Sura G‘ofir (Mag‘firat qiluvchi) — سُورَةُ غافر

G‘ofir surasi — Qur’onning qirqinchi surasi bo‘lib, unda Fir’avn qissasi, ilohiy ogohlantirishlar hamda mag‘firat so‘rashning ahamiyati ta’kidlanadi.

Sura G‘ofir (Mag‘firat qiluvchi) — سُورَةُ غافر

Shuningdek quyidagicha tanilgan: al-Muʾmin (Mo‘min), Ḥāʾ Mīm al-Muʾmin (Ha Mim – Mo‘min), al-Ṭawl (Mo‘l-ko‘l)
yana 1 ta nom

تَنْزِيلُ الْكِتَابِ مِنَ اللَّهِ الْعَزِيزِ الْعَلِيمِ ٢ i

40:2

Bu kitobning nozil qilinishi aziyzu o`ta ilmli Alloh tomonidandir. (2)

غَافِرِ الذَّنْبِ وَقَابِلِ التَّوْبِ شَدِيدِ الْعِقَابِ ذِي الطَّوْلِ ۖ لَا إِلَٰهَ إِلَّا هُوَ ۖ إِلَيْهِ الْمَصِيرُ ٣ i

40:3

U, gunohni mag`firat qilguvchi, tavbani qabul etguvchi, iqobi shiddatli va fazlu karam sohibi bo`lgan Zotdir. Undan o`zga ibodatga sazovor zot yo`q. Qaytish Uning O`zigaginadir. (3)

مَا يُجَادِلُ فِي آيَاتِ اللَّهِ إِلَّا الَّذِينَ كَفَرُوا فَلَا يَغْرُرْكَ تَقَلُّبُهُمْ فِي الْبِلَادِ ٤ i

40:4

Allohning oyatlari haqida faqatgina kufr keltirganlar talashib-tortishurlar. Bas, ularning yurtlarda aylanib yurishlari seni aldab qo`ymasin. (4)

كَذَّبَتْ قَبْلَهُمْ قَوْمُ نُوحٍ وَالْأَحْزَابُ مِنْ بَعْدِهِمْ ۖ وَهَمَّتْ كُلُّ أُمَّةٍ بِرَسُولِهِمْ لِيَأْخُذُوهُ ۖ وَجَادَلُوا بِالْبَاطِلِ لِيُدْحِضُوا بِهِ الْحَقَّ فَأَخَذْتُهُمْ ۖ فَكَيْفَ كَانَ عِقَابِ ٥ i

40:5

Ulardan oldin Nuh qavmi va ular ketidan kelgan firqalar ham yolg`onchi qilgan edilar. Har ummat o`z Payg`ambarini tutishga qasd qildi va haqni yo`qotish uchun botil ila mujodala etdi. Bas, Men ularni tutdim. Bas, Mening iqobim qanday bo`ldi! (5)

وَكَذَٰلِكَ حَقَّتْ كَلِمَتُ رَبِّكَ عَلَى الَّذِينَ كَفَرُوا أَنَّهُمْ أَصْحَابُ النَّارِ ٦ i

40:6

Kufr keltirganlarga ham Robbingning (azob) so`zi xuddi ana shunday haq bo`ldi. Albatta, ular do`zax egalaridir. (6)

الَّذِينَ يَحْمِلُونَ الْعَرْشَ وَمَنْ حَوْلَهُ يُسَبِّحُونَ بِحَمْدِ رَبِّهِمْ وَيُؤْمِنُونَ بِهِ وَيَسْتَغْفِرُونَ لِلَّذِينَ آمَنُوا رَبَّنَا وَسِعْتَ كُلَّ شَيْءٍ رَحْمَةً وَعِلْمًا فَاغْفِرْ لِلَّذِينَ تَابُوا وَاتَّبَعُوا سَبِيلَكَ وَقِهِمْ عَذَابَ الْجَحِيمِ ٧ i

40:7

Arshni ko`tarib turganlar va uning atrofidagilar Robbilariga hamd ila tasbih ayturlar, Unga iymon keltirurlar va iymon keltirganlarga mag`firat so`rab: «Ey Robbimiz, rahmating va ilming ila har bir narsani qurshagansan, bas, tavba qilib, yo`lingga ergashganlarni mag`firat qilgin va ularni do`zax azobidan saqlagin. (7)

رَبَّنَا وَأَدْخِلْهُمْ جَنَّاتِ عَدْنٍ الَّتِي وَعَدْتَهُمْ وَمَنْ صَلَحَ مِنْ آبَائِهِمْ وَأَزْوَاجِهِمْ وَذُرِّيَّاتِهِمْ ۚ إِنَّكَ أَنْتَ الْعَزِيزُ الْحَكِيمُ ٨ i

40:8

Ey Robbimiz, ularni ham, otalaridan, juftlaridan va zurriyotlaridan ahli solih bo`lganlarini ham O`zing ularga va'da qilgan adn jannatlariga kiritgin. Albatta, Sening O`zing aziyzu o`ta hikmatli zotsan. (8)

وَقِهِمُ السَّيِّئَاتِ ۚ وَمَنْ تَقِ السَّيِّئَاتِ يَوْمَئِذٍ فَقَدْ رَحِمْتَهُ ۚ وَذَٰلِكَ هُوَ الْفَوْزُ الْعَظِيمُ ٩ i

40:9

Va ularni yomonliklardan saqla, o`sha kuni kimni yomonliklardan saqlasang, batahqiq, unga rahim qilibsan. Ana o`sha buyuk yutuqdir», (derlar). (9)

إِنَّ الَّذِينَ كَفَرُوا يُنَادَوْنَ لَمَقْتُ اللَّهِ أَكْبَرُ مِنْ مَقْتِكُمْ أَنْفُسَكُمْ إِذْ تُدْعَوْنَ إِلَى الْإِيمَانِ فَتَكْفُرُونَ ١٠ i

