنْفَقُوا مِمَّا رَزَقْنَاهُمْ سِرًّا وَعَلَانِيَةً وَيَدْرَءُونَ بِالْحَسَنَةِ السَّيِّئَةَ أُولَٰئِكَ لَهُمْ عُقْبَى الدَّارِ i
Ular Robbilari yuzini ko`zlab, sabr qilarlar. Namozni to`kis ado etarlar, Biz ularga rizq qilib bergan narsadan maxfiy va oshkora infoq qilarlar va yomonlikni yaxshilik ila qaytararlar. Ana o`shalarga oqibat diyori bordir. (22)
جَنَّاتُ عَدْنٍ يَدْخُلُونَهَا وَمَنْ صَلَحَ مِنْ آبَائِهِمْ وَأَزْوَاجِهِمْ وَذُرِّيَّاتِهِمْ ۖ وَالْمَلَائِكَةُ يَدْخُلُونَ عَلَيْهِمْ مِنْ كُلِّ بَابٍ i
Adn jannatlaridir. Unga ular va ularning otalari, jufti halollari va zurriyotlaridan solih bo`lganlari kirarlar. So`ngra, ularning huzurlariga har eshikdan farishtalar kirib: (23)
سَلَامٌ عَلَيْكُمْ بِمَا صَبَرْتُمْ ۚ فَنِعْمَ عُقْبَى الدَّارِ i
«Sabr qilganingiz uchun sizlarga Salom bo`lsin! Bu oqibat diyori qanday ham yaxshi!» (derlar). (24)
وَالَّذِينَ يَنْقُضُونَ عَهْدَ اللَّهِ مِنْ بَعْدِ مِيثَاقِهِ وَيَقْطَعُونَ مَا أَمَرَ اللَّهُ بِهِ أَنْ يُوصَلَ وَيُفْسِدُونَ فِي الْأَرْضِ ۙ أُولَٰئِكَ لَهُمُ اللَّعْنَةُ وَلَهُمْ سُوءُ الدَّارِ i
Allohning ahdini miysoqdan keyin buzadiganlar, Alloh bog`lanishiga amr etgan narsalarni uzadiganlar va yer yuzida buzg`unchilik qiladiganlarga, ana o`shalarga la'nat va ularga yomon diyor bor. (25)
اللَّهُ يَبْسُطُ الرِّزْقَ لِمَنْ يَشَاءُ وَيَقْدِرُ ۚ وَفَرِحُوا بِالْحَيَاةِ الدُّنْيَا وَمَا الْحَيَاةُ الدُّنْيَا فِي الْآخِرَةِ إِلَّا مَتَاعٌ i
Alloh xohlagan kishisining rizqini keng qilur va (xohlagannikini) tor qilur. Ular bu dunyo hayoti ila shod bo`ldilar. Holbuki, bu dunyo hayoti oxirat oldida arzimas matoh, xolos. (26)
وَيَقُولُ الَّذِينَ كَفَرُوا لَوْلَا أُنْزِلَ عَلَيْهِ آيَةٌ مِنْ رَبِّهِ ۗ قُلْ إِنَّ اللَّهَ يُضِلُّ مَنْ يَشَاءُ وَيَهْدِي إِلَيْهِ مَنْ أَنَابَ i
Va kufr keltirganlar: «Unga Robbidan bir mo`'jiza tushsa edi», derlar. Sen: «Albatta, Alloh kimni xohlasa, zalolatga ketkazur va o`ziga yo`nalganlarini hidoyat qilur», deb ayt. (27)
الَّذِينَ آمَنُوا وَتَطْمَئِنُّ قُلُوبُهُمْ بِذِكْرِ اللَّهِ ۗ أَلَا بِذِكْرِ اللَّهِ تَطْمَئِنُّ الْقُلُوبُ i
Iymon keltirganlar va Allohning zikri ila qalblari orom topganlar. Ayo, Allohning zikri ila qalblar orom topmasmi? (28)
الَّذِينَ آمَنُوا وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ طُوبَىٰ لَهُمْ وَحُسْنُ مَآبٍ i
Iymon keltirganlar va yaxshi amallarni qilganlarga xushnudlik va go`zal maskan bor. (29)
كَذَٰلِكَ أَرْسَلْنَاكَ فِي أُمَّةٍ قَدْ خَلَتْ مِنْ قَبْلِهَا أُمَمٌ لِتَتْلُوَ عَلَيْهِمُ الَّذِي أَوْحَيْنَا إِلَيْكَ وَهُمْ يَكْفُرُونَ بِالرَّحْمَٰنِ ۚ قُلْ هُوَ رَبِّي لَا إِلَٰهَ إِلَّا هُوَ عَلَيْهِ تَوَكَّلْتُ وَإِلَيْهِ مَتَابِ i
