Sura Muhammad (Muhammad ﷺ) — سُورَةُ محمد
الَّذِينَ كَفَرُوا وَصَدُّوا عَنْ سَبِيلِ اللَّهِ أَضَلَّ أَعْمَالَهُمْ i
Kufr keltirgan va Allohning yo`lidan to`sganlarning amallarini U zot botil qildi. (1)
وَالَّذِينَ آمَنُوا وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ وَآمَنُوا بِمَا نُزِّلَ عَلَىٰ مُحَمَّدٍ وَهُوَ الْحَقُّ مِنْ رَبِّهِمْ ۙ كَفَّرَ عَنْهُمْ سَيِّئَاتِهِمْ وَأَصْلَحَ بَالَهُمْ i
Iymon keltirgan, solih amallarni qilgan va Muhammadga nozil qilingan narsa(Qur'on)ga — holbuki u (Qur'on) Robbilaridan kelgan haqdir — iymon keltirganlarning ayblarini berkitar va ahvollarini yaxshilar. (2)
ذَٰلِكَ بِأَنَّ الَّذِينَ كَفَرُوا اتَّبَعُوا الْبَاطِلَ وَأَنَّ الَّذِينَ آمَنُوا اتَّبَعُوا الْحَقَّ مِنْ رَبِّهِمْ ۚ كَذَٰلِكَ يَضْرِبُ اللَّهُ لِلنَّاسِ أَمْثَالَهُمْ i
Undoq bo`lishiga, albatta, kufr keltirganlarning botilga ergashganlari va iymon keltirganlarning Robbilaridan bo`lgan haqqa ergashganliklari sababdir. Alloh kishilarga o`zlarining misollarini shunday keltirar. (3)
فَإِذَا لَقِيتُمُ الَّذِينَ كَفَرُوا فَضَرْبَ الرِّقَابِ حَتَّىٰ إِذَا أَثْخَنْتُمُوهُمْ فَشُدُّوا الْوَثَاقَ فَإِمَّا مَنًّا بَعْدُ وَإِمَّا فِدَاءً حَتَّىٰ تَضَعَ الْحَرْبُ أَوْزَارَهَا ۚ ذَٰلِكَ وَلَوْ يَشَاءُ اللَّهُ لَانْتَصَرَ مِنْهُمْ وَلَٰكِنْ لِيَبْلُوَ بَعْضَكُمْ بِبَعْضٍ ۗ وَالَّذِينَ قُتِلُوا فِي سَبِيلِ اللَّهِ فَلَنْ يُضِلَّ أَعْمَالَهُمْ i
Qachonki kufr keltirganlar bilan to`qnashsangiz, bas, bo`yinlarga urmoq kerak. Vaqtiki, ularni tor-mor qilsangiz, bas, mahkam bog`lang. So`ngra yoki minnat, yoki tovon olishdir. Hattoki, urush o`z anjomlarini qo`yguncha. Ana shunday. Alloh xohlasa, ulardan O`zi g`olib kelardi, lekin ba'zilaringizni ba'zilaringiz ila sinash uchun (qildi). Alloh yo`lida qatl qilinganlarning amallarini U zot hech zoye qilmas. (4)
سَيَهْدِيهِمْ وَيُصْلِحُ بَالَهُمْ i
Albatta, ularni hidoyat qilar va ahvollarini yaxshilar. (5)
وَيُدْخِلُهُمُ الْجَنَّةَ عَرَّفَهَا لَهُمْ i
Hamda O`zi ularga ta'riflab bergan jannatga kiritar. (6)
يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا إِنْ تَنْصُرُوا اللَّهَ يَنْصُرْكُمْ وَيُثَبِّتْ أَقْدَامَكُمْ i
Ey, iymon keltirganlar, agar Allohga yordam bersangiz, sizga ham yordam berur va qadamlaringizni sobit qilur. (7)
وَالَّذِينَ كَفَرُوا فَتَعْسًا لَهُمْ وَأَضَلَّ أَعْمَالَهُمْ i