40:10

Albatta, kufr keltirganlarga: «Iymonga chaqirilganingizda kufr keltirgan chog`ingizdagi Allohning g`azabi sizning o`zingizga (hozirgi) g`azabingizdan kattaroqdir», deb nido qilinur. (10)

قَالُوا رَبَّنَا أَمَتَّنَا اثْنَتَيْنِ وَأَحْيَيْتَنَا اثْنَتَيْنِ فَاعْتَرَفْنَا بِذُنُوبِنَا فَهَلْ إِلَىٰ خُرُوجٍ مِنْ سَبِيلٍ ١١ i

40:11

Ular: «Ey Robbimiz, Sen bizni ikki marta o`ldirding, ikki marta tiriltirding. Bas, biz gunohlarimizni e'tirof etdik. Endi chiqishning biron yo`li bormi?» – dedilar. (11)

ذَٰلِكُمْ بِأَنَّهُ إِذَا دُعِيَ اللَّهُ وَحْدَهُ كَفَرْتُمْ ۖ وَإِنْ يُشْرَكْ بِهِ تُؤْمِنُوا ۚ فَالْحُكْمُ لِلَّهِ الْعَلِيِّ الْكَبِيرِ ١٢ i

40:12

Bunday bo`lishingiz Allohning yolg`iz O`ziga da'vat qilinganida, kufr keltirganingiz, Unga shirk keltirilsa, iymon keltirganingiz uchundir. Bas, hukm oliy va ulug` Allohnikidir. (12)

هُوَ الَّذِي يُرِيكُمْ آيَاتِهِ وَيُنَزِّلُ لَكُمْ مِنَ السَّمَاءِ رِزْقًا ۚ وَمَا يَتَذَكَّرُ إِلَّا مَنْ يُنِيبُ ١٣ i

40:13

Uning O`zi sizga oyat (belgi)larini ko`rsatadigan, osmondan sizga rizq tushiradigan Zotdir. Faqat qaytadigan kishigina anglar. (13)

فَادْعُوا اللَّهَ مُخْلِصِينَ لَهُ الدِّينَ وَلَوْ كَرِهَ الْكَافِرُونَ ١٤ i

40:14

Bas, agar kofirlar yoqtirmasalar ham, Allohga dinni xolis qilgan holingizda yolvoring. (14)

رَفِيعُ الدَّرَجَاتِ ذُو الْعَرْشِ يُلْقِي الرُّوحَ مِنْ أَمْرِهِ عَلَىٰ مَنْ يَشَاءُ مِنْ عِبَادِهِ لِيُنْذِرَ يَوْمَ التَّلَاقِ ١٥ i

40:15

U, darajasi yuksak, Arsh egasi bo`lgan Zotdir. U, O`z amri ila bandalaridan kimni xohlasa, o`shanga muloqot kunidan ogohlantirishi uchun ruhni tushirur. (15)

يَوْمَ هُمْ بَارِزُونَ ۖ لَا يَخْفَىٰ عَلَى اللَّهِ مِنْهُمْ شَيْءٌ ۚ لِمَنِ الْمُلْكُ الْيَوْمَ ۖ لِلَّهِ الْوَاحِدِ الْقَهَّارِ ١٦ i

40:16

O`sha kunda ular zohir bo`lurlar. Allohga ulardan biron narsa maxfiy qolmas. Bugun mulk kimnikidir?! Yakkayu yolg`iz, Qahhor Allohnikidir! (16)

الْيَوْمَ تُجْزَىٰ كُلُّ نَفْسٍ بِمَا كَسَبَتْ ۚ لَا ظُلْمَ الْيَوْمَ ۚ إِنَّ اللَّهَ سَرِيعُ الْحِسَابِ ١٧ i

40:17

Bugungi kunda har bir jon o`zi qilgan kasbga yarasha jazo olur. Bugunga kunda zulm yo`qdur. Albatta, Alloh hisobni tez qilguvchi Zotdir. (17)

وَأَنْذِرْهُمْ يَوْمَ الْآزِفَةِ إِذِ الْقُلُوبُ لَدَى الْحَنَاجِرِ كَاظِمِينَ ۚ مَا لِلظَّالِمِينَ مِنْ حَمِيمٍ وَلَا شَفِيعٍ يُطَاعُ ١٨ i

40:18

Sen ularni yaqinlashguvchi Kundan ogohlantir. O`shanda jonlar xalqumga kelib, g`am-g`ussaga to`lib turarlar. Zolimlar uchun hech bir do`st ham, itoat qilinadigan shafoatchi ham yo`q. (18)

يَعْلَمُ خَائِنَةَ الْأَعْيُنِ وَمَا تُخْفِي الصُّدُورُ ١٩ i

40:19

U zot ko`zlarning xiyonatini ham, dillar maxfiy tutgan narsalarni ham bilur. (19)

وَاللَّهُ يَقْضِي بِالْحَقِّ ۖ وَالَّذِينَ يَدْعُونَ مِنْ دُونِهِ لَا يَقْضُونَ بِشَيْءٍ ۗ إِنَّ اللَّهَ هُوَ السَّمِيعُ الْبَصِيرُ ٢٠ i

40:20

Alloh haq ila hukm qilur. Undan o`zga iltijo qilayotganlari esa, hech narsa bilan hukm qilmaslar. Albatta, Allohning O`zi o`ta eshitguvchi va o`ta ko`rguvchi Zotdir. (20)

أَوَلَمْ يَسِيرُوا فِي الْأَرْضِ فَيَنْظُرُوا كَيْفَ كَانَ عَاقِبَةُ الَّذِينَ كَانُوا مِنْ قَبْلِهِمْ ۚ كَانُوا هُمْ أَشَدَّ مِنْهُمْ قُوَّةً وَآثَارًا فِي الْأَرْضِ فَأَخَذَهُمُ اللَّهُ بِذُنُوبِهِمْ وَمَا كَانَ لَهُمْ مِنَ اللَّهِ مِنْ وَاقٍ ٢١ i

