Sura Qasas (Qissalar) — سُورَةُ القصص

Qasas surasi — Qur’onning yigirma sakkizinchi surasi bo‘lib, unda Muso payg‘ambar (alayhissalom)ning hayoti hamda Fir’avnning halokati bayon qilinadi.

Sura Qasas (Qissalar) — سُورَةُ القصص

Shuningdek quyidagicha tanilgan: Mūsā (Muso), Ṭāʾ Sīn Mīm (To Sin Mim)

نَتْلُو عَلَيْكَ مِنْ نَبَإِ مُوسَىٰ وَفِرْعَوْنَ بِالْحَقِّ لِقَوْمٍ يُؤْمِنُونَ ٣ i

28:3

Iymon keltiradigan qavm uchun senga Muso va Fir'avnning xabaridan haq ila tilovat qilib beramiz. (3)

إِنَّ فِرْعَوْنَ عَلَا فِي الْأَرْضِ وَجَعَلَ أَهْلَهَا شِيَعًا يَسْتَضْعِفُ طَائِفَةً مِنْهُمْ يُذَبِّحُ أَبْنَاءَهُمْ وَيَسْتَحْيِي نِسَاءَهُمْ ۚ إِنَّهُ كَانَ مِنَ الْمُفْسِدِينَ ٤ i

28:4

Albatta, Fir'avn yer yuzida baland ketdi. U o`sha(er)ning aholisini bo`lib tashladi. Ulardan bir toifasini ezar, o`g`illarini so`yib, qizlarini tirik qoldirardi. Albatta, u buzg`unchilardan bo`lgan edi. (4)

وَنُرِيدُ أَنْ نَمُنَّ عَلَى الَّذِينَ اسْتُضْعِفُوا فِي الْأَرْضِ وَنَجْعَلَهُمْ أَئِمَّةً وَنَجْعَلَهُمُ الْوَارِثِينَ ٥ i

28:5

Biz esa, yer yuzida ezilganlarga beminnat ne'mat berishni, ularni peshvo qilishni, ularni vorislar qilishni va yer yuzida ularga imkonlar berishni (5)

وَنُمَكِّنَ لَهُمْ فِي الْأَرْضِ وَنُرِيَ فِرْعَوْنَ وَهَامَانَ وَجُنُودَهُمَا مِنْهُمْ مَا كَانُوا يَحْذَرُونَ ٦ i

28:6

Fir'avn, Homon va ikkovining askarlariga ular(Bani Isroil)dan qo`rqqan narsalarini ko`rsatishni istaymiz. (6)

وَأَوْحَيْنَا إِلَىٰ أُمِّ مُوسَىٰ أَنْ أَرْضِعِيهِ ۖ فَإِذَا خِفْتِ عَلَيْهِ فَأَلْقِيهِ فِي الْيَمِّ وَلَا تَخَافِي وَلَا تَحْزَنِي ۖ إِنَّا رَادُّوهُ إِلَيْكِ وَجَاعِلُوهُ مِنَ الْمُرْسَلِينَ ٧ i

28:7

Va Musoning onasiga: «Uni emizaver. Bas, (unga yomonlik yetishidan) qo`rqqan chog`ingda uni daryoga tashla, qo`rqma, xafa bo`lma, Biz, albatta, uni senga qaytarguvchimiz va Payg`ambarlardan qilguvchimiz», deb vahiy qildik. (7)

فَالْتَقَطَهُ آلُ فِرْعَوْنَ لِيَكُونَ لَهُمْ عَدُوًّا وَحَزَنًا ۗ إِنَّ فِرْعَوْنَ وَهَامَانَ وَجُنُودَهُمَا كَانُوا خَاطِئِينَ ٨ i

28:8

Bas, Fir'avn oilasi uni o`zlariga dushman va g`am-g`ussa bo`lishi uchun tutib oldilar. Albatta, Fir'avn, Homon va ikkovlarining askarlari xatokorlardan bo`lgan edilar. (8)

وَقَالَتِ امْرَأَتُ فِرْعَوْنَ قُرَّتُ عَيْنٍ لِي وَلَكَ ۖ لَا تَقْتُلُوهُ عَسَىٰ أَنْ يَنْفَعَنَا أَوْ نَتَّخِذَهُ وَلَدًا وَهُمْ لَا يَشْعُرُونَ ٩ i