Va kufr keltirganlarga baxtsizlik va amallarini zoye qilish bo`lur. (8)
ذَٰلِكَ بِأَنَّهُمْ كَرِهُوا مَا أَنْزَلَ اللَّهُ فَأَحْبَطَ أَعْمَالَهُمْ i
Bu, ularning Alloh nozil qilgan narsani xush ko`rmaganlari sababidandir. Bas, U zot amallarini botil qildi. (9)
أَفَلَمْ يَسِيرُوا فِي الْأَرْضِ فَيَنْظُرُوا كَيْفَ كَانَ عَاقِبَةُ الَّذِينَ مِنْ قَبْلِهِمْ ۚ دَمَّرَ اللَّهُ عَلَيْهِمْ ۖ وَلِلْكَافِرِينَ أَمْثَالُهَا i
Yer yuzida yurib, o`zlaridan avvalgilarning oqibati qandoq bo`lganiga nazar solmaydilarmi? Alloh ularni vayron qildi-ku! Kofirlarga shunga o`xshash bo`lur. (10)
ذَٰلِكَ بِأَنَّ اللَّهَ مَوْلَى الَّذِينَ آمَنُوا وَأَنَّ الْكَافِرِينَ لَا مَوْلَىٰ لَهُمْ i
Shundoq bo`lishi, albatta, Alloh iymon keltirganlarga do`st ekanligidan va albatta, kofirlarga do`st yo`qligidandir. (11)
إِنَّ اللَّهَ يُدْخِلُ الَّذِينَ آمَنُوا وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ جَنَّاتٍ تَجْرِي مِنْ تَحْتِهَا الْأَنْهَارُ ۖ وَالَّذِينَ كَفَرُوا يَتَمَتَّعُونَ وَيَأْكُلُونَ كَمَا تَأْكُلُ الْأَنْعَامُ وَالنَّارُ مَثْوًى لَهُمْ i
Albatta, Alloh iymon keltirganlar va yaxshi amal qilganlarni tagidan anhorlar oqib turgan jannatlarga kiritur. Kufr keltirganlar huzur qilurlar va xuddi chorva hayvonlari yegandek yerlar va do`zax ularning joyidir. (12)
وَكَأَيِّنْ مِنْ قَرْيَةٍ هِيَ أَشَدُّ قُوَّةً مِنْ قَرْيَتِكَ الَّتِي أَخْرَجَتْكَ أَهْلَكْنَاهُمْ فَلَا نَاصِرَ لَهُمْ i
Ko`pgina shaharlar seni chiqargan shaharingdan ko`ra quvvatliroq edi, ularni halok qildik. Bas, ularga nusrat beruvchi yo`qdir. (13)
أَفَمَنْ كَانَ عَلَىٰ بَيِّنَةٍ مِنْ رَبِّهِ كَمَنْ زُيِّنَ لَهُ سُوءُ عَمَلِهِ وَاتَّبَعُوا أَهْوَاءَهُمْ i
O`z Robbisidan aniq hujjatga ega bo`lgan shaxs yomon amali o`ziga ziynatli ko`ringan va havoyi nafsiga ergashganlarga o`xshashi mumkinmi?! (14)
مَثَلُ الْجَنَّةِ الَّتِي وُعِدَ الْمُتَّقُونَ ۖ فِيهَا أَنْهَارٌ مِنْ مَاءٍ غَيْرِ آسِنٍ وَأَنْهَارٌ مِنْ لَبَنٍ لَمْ يَتَغَيَّرْ طَعْمُهُ وَأَنْهَارٌ مِنْ خَمْرٍ لَذَّةٍ لِلشَّارِبِينَ وَأَنْهَارٌ مِنْ عَسَلٍ مُصَفًّى ۖ وَلَهُمْ فِيهَا مِنْ كُلِّ الثَّمَرَاتِ وَمَغْفِرَةٌ مِنْ رَبِّهِمْ ۖ كَمَنْ هُوَ خَالِدٌ فِي النَّارِ وَسُقُوا مَاءً حَمِيمًا فَقَطَّعَ أَمْعَاءَهُمْ i