40:21

Axir, ular yer yuzida yurib, o`zlaridan oldin o`tganlarning oqibati qanday bo`lganiga nazar solmaydilarmi?! Holbuki, o`shalar ulardan ko`ra quvvatliroq va yer yuzida asarlari ko`proq bo`lgan edilar. Bas, Alloh o`shalarni gunohlari sababli tutdi. Ularga Allohdan o`zga bir saqlovchi bo`lmadi. (21)

ذَٰلِكَ بِأَنَّهُمْ كَانَتْ تَأْتِيهِمْ رُسُلُهُمْ بِالْبَيِّنَاتِ فَكَفَرُوا فَأَخَذَهُمُ اللَّهُ ۚ إِنَّهُ قَوِيٌّ شَدِيدُ الْعِقَابِ ٢٢ i

40:22

Bunday bo`lishining sababi shuki, ularga Payg`ambarlari aniq hujjatlar bilan kelar edilar, ular esa, kufr keltirdilar. Bas, Alloh ularni tutdi. Albatta, U kuchli va iqobi shiddatli Zotdir. (22)

وَلَقَدْ أَرْسَلْنَا مُوسَىٰ بِآيَاتِنَا وَسُلْطَانٍ مُبِينٍ ٢٣ i

40:23

Batahqiq, Biz Musoni O`z oyatlarimiz va ochiq hujjat ila yubordik: (23)

إِلَىٰ فِرْعَوْنَ وَهَامَانَ وَقَارُونَ فَقَالُوا سَاحِرٌ كَذَّابٌ ٢٤ i

40:24

Fir'avnga, Homonga va Qorunga. Bas, ular: «(Bu) sehrgar va kazzob», dedilar. (24)

فَلَمَّا جَاءَهُمْ بِالْحَقِّ مِنْ عِنْدِنَا قَالُوا اقْتُلُوا أَبْنَاءَ الَّذِينَ آمَنُوا مَعَهُ وَاسْتَحْيُوا نِسَاءَهُمْ ۚ وَمَا كَيْدُ الْكَافِرِينَ إِلَّا فِي ضَلَالٍ ٢٥ i

40:25

Muso ularga Bizning huzurimizdan haq ila kelgan chog`da, ular: «U bilan birga iymon keltirganlarning o`g`illarini qatl qilinglar, qizlarini tirik qoldiringlar», dedilar. Kofirlarning makr-hiylasi zalolatdan boshqa narsa emas. (25)

وَقَالَ فِرْعَوْنُ ذَرُونِي أَقْتُلْ مُوسَىٰ وَلْيَدْعُ رَبَّهُ ۖ إِنِّي أَخَافُ أَنْ يُبَدِّلَ دِينَكُمْ أَوْ أَنْ يُظْهِرَ فِي الْأَرْضِ الْفَسَادَ ٢٦ i

40:26

Fir'avn: «Meni qo`yinglar, Musoni o`ldiray. Mayli, Robbiga duo qilsin. Albatta, men uning diningizni almashtirishidan va yer yuzida fasod chiqarishidan qo`rqmoqdaman», dedi. (26)

وَقَالَ مُوسَىٰ إِنِّي عُذْتُ بِرَبِّي وَرَبِّكُمْ مِنْ كُلِّ مُتَكَبِّرٍ لَا يُؤْمِنُ بِيَوْمِ الْحِسَابِ ٢٧ i

40:27

Muso: «Albatta, men Robbim va Robbingiz bo`lgan Zotdan hisob kuniga iymon keltirmaydigan har bir mutakabbirdan panoh so`rayman», dedi. (27)

وَقَالَ رَجُلٌ مُؤْمِنٌ مِنْ آلِ فِرْعَوْنَ يَكْتُمُ إِيمَانَهُ أَتَقْتُلُونَ رَجُلًا أَنْ يَقُولَ رَبِّيَ اللَّهُ وَقَدْ جَاءَكُمْ بِالْبَيِّنَاتِ مِنْ رَبِّكُمْ ۖ وَإِنْ يَكُ كَاذِبًا فَعَلَيْهِ كَذِبُهُ ۖ وَإِنْ يَكُ صَادِقًا يُصِبْكُمْ بَعْضُ الَّذِي يَعِدُكُمْ ۖ إِنَّ اللَّهَ لَا يَهْدِي مَنْ هُوَ مُسْرِفٌ كَذَّابٌ ٢٨ i

40:28

Fir'avn ahlidan bo`lgan, iymonini berkitib yuradigan bir mo`min kishi: «Bir odamni, Alloh Robbimdir, degani uchun o`ldirasizlarmi?! Holbuki, u sizga Robbingizdan ochiq-oydin hujjatlar ila kelmishdir. Agar u yolg`onchi bo`lsa, yolg`oni o`ziga zarar. Agar rostgo`y bo`lsa, unda u va'da qilayotgan ba'zi musiybatlar sizga yetar. Albatta, Alloh isrofchi va kazzob bo`lgan shaxsni hidoyat qilmas. (28)

يَا قَوْمِ لَكُمُ الْمُلْكُ الْيَوْمَ ظَاهِرِينَ فِي الْأَرْضِ فَمَنْ يَنْصُرُنَا مِنْ بَأْسِ اللَّهِ إِنْ جَاءَنَا ۚ قَالَ فِرْعَوْنُ مَا أُرِيكُمْ إِلَّا مَا أَرَىٰ وَمَا أَهْدِيكُمْ إِلَّا سَبِيلَ الرَّشَادِ ٢٩ i

40:29

Ey qavmim, bugungi kunda mulk siznikidir. Yer yuzida yuzaga chiqib turibsizlar. Agar bizga Allohning azobi kelsa, unda bizga kim yordam berar?!» – dedi. Fir'avn: «Men sizga o`zim ko`rayotgan narsadan boshqani ko`rsatmasman va sizlarni to`g`ri yo`ldan boshqaga yo`llamasman», dedi. (29)