28:9

Fir'avnning xotini: «(Bu bola) men uchun ham, sen uchun ham ko`z quvonchidir. Uni o`ldirmanglar. Shoyadki, u bizga foyda bersa yoki uni bola qilib olsak», dedi. Holbuki, ular sezmasdilar. (9)

وَأَصْبَحَ فُؤَادُ أُمِّ مُوسَىٰ فَارِغًا ۖ إِنْ كَادَتْ لَتُبْدِي بِهِ لَوْلَا أَنْ رَبَطْنَا عَلَىٰ قَلْبِهَا لِتَكُونَ مِنَ الْمُؤْمِنِينَ ١٠ i

28:10

Musoning onasining qalbi bo`shab qoldi. Mo`minlardan bo`lishi uchun qalbini mustahkam bog`lamaganimizda, uni bildirib qo`yishiga sal qoldi. (10)

وَقَالَتْ لِأُخْتِهِ قُصِّيهِ ۖ فَبَصُرَتْ بِهِ عَنْ جُنُبٍ وَهُمْ لَا يَشْعُرُونَ ١١ i

28:11

U(ona) u(Muso)ning opasiga: «Izidan bor», dedi. Bas, uni bir chetdan ko`rdi. Holbuki, ular sezmasdilar. (11)

وَحَرَّمْنَا عَلَيْهِ الْمَرَاضِعَ مِنْ قَبْلُ فَقَالَتْ هَلْ أَدُلُّكُمْ عَلَىٰ أَهْلِ بَيْتٍ يَكْفُلُونَهُ لَكُمْ وَهُمْ لَهُ نَاصِحُونَ ١٢ i

28:12

Va bundan oldin unga emizguvchilarni harom qilgan edik. Bas, (opasi): «Men sizlarga uni siz uchun kafillikka oladigan va unga nasihatgo`y bo`lguvchi ahli baytni aytib beraymi?» dedi. (12)

فَرَدَدْنَاهُ إِلَىٰ أُمِّهِ كَيْ تَقَرَّ عَيْنُهَا وَلَا تَحْزَنَ وَلِتَعْلَمَ أَنَّ وَعْدَ اللَّهِ حَقٌّ وَلَٰكِنَّ أَكْثَرَهُمْ لَا يَعْلَمُونَ ١٣ i

28:13

Bas, Biz uni onasiga ko`zi quvonchga to`lishi, xafa bo`lmasligi va, albatta, Allohning va'dasi haq ekanini bilishi uchun qaytardik. Lekin ko`plari buni bilmaslar. (13)

وَلَمَّا بَلَغَ أَشُدَّهُ وَاسْتَوَىٰ آتَيْنَاهُ حُكْمًا وَعِلْمًا ۚ وَكَذَٰلِكَ نَجْزِي الْمُحْسِنِينَ ١٤ i

28:14

Qachonki u voyaga yetib, mukammal bo`lganida, unga hikmat va ilmni berdik. Biz yaxshi amal qilguvchilarni shunday mukofotlarmiz. (14)

وَدَخَلَ الْمَدِينَةَ عَلَىٰ حِينِ غَفْلَةٍ مِنْ أَهْلِهَا فَوَجَدَ فِيهَا رَجُلَيْنِ يَقْتَتِلَانِ هَٰذَا مِنْ شِيعَتِهِ وَهَٰذَا مِنْ عَدُوِّهِ ۖ فَاسْتَغَاثَهُ الَّذِي مِنْ شِيعَتِهِ عَلَى الَّذِي مِنْ عَدُوِّهِ فَوَكَزَهُ مُوسَىٰ فَقَضَىٰ عَلَيْهِ ۖ قَالَ هَٰذَا مِنْ عَمَلِ الشَّيْطَانِ ۖ إِنَّهُ عَدُوٌّ مُضِلٌّ مُبِينٌ ١٥ i

28:15

Va u shaharga uning aholisi g`aflatdalik paytda kirdi. Unda urishayotgan ikki kishini ko`rdi. Bunisi o`z guruhidan, unisi esa, dushmanlaridan edi. Bas, o`z guruhidan bo`lgan dushman bo`lganga qarshi undan yordam so`radi. Shunda Muso uni bir musht urib o`ldirib qo`ydi. U(Muso): «Bu shaytonning ishidir. Albatta, u ochiq-oydin dushman va yo`ldan ozdirguvchidir», dedi. (15)