Taqvodorlarga va'da qilingan jannatning misoli (shuki): ichida aynimagan suvli anhorlari, ta'mi o`zgarmagan sutli anhorlari, ichuvchilarga lazzatbaxsh xamr(sharob)li anhorlari, musaffo asalli anhorlari bor. Ular uchun unda barcha mevalar va o`z Robbilaridan mag`firat bor. (O`shalar) otashda mangu qoluvchi va o`ta qaynoq suv ila sug`orilib, ichaklari titilib ketgan kimsaga o`xsharmi? (15)
وَمِنْهُمْ مَنْ يَسْتَمِعُ إِلَيْكَ حَتَّىٰ إِذَا خَرَجُوا مِنْ عِنْدِكَ قَالُوا لِلَّذِينَ أُوتُوا الْعِلْمَ مَاذَا قَالَ آنِفًا ۚ أُولَٰئِكَ الَّذِينَ طَبَعَ اللَّهُ عَلَىٰ قُلُوبِهِمْ وَاتَّبَعُوا أَهْوَاءَهُمْ i
Va ulardan senga quloq osadiganlari bor. Huzuringdan chiqqanlarida esa, ilm berilganlarga: «Hali nima dedi?» – derlar. Ana o`shalar qalblariga Alloh tamg`a bosganlar va havoyi nafslariga ergashganlardir. (16)
وَالَّذِينَ اهْتَدَوْا زَادَهُمْ هُدًى وَآتَاهُمْ تَقْوَاهُمْ i
Hidoyat topganlarning hidoyatini U zot ziyoda qildi va ularga taqvolarini berdi. (17)
فَهَلْ يَنْظُرُونَ إِلَّا السَّاعَةَ أَنْ تَأْتِيَهُمْ بَغْتَةً ۖ فَقَدْ جَاءَ أَشْرَاطُهَا ۚ فَأَنَّىٰ لَهُمْ إِذَا جَاءَتْهُمْ ذِكْرَاهُمْ i
Ular soat(qiyomat)ning birdan kelishidan boshqa narsaga intizor bo`lishayotgani yo`q. Darvoqe, alomatlari kelib ham qoldi. U kelib qolsa, ular qayerdan eslatma olurlar?! (18)
فَاعْلَمْ أَنَّهُ لَا إِلَٰهَ إِلَّا اللَّهُ وَاسْتَغْفِرْ لِذَنْبِكَ وَلِلْمُؤْمِنِينَ وَالْمُؤْمِنَاتِ ۗ وَاللَّهُ يَعْلَمُ مُتَقَلَّبَكُمْ وَمَثْوَاكُمْ i
Bas, bilgin: Allohdan o`zga ibodatga sazovor zot yo`q, o`zingning, mo`minlarning va mo`minalarning gunohlari mag`firat qilinishini so`ra. Alloh sizlarning kezar joylaringizni ham, borar joylaringizni ham bilur. (19)
وَيَقُولُ الَّذِينَ آمَنُوا لَوْلَا نُزِّلَتْ سُورَةٌ ۖ فَإِذَا أُنْزِلَتْ سُورَةٌ مُحْكَمَةٌ وَذُكِرَ فِيهَا الْقِتَالُ ۙ رَأَيْتَ الَّذِينَ فِي قُلُوبِهِمْ مَرَضٌ يَنْظُرُونَ إِلَيْكَ نَظَرَ الْمَغْشِيِّ عَلَيْهِ مِنَ الْمَوْتِ ۖ فَأَوْلَىٰ لَهُمْ i
Va iymon keltirganlar: «Biron sura nozil qilinsa edi», derlar. Vaqtiki, muhkam sura nozil qilinib, unda urush zikr qilinsa, qalblarida kasali borlarning senga xuddi jon berayotganning qarashidek qarayotganini ko`rasan. (20)
طَاعَةٌ وَقَوْلٌ مَعْرُوفٌ ۚ فَإِذَا عَزَمَ الْأَمْرُ فَلَوْ صَدَقُوا اللَّهَ لَكَانَ خَيْرًا لَهُمْ i
Ularga toat va yaxshi so`z yaxshiroqdir, bas, ish jiddiylashganda, Allohga sodiq qolsalar, o`zlariga yaxshi bo`lur edi. (21)