وَقَالَ الَّذِي آمَنَ يَا قَوْمِ إِنِّي أَخَافُ عَلَيْكُمْ مِثْلَ يَوْمِ الْأَحْزَابِ ٣٠ i

40:30

Iymon keltirgan kishi: «Ey qavmim, albatta, men sizga ham boshqa firqalar kuniga o`xshash kun... (30)

مِثْلَ دَأْبِ قَوْمِ نُوحٍ وَعَادٍ وَثَمُودَ وَالَّذِينَ مِنْ بَعْدِهِمْ ۚ وَمَا اللَّهُ يُرِيدُ ظُلْمًا لِلْعِبَادِ ٣١ i

40:31

Nuh qavmi, Od, Samud va ulardan keyingilar holiga o`xshash hol bo`lishidan qo`rqurman. Alloh bandalarga zulmni iroda qilmas. (31)

وَيَا قَوْمِ إِنِّي أَخَافُ عَلَيْكُمْ يَوْمَ التَّنَادِ ٣٢ i

40:32

Ey qavmim, albatta, men sizlarga nidolashuv kunidan qo`rqurman. (32)

يَوْمَ تُوَلُّونَ مُدْبِرِينَ مَا لَكُمْ مِنَ اللَّهِ مِنْ عَاصِمٍ ۗ وَمَنْ يُضْلِلِ اللَّهُ فَمَا لَهُ مِنْ هَادٍ ٣٣ i

40:33

U kunda ortga qarab qochursiz. Siz uchun Allohdan hech bir qutqarguvchi bo`lmas. Kimni Alloh zalolatga ketkazsa, bas, unga hech bir hidoyatchi bo`lmas. (33)

وَلَقَدْ جَاءَكُمْ يُوسُفُ مِنْ قَبْلُ بِالْبَيِّنَاتِ فَمَا زِلْتُمْ فِي شَكٍّ مِمَّا جَاءَكُمْ بِهِ ۖ حَتَّىٰ إِذَا هَلَكَ قُلْتُمْ لَنْ يَبْعَثَ اللَّهُ مِنْ بَعْدِهِ رَسُولًا ۚ كَذَٰلِكَ يُضِلُّ اللَّهُ مَنْ هُوَ مُسْرِفٌ مُرْتَابٌ ٣٤ i

40:34

Batahqiq, bundan oldin Yusuf ochiq-oydin hujjatlar ila keldi. Bas, siz u o`zingizga keltirgan narsaga shak keltirib, turib oldingiz. Nihoyat, u vafot etgan paytda: «Alloh undan keyin Payg`ambar yubormas», dedingiz. Alloh shunday qilib, isrofchi va shubhachi bo`lgan kimsani zalolatga ketkazdi. (34)

الَّذِينَ يُجَادِلُونَ فِي آيَاتِ اللَّهِ بِغَيْرِ سُلْطَانٍ أَتَاهُمْ ۖ كَبُرَ مَقْتًا عِنْدَ اللَّهِ وَعِنْدَ الَّذِينَ آمَنُوا ۚ كَذَٰلِكَ يَطْبَعُ اللَّهُ عَلَىٰ كُلِّ قَلْبِ مُتَكَبِّرٍ جَبَّارٍ ٣٥ i

40:35

Allohning oyatlari haqida o`zlariga kelgan hujjat-dalilsiz talashib-tortishadiganlar Alloh tomonidan ham, iymon keltirganlar tomonidan ham qattiq g`azabga qolurlar. Alloh shunday qilib, har bir mutakabbir va zo`ravon qalbni muhrlar», dedi. (35)

وَقَالَ فِرْعَوْنُ يَا هَامَانُ ابْنِ لِي صَرْحًا لَعَلِّي أَبْلُغُ الْأَسْبَابَ ٣٦ i

40:36

Fir'avn dedi: «Ey, Homon, menga bir baland qasr bino qil, shoyad, sabablarga yetsam. (36)

أَسْبَابَ السَّمَاوَاتِ فَأَطَّلِعَ إِلَىٰ إِلَٰهِ مُوسَىٰ وَإِنِّي لَأَظُنُّهُ كَاذِبًا ۚ وَكَذَٰلِكَ زُيِّنَ لِفِرْعَوْنَ سُوءُ عَمَلِهِ وَصُدَّ عَنِ السَّبِيلِ ۚ وَمَا كَيْدُ فِرْعَوْنَ إِلَّا فِي تَبَابٍ ٣٧ i

40:37

Osmonlarning sabablariga yetsam, so`ngra Musoning Ilohiga boqsam. Albatta, men uni yolg`onchi deb, gumon qilmoqdaman». Shunday qilib, Fir'avnga uning yomon amali ziynatlandi va u yo`ldan to`sildi. Fir'avnning makr-hiylasi ziyonkorlikdan boshqa narsa emas. (37)

وَقَالَ الَّذِي آمَنَ يَا قَوْمِ اتَّبِعُونِ أَهْدِكُمْ سَبِيلَ الرَّشَادِ ٣٨ i

40:38

Iymon keltirgan kishi: «Ey qavmim, menga ergashinglar, sizni to`g`ri yo`lga hidoyat qilurman. (38)

يَا قَوْمِ إِنَّمَا هَٰذِهِ الْحَيَاةُ الدُّنْيَا مَتَاعٌ وَإِنَّ الْآخِرَةَ هِيَ دَارُ الْقَرَارِ ٣٩ i

40:39

Ey qavmim, bu dunyo hayoti vaqtinchalik bir matoh, xolos. Albatta, oxirat, o`shaning o`zi barqarorlik diyoridir. (39)