قَالَ رَبِّ إِنِّي ظَلَمْتُ نَفْسِي فَاغْفِرْ لِي فَغَفَرَ لَهُ ۚ إِنَّهُ هُوَ الْغَفُورُ الرَّحِيمُ ١٦ i

28:16

U: «Ey Robbim, albatta, men o`zimga zulm qildim. Bas, meni mag`firat qil», dedi. Shunda U zot uni mag`firat qildi. Albatta, Uning O`zi mag`firat qilguvchi, mehribondir. (16)

قَالَ رَبِّ بِمَا أَنْعَمْتَ عَلَيَّ فَلَنْ أَكُونَ ظَهِيرًا لِلْمُجْرِمِينَ ١٧ i

28:17

U: «Ey Robbim, menga bergan ne'mating haqqi-hurmati, hargiz, jinoyatchilarga yordamchi bo`lmasman», dedi. (17)

فَأَصْبَحَ فِي الْمَدِينَةِ خَائِفًا يَتَرَقَّبُ فَإِذَا الَّذِي اسْتَنْصَرَهُ بِالْأَمْسِ يَسْتَصْرِخُهُ ۚ قَالَ لَهُ مُوسَىٰ إِنَّكَ لَغَوِيٌّ مُبِينٌ ١٨ i

28:18

Bas, u ertalab shaharda qo`rqqan holida, alanglab ketayotgan edi, birdan, kecha undan yordam so`ragan yana yordam so`rab qichqirib qoldi. Muso unga: «Albatta, sen ochiq-oydin gumrohsan», dedi. (18)

فَلَمَّا أَنْ أَرَادَ أَنْ يَبْطِشَ بِالَّذِي هُوَ عَدُوٌّ لَهُمَا قَالَ يَا مُوسَىٰ أَتُرِيدُ أَنْ تَقْتُلَنِي كَمَا قَتَلْتَ نَفْسًا بِالْأَمْسِ ۖ إِنْ تُرِيدُ إِلَّا أَنْ تَكُونَ جَبَّارًا فِي الْأَرْضِ وَمَا تُرِيدُ أَنْ تَكُونَ مِنَ الْمُصْلِحِينَ ١٩ i

28:19

Qachonki ikkovlariga dushman bo`lganni tutmoqchi bo`lgan edi, u: «Ey Muso, kecha bir jonni o`ldirganing kabi, meni o`ldirmoqchimisan?! Sen yer yuzida faqat jabbor bo`lishni istarsan va isloh qilguvchilardan bo`lishni istamassan», dedi. (19)

وَجَاءَ رَجُلٌ مِنْ أَقْصَى الْمَدِينَةِ يَسْعَىٰ قَالَ يَا مُوسَىٰ إِنَّ الْمَلَأَ يَأْتَمِرُونَ بِكَ لِيَقْتُلُوكَ فَاخْرُجْ إِنِّي لَكَ مِنَ النَّاصِحِينَ ٢٠ i

28:20

Va shaharning narigi chetidan bir kishi shoshib kelib: «Ey Muso, aniqki, a'yonlar seni o`ldirish uchun til biriktirmoqdalar. Bas, chiqib ket! Albatta, men senga nasihat qilguvchilardanman», dedi. (20)

فَخَرَجَ مِنْهَا خَائِفًا يَتَرَقَّبُ ۖ قَالَ رَبِّ نَجِّنِي مِنَ الْقَوْمِ الظَّالِمِينَ ٢١ i

28:21

Bas, xavfsirab, alanglagan holda u yerdan: «Ey Robbim, menga zolim qavmlardan najot bergin», deb chiqdi. (21)

وَلَمَّا تَوَجَّهَ تِلْقَاءَ مَدْيَنَ قَالَ عَسَىٰ رَبِّي أَنْ يَهْدِيَنِي سَوَاءَ السَّبِيلِ ٢٢ i

28:22

Qachonki Madyan tomon yuzlanganida: «Shoyadki, Robbim meni to`g`ri yo`lga hidoyat qilsa», dedi. (22)