فَهَلْ عَسَيْتُمْ إِنْ تَوَلَّيْتُمْ أَنْ تُفْسِدُوا فِي الْأَرْضِ وَتُقَطِّعُوا أَرْحَامَكُمْ i
Ehtimol, (iymondan) yuz o`girsangiz, yer yuzida fasod qilib, qardoshlik rishtalarini uzarsiz?! (22)
أُولَٰئِكَ الَّذِينَ لَعَنَهُمُ اللَّهُ فَأَصَمَّهُمْ وَأَعْمَىٰ أَبْصَارَهُمْ i
Ana o`shalarni Alloh la'natladi, ularni kar qildi va ko`zlarini ko`r qildi. (23)
أَفَلَا يَتَدَبَّرُونَ الْقُرْآنَ أَمْ عَلَىٰ قُلُوبٍ أَقْفَالُهَا i
Qur'onni tadabbur ila o`ylab ko`rmaydilarmi? Yoki qalblarda qulflar bormi? (24)
إِنَّ الَّذِينَ ارْتَدُّوا عَلَىٰ أَدْبَارِهِمْ مِنْ بَعْدِ مَا تَبَيَّنَ لَهُمُ الْهُدَى ۙ الشَّيْطَانُ سَوَّلَ لَهُمْ وَأَمْلَىٰ لَهُمْ i
Albatta, hidoyat ravshan bo`lgandan so`ng ortlariga qaytganlarga shayton ziynatlab ko`rsatadi va ularni o`sha yo`lladi. (25)
ذَٰلِكَ بِأَنَّهُمْ قَالُوا لِلَّذِينَ كَرِهُوا مَا نَزَّلَ اللَّهُ سَنُطِيعُكُمْ فِي بَعْضِ الْأَمْرِ ۖ وَاللَّهُ يَعْلَمُ إِسْرَارَهُمْ i
Undoq bo`lishligi, albatta, ularning Alloh nozil qilgan narsani xush ko`rmaganlarga: «Sizlarga ba'zi ishlarda itoat qilurmiz», deyishlari sababidandir. Va holbuki, Alloh sir-asrorlarini bilib turibdi. (26)
فَكَيْفَ إِذَا تَوَفَّتْهُمُ الْمَلَائِكَةُ يَضْرِبُونَ وُجُوهَهُمْ وَأَدْبَارَهُمْ i
Farishtalar yuzlariga va ortlariga urib jonlarini olayotganlarida qandoq bo`larkin?! (27)
ذَٰلِكَ بِأَنَّهُمُ اتَّبَعُوا مَا أَسْخَطَ اللَّهَ وَكَرِهُوا رِضْوَانَهُ فَأَحْبَطَ أَعْمَالَهُمْ i
Bunday bo`lishi, albatta, ularning Allohni g`azablantirgan narsaga ergashganlari va Uning roziligini xush ko`rmaganliklari sababidandir. Bas, U zot amallarini habata qildi. (28)
أَمْ حَسِبَ الَّذِينَ فِي قُلُوبِهِمْ مَرَضٌ أَنْ لَنْ يُخْرِجَ اللَّهُ أَضْغَانَهُمْ i
Qalblarida kasal borlar, Alloh ularning qattiq hasadlarini oshkor qilmas, deb hisoblaydilarmi?! (29)
وَلَوْ نَشَاءُ لَأَرَيْنَاكَهُمْ فَلَعَرَفْتَهُمْ بِسِيمَاهُمْ ۚ وَلَتَعْرِفَنَّهُمْ فِي لَحْنِ الْقَوْلِ ۚ وَاللَّهُ يَعْلَمُ أَعْمَالَكُمْ i
Agar xohlasak, Biz ularni senga ko`rsatamiz, ta'kidki, sen ularni siymolaridan taniysan, albatta, sen ularni gap ohanglaridan taniysan. Alloh amallaringizni bilib turur. (30)
وَلَنَبْلُوَنَّكُمْ حَتَّىٰ نَعْلَمَ الْمُجَاهِدِينَ مِنْكُمْ وَالصَّابِرِينَ وَنَبْلُوَ أَخْبَارَكُمْ i
Va ta'kidki, Biz sizlarni sinarmiz, toki, sizlardan mujohidlarni, sabrlilarni bilsak va xabarlaringizni imtihon etsak. (31)