مَنْ عَمِلَ سَيِّئَةً فَلَا يُجْزَىٰ إِلَّا مِثْلَهَا ۖ وَمَنْ عَمِلَ صَالِحًا مِنْ ذَكَرٍ أَوْ أُنْثَىٰ وَهُوَ مُؤْمِنٌ فَأُولَٰئِكَ يَدْخُلُونَ الْجَنَّةَ يُرْزَقُونَ فِيهَا بِغَيْرِ حِسَابٍ ٤٠ i

40:40

Kim biror yomonlik qilsa, faqat o`shanga yarasha jazo oladi, xolos. Erkakdir, ayoldir, har kim mo`min bo`lgan holida solih amal qilsa, bas, ana o`shalar jannatga kirurlar, u yerda hisobsiz rizqlanurlar. (40)

وَيَا قَوْمِ مَا لِي أَدْعُوكُمْ إِلَى النَّجَاةِ وَتَدْعُونَنِي إِلَى النَّارِ ٤١ i

40:41

Ey qavmim, nechun men sizni najotga chaqirsam, siz meni do`zaxga chaqirursiz?! (41)

تَدْعُونَنِي لِأَكْفُرَ بِاللَّهِ وَأُشْرِكَ بِهِ مَا لَيْسَ لِي بِهِ عِلْمٌ وَأَنَا أَدْعُوكُمْ إِلَى الْعَزِيزِ الْغَفَّارِ ٤٢ i

40:42

Siz meni Allohga kufr keltirishimga va o`zim bilmagan narsani Unga shirk keltirishimga chaqirmoqdasiz. Holbuki, men sizni aziyzu o`ta mag`firatli Zotga chaqirmoqdaman. (42)

لَا جَرَمَ أَنَّمَا تَدْعُونَنِي إِلَيْهِ لَيْسَ لَهُ دَعْوَةٌ فِي الدُّنْيَا وَلَا فِي الْآخِرَةِ وَأَنَّ مَرَدَّنَا إِلَى اللَّهِ وَأَنَّ الْمُسْرِفِينَ هُمْ أَصْحَابُ النَّارِ ٤٣ i

40:43

Hech shubha yo`qki, albatta, siz meni chaqirayotgan narsaning dunyoda ham, oxiratda ham da'vatga haqqi yo`qdir. Albatta, qaytib borarimiz Allohgadir. Albatta, isrofchilar, ayni o`shalar do`zax egalaridir. (43)

فَسَتَذْكُرُونَ مَا أَقُولُ لَكُمْ ۚ وَأُفَوِّضُ أَمْرِي إِلَى اللَّهِ ۚ إِنَّ اللَّهَ بَصِيرٌ بِالْعِبَادِ ٤٤ i

40:44

Hali, men sizga aytayotgan gaplarni eslaysizlar. Men ishimni Allohning O`ziga topshirdim. Albatta, Alloh bandalarini aniq ko`rib turguvchidir», dedi. (44)

فَوَقَاهُ اللَّهُ سَيِّئَاتِ مَا مَكَرُوا ۖ وَحَاقَ بِآلِ فِرْعَوْنَ سُوءُ الْعَذَابِ ٤٥ i

40:45

Bas, Alloh uni makrlari yomonliklaridan saqladi va Fir'avn ahlini yomon azob o`rab oldi. (45)

النَّارُ يُعْرَضُونَ عَلَيْهَا غُدُوًّا وَعَشِيًّا ۖ وَيَوْمَ تَقُومُ السَّاعَةُ أَدْخِلُوا آلَ فِرْعَوْنَ أَشَدَّ الْعَذَابِ ٤٦ i

40:46

U olovdir. Unga ertayu kech ko`ndalang qilinurlar. Soat (qiyomat) qoim bo`lganida esa: «Fir'avn ahlini eng ashaddiy azobga kiritinglar», deyilur. (46)

وَإِذْ يَتَحَاجُّونَ فِي النَّارِ فَيَقُولُ الضُّعَفَاءُ لِلَّذِينَ اسْتَكْبَرُوا إِنَّا كُنَّا لَكُمْ تَبَعًا فَهَلْ أَنْتُمْ مُغْنُونَ عَنَّا نَصِيبًا مِنَ النَّارِ ٤٧ i

40:47

O`shanda ular do`zaxda bir-birlari ila xusumat qilurlar. Bas, zaiflar mutakabbirlik qilganlarga: «Albatta, biz sizga ergashuvchi bo`lgan edik. Endi siz bizning do`zax nasibamizdan biror bo`lagini daf' qilasizlarmi?!» – derlar. (47)

قَالَ الَّذِينَ اسْتَكْبَرُوا إِنَّا كُلٌّ فِيهَا إِنَّ اللَّهَ قَدْ حَكَمَ بَيْنَ الْعِبَادِ ٤٨ i

40:48

Mutakabbirlik qilganlar: «Albatta hammamiz uning ichidamiz. Shubhasiz, Alloh bandalar orasida hukm chiqarib bo`ldi», derlar. (48)

وَقَالَ الَّذِينَ فِي النَّارِ لِخَزَنَةِ جَهَنَّمَ ادْعُوا رَبَّكُمْ يُخَفِّفْ عَنَّا يَوْمًا مِنَ الْعَذَابِ ٤٩ i

40:49

Do`zaxda turganlar jahannam qo`riqchilariga: «Robbingizga duo qilinglar, bizdan biror kun azobni yengillatsin», dedilar. (49)

قَالُوا أَوَلَمْ تَكُ تَأْتِيكُمْ رُسُلُكُمْ بِالْبَيِّنَاتِ ۖ قَالُوا بَلَىٰ ۚ قَالُوا فَادْعُوا ۗ وَمَا دُعَاءُ الْكَافِرِينَ إِلَّا فِي ضَلَالٍ ٥٠ i

40:50

Ular: «Sizga Payg`ambarlaringiz ochiq-oydin hujjatlar bilan kelmagan edilarmi?!» – dedilar. Bular: «Ha», deyishdi. Ular: «Bas, duo qilaveringlar. Kofirlarning duosi zalolatdan boshqa narsa emas», dedilar. (50)