Shunday qilib, seni o`zlaridan oldin ham ummatlar o`tgan bir ummatga ularga o`zingga vahiy qilgan narsamizni tilovat qilib berishing uchun yubordik. Holbuki, ular Rohmanga kufr keltirurlar. Sen: «U mening Robbimdir, Undan o`zga ibodatga sazovor zot yo`q. Uning O`zigagina tavakkal qildim. Tavbam ham Uning O`zigadir», deb ayt. (30)
وَلَوْ أَنَّ قُرْآنًا سُيِّرَتْ بِهِ الْجِبَالُ أَوْ قُطِّعَتْ بِهِ الْأَرْضُ أَوْ كُلِّمَ بِهِ الْمَوْتَىٰ ۗ بَلْ لِلَّهِ الْأَمْرُ جَمِيعًا ۗ أَفَلَمْ يَيْأَسِ الَّذِينَ آمَنُوا أَنْ لَوْ يَشَاءُ اللَّهُ لَهَدَى النَّاسَ جَمِيعًا ۗ وَلَا يَزَالُ الَّذِينَ كَفَرُوا تُصِيبُهُمْ بِمَا صَنَعُوا قَارِعَةٌ أَوْ تَحُلُّ قَرِيبًا مِنْ دَارِهِمْ حَتَّىٰ يَأْتِيَ وَعْدُ اللَّهِ ۚ إِنَّ اللَّهَ لَا يُخْلِفُ الْمِيعَادَ i
Agar Qur'on ila tog`lar jildiriladigan, yer parchalanadigan yoki o`liklar tilga kiritiladigan bo`lganida (imkoni bor edi). Ammo, ishning barchasi Allohga xosdir. Iymon keltirganlar, agar Alloh xohlasa, odamlarning hammasini hidoyat qila olishini bilmadilarmi? Kufr keltirganlarga, to Allohning va'dasi kelguncha, o`z ishlari sababli mudom larzaga soluvchi musiybatlar yetar yoki ularning diyorlari yaqiniga tushib turar. Albatta, Alloh va'daga xilof qilmas. (31)
وَلَقَدِ اسْتُهْزِئَ بِرُسُلٍ مِنْ قَبْلِكَ فَأَمْلَيْتُ لِلَّذِينَ كَفَرُوا ثُمَّ أَخَذْتُهُمْ ۖ فَكَيْفَ كَانَ عِقَابِ i
Batahqiq, sendan oldin ham Payg`ambarlar masxara qilinganlar. Bas, kufr keltirganlarga muhlat berdim. So`ngra, ularni ushladim. Bas, iqobim qandoq bo`lgan edi?! (32)
أَفَمَنْ هُوَ قَائِمٌ عَلَىٰ كُلِّ نَفْسٍ بِمَا كَسَبَتْ ۗ وَجَعَلُوا لِلَّهِ شُرَكَاءَ قُلْ سَمُّوهُمْ ۚ أَمْ تُنَبِّئُونَهُ بِمَا لَا يَعْلَمُ فِي الْأَرْضِ أَمْ بِظَاهِرٍ مِنَ الْقَوْلِ ۗ بَلْ زُيِّنَ لِلَّذِينَ كَفَرُوا مَكْرُهُمْ وَصُدُّوا عَنِ السَّبِيلِ ۗ وَمَنْ يُضْلِلِ اللَّهُ فَمَا لَهُ مِنْ هَادٍ i
Har bir jonning qilgan kasbi ustida turuvchi zot kim? Allohga shirk keltirdilar. Sen: «Ularning nomlarini ayting. Yoki Unga yer yuzida U bilmaydigan narsaning xabarini berasizlarmi? Balki, yuzaki gapdir», degin. Yo`q, kufr keltirganlarga makrlari ziynatlab ko`rsatildi va ular yo`ldan to`sdilar. Alloh kimni zalolatga ketkazsa, unga hech bir hidoyatchi bo`lmas. (33)
لَهُمْ عَذَابٌ فِي الْحَيَاةِ الدُّنْيَا ۖ وَلَعَذَابُ الْآخِرَةِ أَشَقُّ ۖ وَمَا لَهُمْ مِنَ اللَّهِ مِنْ وَاقٍ i
Ularga bu dunyo hayotida azob bor. Albatta, oxirat azobi mashaqqatliroq. Ular uchun Allohdan saqlovchi bo`lmas. (34)
مَثَلُ الْجَنَّةِ الَّتِي وُعِدَ الْمُتَّقُونَ ۖ تَجْرِي مِنْ تَحْتِهَا الْأَنْهَارُ ۖ أُكُلُهَا دَائِمٌ وَظِلُّهَا ۚ تِلْكَ عُقْبَى الَّذِينَ اتَّقَوْا ۖ وَعُقْبَى الْكَافِرِينَ النَّارُ i
Taqvodorlarga va'da qilingan jannatning misoli (budir): ostidan anhorlar oqadi, mevalari va soyalari doimiydir. Bu, taqvo qilganlarning oqibatidir. Kofirlarning oqibati esa, do`zaxdir. (35)