وَلَمَّا وَرَدَ مَاءَ مَدْيَنَ وَجَدَ عَلَيْهِ أُمَّةً مِنَ النَّاسِ يَسْقُونَ وَوَجَدَ مِنْ دُونِهِمُ امْرَأَتَيْنِ تَذُودَانِ ۖ قَالَ مَا خَطْبُكُمَا ۖ قَالَتَا لَا نَسْقِي حَتَّىٰ يُصْدِرَ الرِّعَاءُ ۖ وَأَبُونَا شَيْخٌ كَبِيرٌ ٢٣ i

28:23

Qachonki Madyan suviga yetib kelgach, bir to`p odamlarning hayvonlarini sug`orayotganini ko`rdi va ulardan boshqa (qo`ylarini suvdan) qaytarayotgan ikki ayolni ko`rdi. U: «Sizlarga ne bo`ldi?» dedi. Ular: «Cho`ponlar qaytmagunlaricha sug`ora olmaymiz, otamiz qari chol», dedilar. (23)

فَسَقَىٰ لَهُمَا ثُمَّ تَوَلَّىٰ إِلَى الظِّلِّ فَقَالَ رَبِّ إِنِّي لِمَا أَنْزَلْتَ إِلَيَّ مِنْ خَيْرٍ فَقِيرٌ ٢٤ i

28:24

Bas, ikkovlariga (hayvonlarini) sug`orib berdi. So`ngra soyaga qaytdi va «Ey Robbim, albatta, menga tushirajaging har bir yaxshilikka muhtojman», dedi. (24)

فَجَاءَتْهُ إِحْدَاهُمَا تَمْشِي عَلَى اسْتِحْيَاءٍ قَالَتْ إِنَّ أَبِي يَدْعُوكَ لِيَجْزِيَكَ أَجْرَ مَا سَقَيْتَ لَنَا ۚ فَلَمَّا جَاءَهُ وَقَصَّ عَلَيْهِ الْقَصَصَ قَالَ لَا تَخَفْ ۖ نَجَوْتَ مِنَ الْقَوْمِ الظَّالِمِينَ ٢٥ i

28:25

Bas, ikkovlaridan biri hayo bilan yurib kelib: «Otam senga bizlarga sug`orib berganing haqini berish uchun chaqirmoqda», dedi. Qachonki unga kelganida va qissani aytib berganida, u: «Qo`rqma, zolim qavmlardan najot topding», dedi. (25)

قَالَتْ إِحْدَاهُمَا يَا أَبَتِ اسْتَأْجِرْهُ ۖ إِنَّ خَيْرَ مَنِ اسْتَأْجَرْتَ الْقَوِيُّ الْأَمِينُ ٢٦ i

28:26

Ikki(qiz)dan biri: «Ey otajon, uni ishga yollab ol. Chunki, ishga yollanadigan eng yaxshi kimsa kuchli va ishonchli kimsadir», dedi. (26)

قَالَ إِنِّي أُرِيدُ أَنْ أُنْكِحَكَ إِحْدَى ابْنَتَيَّ هَاتَيْنِ عَلَىٰ أَنْ تَأْجُرَنِي ثَمَانِيَ حِجَجٍ ۖ فَإِنْ أَتْمَمْتَ عَشْرًا فَمِنْ عِنْدِكَ ۖ وَمَا أُرِيدُ أَنْ أَشُقَّ عَلَيْكَ ۚ سَتَجِدُنِي إِنْ شَاءَ اللَّهُ مِنَ الصَّالِحِينَ ٢٧ i

28:27

U: «Menga sakkiz yil ishlab berishing sharti bilan, shu ikki qizimdan birini senga nikohlab bermoqchiman, agar o`n yilni tamomlasang, bu sening ishing. Men esa senga mashaqqat qilishni istamasman. Inshoalloh, mening solih kishilardan ekanimni ko`rasan», dedi. (27)

قَالَ ذَٰلِكَ بَيْنِي وَبَيْنَكَ ۖ أَيَّمَا الْأَجَلَيْنِ قَضَيْتُ فَلَا عُدْوَانَ عَلَيَّ ۖ وَاللَّهُ عَلَىٰ مَا نَقُولُ وَكِيلٌ ٢٨ i

28:28

U(Muso): «Bu men bilan sening oramizdadir. Ikki muddatdan qay birini ado qilsam ham, menga tajovuz qilinmas. Aytayotgan narsamizga Alloh vakildir», dedi. (28)