إِنَّا لَنَنْصُرُ رُسُلَنَا وَالَّذِينَ آمَنُوا فِي الْحَيَاةِ الدُّنْيَا وَيَوْمَ يَقُومُ الْأَشْهَادُ ٥١ i

40:51

Albatta, Biz Payg`ambarlarimizga va iymon keltirganlarga bu dunyo hayotida va guvohlar turgan kunda ham nusrat berurmiz. (51)

يَوْمَ لَا يَنْفَعُ الظَّالِمِينَ مَعْذِرَتُهُمْ ۖ وَلَهُمُ اللَّعْنَةُ وَلَهُمْ سُوءُ الدَّارِ ٥٢ i

40:52

U kunda zolimlarga ma'ziratlari naf bermas. Ularga la'nat bo`lg`ay va ularga yomon hovli joy bo`lg`ay. (52)

وَلَقَدْ آتَيْنَا مُوسَى الْهُدَىٰ وَأَوْرَثْنَا بَنِي إِسْرَائِيلَ الْكِتَابَ ٥٣ i

40:53

Batahqiq, Biz Musoga hidoyatni berdik va Bani Isroilni Kitobga voris qildik. (53)

فَاصْبِرْ إِنَّ وَعْدَ اللَّهِ حَقٌّ وَاسْتَغْفِرْ لِذَنْبِكَ وَسَبِّحْ بِحَمْدِ رَبِّكَ بِالْعَشِيِّ وَالْإِبْكَارِ ٥٥ i

40:55

Bas, sabr qil. Albatta, Allohning va'dasi haqdir. Gunohing uchun istig`for ayt. Ertayu kech Robbingga hamd ila tasbih ayt. (55)

إِنَّ الَّذِينَ يُجَادِلُونَ فِي آيَاتِ اللَّهِ بِغَيْرِ سُلْطَانٍ أَتَاهُمْ ۙ إِنْ فِي صُدُورِهِمْ إِلَّا كِبْرٌ مَا هُمْ بِبَالِغِيهِ ۚ فَاسْتَعِذْ بِاللَّهِ ۖ إِنَّهُ هُوَ السَّمِيعُ الْبَصِيرُ ٥٦ i

40:56

Albatta, Allohning oyatlari haqida o`zlariga kelgan hujjatsiz talashib-tortishadiganlarning dillarida kibrdan o`zga narsa yo`q. Ular unga yetishguvchi emaslar. Bas, Allohdan panoh so`ra. Albatta, Uning O`zi o`ta eshitguvchi, o`ta ko`rguvchi Zotdir. (56)

لَخَلْقُ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ أَكْبَرُ مِنْ خَلْقِ النَّاسِ وَلَٰكِنَّ أَكْثَرَ النَّاسِ لَا يَعْلَمُونَ ٥٧ i

40:57

Albatta, osmonlaru yerni yaratish odamlarni yaratishdan kattaroqdir. Lekin odamlarning ko`plari bilmaslar. (57)

وَمَا يَسْتَوِي الْأَعْمَىٰ وَالْبَصِيرُ وَالَّذِينَ آمَنُوا وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ وَلَا الْمُسِيءُ ۚ قَلِيلًا مَا تَتَذَكَّرُونَ ٥٨ i

40:58

Ko`r bilan ko`ruvchi barobar bo`lmas. Iymon keltirib, solih amallar qilganlar bilan yomonlik qilguvchi ham. Juda ham kam eslaysizlar. (58)

إِنَّ السَّاعَةَ لَآتِيَةٌ لَا رَيْبَ فِيهَا وَلَٰكِنَّ أَكْثَرَ النَّاسِ لَا يُؤْمِنُونَ ٥٩ i

40:59

Albatta, soat (qiyomat)kelguvchidir. Unda shubha yo`q. Lekin odamlarning ko`plari iymon keltirmaslar. (59)

وَقَالَ رَبُّكُمُ ادْعُونِي أَسْتَجِبْ لَكُمْ ۚ إِنَّ الَّذِينَ يَسْتَكْبِرُونَ عَنْ عِبَادَتِي سَيَدْخُلُونَ جَهَنَّمَ دَاخِرِينَ ٦٠ i

40:60

Robbingiz: «Menga duo qiling, sizga ijobat qilurman. Albatta, Mening ibodatimdan kibr qilganlar jahannamga xoru zor hollarida kirurlar», dedi. (60)

اللَّهُ الَّذِي جَعَلَ لَكُمُ اللَّيْلَ لِتَسْكُنُوا فِيهِ وَالنَّهَارَ مُبْصِرًا ۚ إِنَّ اللَّهَ لَذُو فَضْلٍ عَلَى النَّاسِ وَلَٰكِنَّ أَكْثَرَ النَّاسِ لَا يَشْكُرُونَ ٦١ i

40:61

Alloh sizga sukunat topishingiz uchun kechani, ko`rsatuvchi etib kunduzni qilib bergan Zotdir. Albatta, Alloh odamlarga nisbatan fazlu karam sohibidir. Lekin odamlarning ko`plari bilmaslar. (61)

ذَٰلِكُمُ اللَّهُ رَبُّكُمْ خَالِقُ كُلِّ شَيْءٍ لَا إِلَٰهَ إِلَّا هُوَ ۖ فَأَنَّىٰ تُؤْفَكُونَ ٦٢ i

40:62

Ana o`sha Alloh Robbingizdir. U har bir narsaning yaratguvchisidir. Undan o`zga ibodatga sazovor zot yo`q. Bas, qayoqqa burilib ketmoqdasiz?! (62)

كَذَٰلِكَ يُؤْفَكُ الَّذِينَ كَانُوا بِآيَاتِ اللَّهِ يَجْحَدُونَ ٦٣ i

40:63

Allohning oyatlarini inkor qiladiganlar ana shunday burilib keturlar. (63)