إِنَّ الَّذِينَ كَفَرُوا وَصَدُّوا عَنْ سَبِيلِ اللَّهِ وَشَاقُّوا الرَّسُولَ مِنْ بَعْدِ مَا تَبَيَّنَ لَهُمُ الْهُدَىٰ لَنْ يَضُرُّوا اللَّهَ شَيْئًا وَسَيُحْبِطُ أَعْمَالَهُمْ i
Albatta, kufr keltirganlar va Allohning yo`lidan to`sganlar hamda hidoyat aniq bo`lgandan so`ng Payg`ambarga qarshi chiqqanlar Allohga hech zarar keltira olmaslar. Va ularning amallarini habata qilur. (32)
يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا أَطِيعُوا اللَّهَ وَأَطِيعُوا الرَّسُولَ وَلَا تُبْطِلُوا أَعْمَالَكُمْ i
Ey, iymon keltirganlar, Allohga itoat eting, Rasulga bo`yinsuning va amallaringizni botil qilmangiz. (33)
إِنَّ الَّذِينَ كَفَرُوا وَصَدُّوا عَنْ سَبِيلِ اللَّهِ ثُمَّ مَاتُوا وَهُمْ كُفَّارٌ فَلَنْ يَغْفِرَ اللَّهُ لَهُمْ i
Albatta, kufr keltirganlar va Allohning yo`lidan to`sgan, so`ngra kofir hollarida o`lganlarni Alloh hech-hech mag`firat qilmas. (34)
فَلَا تَهِنُوا وَتَدْعُوا إِلَى السَّلْمِ وَأَنْتُمُ الْأَعْلَوْنَ وَاللَّهُ مَعَكُمْ وَلَنْ يَتِرَكُمْ أَعْمَالَكُمْ i
Bas, bo`sh kelmanglar va o`zingiz ustun bo`lib turib, yarashga chaqirmanglar. Alloh siz bilan va amallaringizni hech-hech kamaytirmas. (35)
إِنَّمَا الْحَيَاةُ الدُّنْيَا لَعِبٌ وَلَهْوٌ ۚ وَإِنْ تُؤْمِنُوا وَتَتَّقُوا يُؤْتِكُمْ أُجُورَكُمْ وَلَا يَسْأَلْكُمْ أَمْوَالَكُمْ i
Albatta, bu dunyo hayoti o`yin va ko`ngil xushidir va gar iymon keltirsangiz va taqvo qilsangiz, U zot ajrlaringizni berur va molu dunyolaringizni so`ramas. (36)
إِنْ يَسْأَلْكُمُوهَا فَيُحْفِكُمْ تَبْخَلُوا وَيُخْرِجْ أَضْغَانَكُمْ i
Agar sizdan ularni so`rasa, qiynasa, baxillik qilasizlar va Alloh kek-hiqdlaringizni chiqarur. (37)
هَا أَنْتُمْ هَٰؤُلَاءِ تُدْعَوْنَ لِتُنْفِقُوا فِي سَبِيلِ اللَّهِ فَمِنْكُمْ مَنْ يَبْخَلُ ۖ وَمَنْ يَبْخَلْ فَإِنَّمَا يَبْخَلُ عَنْ نَفْسِهِ ۚ وَاللَّهُ الْغَنِيُّ وَأَنْتُمُ الْفُقَرَاءُ ۚ وَإِنْ تَتَوَلَّوْا يَسْتَبْدِلْ قَوْمًا غَيْرَكُمْ ثُمَّ لَا يَكُونُوا أَمْثَالَكُمْ i
Hoy, sizlar. Anavilar. Allohning yo`lida nafaqa qilishga chaqirilsangiz, bas, ba'zilaringiz baxillik qilursizlar. Va kim baxillik qilsa, albatta, o`ziga baxillik qilur. Va, holbuki, Alloh boy, sizlar kambag`alsizlar. Va agar siz yuz o`girib ketsangiz, sizdan boshqa qavmni o`rningizga keltirur, ular esa sizlarga o`xshagan bo`lmaslar. (38)