وَالَّذِينَ آتَيْنَاهُمُ الْكِتَابَ يَفْرَحُونَ بِمَا أُنْزِلَ إِلَيْكَ ۖ وَمِنَ الْأَحْزَابِ مَنْ يُنْكِرُ بَعْضَهُ ۚ قُلْ إِنَّمَا أُمِرْتُ أَنْ أَعْبُدَ اللَّهَ وَلَا أُشْرِكَ بِهِ ۚ إِلَيْهِ أَدْعُو وَإِلَيْهِ مَآبِ i
Biz kitob berganlar senga nozil qilingan narsadan xursand bo`lurlar. Guruhlar ichida uning ba'zisini inkor qiladigan kimsalar ham bor. Sen: «Albatta, men Allohga ibodat qilishga, Unga shirk keltirmaslikka amr qilindim. Ungagina da'vat qilaman hamda qaytishim ham Ungadir», deb ayt. (36)
وَكَذَٰلِكَ أَنْزَلْنَاهُ حُكْمًا عَرَبِيًّا ۚ وَلَئِنِ اتَّبَعْتَ أَهْوَاءَهُمْ بَعْدَمَا جَاءَكَ مِنَ الْعِلْمِ مَا لَكَ مِنَ اللَّهِ مِنْ وَلِيٍّ وَلَا وَاقٍ i
Shuningdek, Biz uni arabiy hukm etib nozil qildik. Agar sen o`zingga kelgan ilmdan so`ng ularning havoyi nafslariga ergashsang, sen uchun Allohdan na bir do`st va na bir saqlovchi bo`lmas. (37)
وَلَقَدْ أَرْسَلْنَا رُسُلًا مِنْ قَبْلِكَ وَجَعَلْنَا لَهُمْ أَزْوَاجًا وَذُرِّيَّةً ۚ وَمَا كَانَ لِرَسُولٍ أَنْ يَأْتِيَ بِآيَةٍ إِلَّا بِإِذْنِ اللَّهِ ۗ لِكُلِّ أَجَلٍ كِتَابٌ i
Batahqiq, Biz sendan oldin ham Payg`ambarlar yubordik va ularga xotinlar va zurriyotlar ato qilganmiz. Hech bir Payg`ambar Allohning iznisiz oyat-mo`'jiza keltirgan emas. Har bir ajalning o`z kitobi bordir. (38)
يَمْحُو اللَّهُ مَا يَشَاءُ وَيُثْبِتُ ۖ وَعِنْدَهُ أُمُّ الْكِتَابِ i
Alloh nimani xohlasa, mahv qilur, nimani xohlasa, sobit qilur. Ona kitob Uning dargohidadir. (39)
وَإِنْ مَا نُرِيَنَّكَ بَعْضَ الَّذِي نَعِدُهُمْ أَوْ نَتَوَفَّيَنَّكَ فَإِنَّمَا عَلَيْكَ الْبَلَاغُ وَعَلَيْنَا الْحِسَابُ i
Ularga va'da qilganimizning ba'zisini senga ko`rsatarmiz yoki (undan oldin) seni vafot ettirarmiz. Albatta, yetkazish sening zimmangda, hisob qilish Bizning zimmamizdadir. (40)
أَوَلَمْ يَرَوْا أَنَّا نَأْتِي الْأَرْضَ نَنْقُصُهَا مِنْ أَطْرَافِهَا ۚ وَاللَّهُ يَحْكُمُ لَا مُعَقِّبَ لِحُكْمِهِ ۚ وَهُوَ سَرِيعُ الْحِسَابِ i
Biz yerga kelib, uning atrofidan qisqartirib borayotganimizni ko`rmaslarmi?! Hukmni Alloh qiladir. Uning hukmini ta'qib qilguvchi yo`qdir. U hisobi tez Zotdir. (41)
وَقَدْ مَكَرَ الَّذِينَ مِنْ قَبْلِهِمْ فَلِلَّهِ الْمَكْرُ جَمِيعًا ۖ يَعْلَمُ مَا تَكْسِبُ كُلُّ نَفْسٍ ۗ وَسَيَعْلَمُ الْكُفَّارُ لِمَنْ عُقْبَى الدَّارِ i
Batahqiq, ulardan oldingilar ham makr qildilar. Ammo, barcha makrlar Allohning (ilkidadir). U har bir jon nima qilishini biladir. Yaqinda kofirlar oqibat diyori kimga bo`lishini bilajaklar. (42)
وَيَقُولُ الَّذِينَ كَفَرُوا لَسْتَ مُرْسَلًا ۚ قُلْ كَفَىٰ بِاللَّهِ شَهِيدًا بَيْنِي وَبَيْنَكُمْ وَمَنْ عِنْدَهُ عِلْمُ الْكِتَابِ i
Kufr keltirganlar: «Payg`ambar emassan», derlar. Sen: «Men bilan sizning orangizda Alloh va Kitob ilmi bor kimsalar yetarli guvohdir», deb ayt. (43)