اللَّهُ الَّذِي جَعَلَ لَكُمُ الْأَرْضَ قَرَارًا وَالسَّمَاءَ بِنَاءً وَصَوَّرَكُمْ فَأَحْسَنَ صُوَرَكُمْ وَرَزَقَكُمْ مِنَ الطَّيِّبَاتِ ۚ ذَٰلِكُمُ اللَّهُ رَبُّكُمْ ۖ فَتَبَارَكَ اللَّهُ رَبُّ الْعَالَمِينَ ٦٤ i

40:64

Alloh sizga yerni qarorgoh, osmonni tom qilgan va sizlarning suvratlaringizni go`zal suvratda qilgan, sizlarga pok narsalardan rizq bergan Zotdir. Ana o`sha Alloh Robbingizdir. Bas, olamlarning Robbi Alloh barakotli (yuksak) bo`ldi. (64)

هُوَ الْحَيُّ لَا إِلَٰهَ إِلَّا هُوَ فَادْعُوهُ مُخْلِصِينَ لَهُ الدِّينَ ۗ الْحَمْدُ لِلَّهِ رَبِّ الْعَالَمِينَ ٦٥ i

40:65

U zot tirikdir. Undan o`zga ibodatga sazovor zot yo`q. Bas, Unga dinni xolis qilgan holda duo qiling. Olamlarning Robbi Allohga hamdlar bo`lsin. (65)

قُلْ إِنِّي نُهِيتُ أَنْ أَعْبُدَ الَّذِينَ تَدْعُونَ مِنْ دُونِ اللَّهِ لَمَّا جَاءَنِيَ الْبَيِّنَاتُ مِنْ رَبِّي وَأُمِرْتُ أَنْ أُسْلِمَ لِرَبِّ الْعَالَمِينَ ٦٦ i

40:66

Sen: «Albatta, men o`zimga Robbimdan ochiq-oydin hujjatlar kelgan paytda siz iltijo etayotgan narsalarga ibodat qilishdan qaytarilganman va olamlarning Robbiga taslim bo`lishga amr etildim», deb ayt. (66)

هُوَ الَّذِي خَلَقَكُمْ مِنْ تُرَابٍ ثُمَّ مِنْ نُطْفَةٍ ثُمَّ مِنْ عَلَقَةٍ ثُمَّ يُخْرِجُكُمْ طِفْلًا ثُمَّ لِتَبْلُغُوا أَشُدَّكُمْ ثُمَّ لِتَكُونُوا شُيُوخًا ۚ وَمِنْكُمْ مَنْ يُتَوَفَّىٰ مِنْ قَبْلُ ۖ وَلِتَبْلُغُوا أَجَلًا مُسَمًّى وَلَعَلَّكُمْ تَعْقِلُونَ ٦٧ i

40:67

U sizni tuproqdan, so`ngra nutfadan, so`ngra (yopishqoq) laxta qondan yaratgan Zotdir. So`ngra U sizni buvak holingizda chiqarur. So`ngra kamolga yetishingiz uchun, so`ngra qari bo`lishingiz uchun (ulg`aytirur). Sizning ichingizda undan oldin vafot etadiganlar ham bo`lur. (Bular) belgilangan ajalga yetishingiz uchundir. Shoyadki, aql yuritsangiz. (67)

هُوَ الَّذِي يُحْيِي وَيُمِيتُ ۖ فَإِذَا قَضَىٰ أَمْرًا فَإِنَّمَا يَقُولُ لَهُ كُنْ فَيَكُونُ ٦٨ i

40:68

U zot tiriltirur va o`ldirur. Qachonki biror ishni xohlasa, «Bo`l!» der va u bo`lur. (68)

أَلَمْ تَرَ إِلَى الَّذِينَ يُجَادِلُونَ فِي آيَاتِ اللَّهِ أَنَّىٰ يُصْرَفُونَ ٦٩ i

40:69

Allohning oyatlari haqida talashib-tortishadiganlarni ko`rmaysanmi?! Qayoqqa burilib ketmoqdalar?! (69)

الَّذِينَ كَذَّبُوا بِالْكِتَابِ وَبِمَا أَرْسَلْنَا بِهِ رُسُلَنَا ۖ فَسَوْفَ يَعْلَمُونَ ٧٠ i

40:70

Kitobni va Biz Payg`ambarlarimiz ila yuborgan narsani yolg`onga chiqarganlar tezda bilurlar. (70)

إِذِ الْأَغْلَالُ فِي أَعْنَاقِهِمْ وَالسَّلَاسِلُ يُسْحَبُونَ ٧١ i

40:71

O`shanda ular bo`yinlarida kishanlar va zanjirlar ila tortilurlar. (71)

ثُمَّ قِيلَ لَهُمْ أَيْنَ مَا كُنْتُمْ تُشْرِكُونَ ٧٣ i

40:73

So`ngra ularga: «Shirk keltirib yurgan narsalaringiz qani. (73)

مِنْ دُونِ اللَّهِ ۖ قَالُوا ضَلُّوا عَنَّا بَلْ لَمْ نَكُنْ نَدْعُو مِنْ قَبْلُ شَيْئًا ۚ كَذَٰلِكَ يُضِلُّ اللَّهُ الْكَافِرِينَ ٧٤ i

40:74

Allohdan o`zga?!» – deyildi. Ular: «Bizdan yo`qolib qoldilar. Yo`q. Oldin hech narsaga iltijo qilmagan edik», dedilar. Alloh kofirlarni shunday qilib zalolatga ketkazur. (74)

ذَٰلِكُمْ بِمَا كُنْتُمْ تَفْرَحُونَ فِي الْأَرْضِ بِغَيْرِ الْحَقِّ وَبِمَا كُنْتُمْ تَمْرَحُونَ ٧٥ i

40:75

Mana shular yer yuzida nohaqdan shodlanib yurganingiz va kibru havoga berilib yurganingiz uchundir. (75)

ادْخُلُوا أَبْوَابَ جَهَنَّمَ خَالِدِينَ فِيهَا ۖ فَبِئْسَ مَثْوَى الْمُتَكَبِّرِينَ ٧٦ i

40:76

Jahannam eshiklaridan unda abadiy qolguvchi bo`lgan holingizda kiringlar. Mutakabbirlarning joyi naqadar yomon! (76)

فَاصْبِرْ إِنَّ وَعْدَ اللَّهِ حَقٌّ ۚ فَإِمَّا نُرِيَنَّكَ بَعْضَ الَّذِي نَعِدُهُمْ أَوْ نَتَوَفَّيَنَّكَ فَإِلَيْنَا يُرْجَعُونَ ٧٧ i

40:77

Bas, sabr qil. Albatta, Allohning va'dasi haqdir. Endi Biz yoki senga ularga va'da qilgan narsalarimizning ba'zilarini ko`rsaturmiz yoki seni vafot ettirurmiz. Bas, Bizgagina qaytarilurlar. (77)

وَلَقَدْ أَرْسَلْنَا رُسُلًا مِنْ قَبْلِكَ مِنْهُمْ مَنْ قَصَصْنَا عَلَيْكَ وَمِنْهُمْ مَنْ لَمْ نَقْصُصْ عَلَيْكَ ۗ وَمَا كَانَ لِرَسُولٍ أَنْ يَأْتِيَ بِآيَةٍ إِلَّا بِإِذْنِ اللَّهِ ۚ فَإِذَا جَاءَ أَمْرُ اللَّهِ قُضِيَ بِالْحَقِّ وَخَسِرَ هُنَالِكَ الْمُبْطِلُونَ ٧٨ i

40:78

Batahqiq, Biz sendan oldin ham Payg`ambarlar yuborganmiz. Ulardan kimningdir qissasini senga aytdik va ulardan kimningdir qissasini senga aytmadik. Hech Payg`ambar Allohning iznisiz oyat (mo`'jiza) keltirgan emas. Bas, qachonki Allohning amri kelganida, haq ila hukm chiqarilur va o`shanda botil ish qilib yurguvchilar ziyon torturlar. (78)

اللَّهُ الَّذِي جَعَلَ لَكُمُ الْأَنْعَامَ لِتَرْكَبُوا مِنْهَا وَمِنْهَا تَأْكُلُونَ ٧٩ i

40:79

Alloh sizlarga chorva hayvonlarini ulardan ba'zilarini minishingiz uchun yaratdi. Ulardan ba'zilarini yersizlar. (79)

وَلَكُمْ فِيهَا مَنَافِعُ وَلِتَبْلُغُوا عَلَيْهَا حَاجَةً فِي صُدُورِكُمْ وَعَلَيْهَا وَعَلَى الْفُلْكِ تُحْمَلُونَ ٨٠ i

40:80

Siz uchun ularda manfaatlar bor. Va ular ustida dillaringizdagi hojatlarga yetishishingiz uchundir. Ularda va kemalarda tashilursiz. (80)

وَيُرِيكُمْ آيَاتِهِ فَأَيَّ آيَاتِ اللَّهِ تُنْكِرُونَ ٨١ i

40:81

Va U zot sizlarga O`z oyat(belgi)larini ko`rsatur. Bas, Allohning qaysi oyat(belgi)larini inkor qilursizlar?! (81)

أَفَلَمْ يَسِيرُوا فِي الْأَرْضِ فَيَنْظُرُوا كَيْفَ كَانَ عَاقِبَةُ الَّذِينَ مِنْ قَبْلِهِمْ ۚ كَانُوا أَكْثَرَ مِنْهُمْ وَأَشَدَّ قُوَّةً وَآثَارًا فِي الْأَرْضِ فَمَا أَغْنَىٰ عَنْهُمْ مَا كَانُوا يَكْسِبُونَ ٨٢ i

40:82

Axir, ular yer yuzida yurib, o`zlaridan oldingilarning oqibati qanday bo`lganiga nazar solmaydilarmi?! Holbuki, o`shalar bulardan ko`ra quvvatliroq va yer yuzida asarlari ko`proq bo`lgan edilar. Bas, ularga kasb qilgan narsalari asqotmadi. (82)

فَلَمَّا جَاءَتْهُمْ رُسُلُهُمْ بِالْبَيِّنَاتِ فَرِحُوا بِمَا عِنْدَهُمْ مِنَ الْعِلْمِ وَحَاقَ بِهِمْ مَا كَانُوا بِهِ يَسْتَهْزِئُونَ ٨٣ i

40:83

Qachonki ularga Payg`ambarlari ochiq-oydin hujjatlar bilan kelganlarida, ular o`zlaridagi ilm bilan maqtandilar. Va ularni o`zlari istehzo qilgan narsa o`rab oldi. (83)

فَلَمَّا رَأَوْا بَأْسَنَا قَالُوا آمَنَّا بِاللَّهِ وَحْدَهُ وَكَفَرْنَا بِمَا كُنَّا بِهِ مُشْرِكِينَ ٨٤ i

40:84

Qachonki azobimizni ko`rganlarida: «Biz Allohning yolg`iz O`ziga iymon keltirdik va Unga sherik qilgan narsalarimizga kufr keltirdik», dedilar. (84)

فَلَمْ يَكُ يَنْفَعُهُمْ إِيمَانُهُمْ لَمَّا رَأَوْا بَأْسَنَا ۖ سُنَّتَ اللَّهِ الَّتِي قَدْ خَلَتْ فِي عِبَادِهِ ۖ وَخَسِرَ هُنَالِكَ الْكَافِرُونَ ٨٥ i

40:85

Bizning azobimizni ko`rganlaridagi iymonlari ularga manfaat bera olmas edi. Allohning bandalariga joriy bo`lib kelgan sunnati shu. Ana o`shanda kofirlar ziyon ko`rdilar. (85)