فَلَمَّا قَضَىٰ مُوسَى الْأَجَلَ وَسَارَ بِأَهْلِهِ آنَسَ مِنْ جَانِبِ الطُّورِ نَارًا قَالَ لِأَهْلِهِ امْكُثُوا إِنِّي آنَسْتُ نَارًا لَعَلِّي آتِيكُمْ مِنْهَا بِخَبَرٍ أَوْ جَذْوَةٍ مِنَ النَّارِ لَعَلَّكُمْ تَصْطَلُونَ ٢٩ i

28:29

Muso muddatni tugatib, ahli bilan yo`lga tushib ketayotib, Tur tomonda uzoqdan olovni ko`rib qoldi. U ahliga: «Turib turinglar, aniqki, men uzoqdan olovni ko`rdim. Balki, u yerdan sizga biror xabar yoki isinishingiz uchun bir tutam cho`g` olib kelarman», dedi. (29)

فَلَمَّا أَتَاهَا نُودِيَ مِنْ شَاطِئِ الْوَادِ الْأَيْمَنِ فِي الْبُقْعَةِ الْمُبَارَكَةِ مِنَ الشَّجَرَةِ أَنْ يَا مُوسَىٰ إِنِّي أَنَا اللَّهُ رَبُّ الْعَالَمِينَ ٣٠ i

28:30

Bas, qachonki uning oldiga yetib kelganida, vodiyning o`ng tomonidan, muborak joydan, daraxtdan unga: «Ey Muso, albatta, Men, O`zim olamlarning Robbi Allohdirman. (30)

وَأَنْ أَلْقِ عَصَاكَ ۖ فَلَمَّا رَآهَا تَهْتَزُّ كَأَنَّهَا جَانٌّ وَلَّىٰ مُدْبِرًا وَلَمْ يُعَقِّبْ ۚ يَا مُوسَىٰ أَقْبِلْ وَلَا تَخَفْ ۖ إِنَّكَ مِنَ الْآمِنِينَ ٣١ i

28:31

Va asoingni tashla», deb nido qilindi. Qachonki uning katta ilon kabi qimirlayotganini ko`rgach, qaramasdan ortga qochdi. «Ey Muso, beri kel, qo`rqma, albatta, sen omonlikdagilardansan. (31)

اسْلُكْ يَدَكَ فِي جَيْبِكَ تَخْرُجْ بَيْضَاءَ مِنْ غَيْرِ سُوءٍ وَاضْمُمْ إِلَيْكَ جَنَاحَكَ مِنَ الرَّهْبِ ۖ فَذَانِكَ بُرْهَانَانِ مِنْ رَبِّكَ إِلَىٰ فِرْعَوْنَ وَمَلَئِهِ ۚ إِنَّهُمْ كَانُوا قَوْمًا فَاسِقِينَ ٣٢ i

28:32

Qo`lingni yoqangdan (qo`ltig`ingga) suq, biron nuqsonsiz oppoq bo`lib chiqur va qo`rquvdan qanot(qo`l)ingni o`zingga tortib ol. Bas, shu ikkisi Robbingdan Fir'avn va uning odamlariga ikki hujjatdir. Albatta, ular fosiq qavm bo`ldilar», (deyildi). (32)

قَالَ رَبِّ إِنِّي قَتَلْتُ مِنْهُمْ نَفْسًا فَأَخَافُ أَنْ يَقْتُلُونِ ٣٣ i

28:33

U: «Ey Robbim, men ulardan bir jonni o`ldirganman, ular meni o`ldirishlaridan qo`rqaman. (33)

وَأَخِي هَارُونُ هُوَ أَفْصَحُ مِنِّي لِسَانًا فَأَرْسِلْهُ مَعِيَ رِدْءًا يُصَدِّقُنِي ۖ إِنِّي أَخَافُ أَنْ يُكَذِّبُونِ ٣٤ i

28:34

Birodarim Horun mendan ko`ra tili burroroq, uni ham men bilan yubor, meni tasdiqlaydir. Zero, ular meni yolg`onchi qilishlaridan qo`rqurman», dedi. (34)

قَالَ سَنَشُدُّ عَضُدَكَ بِأَخِيكَ وَنَجْعَلُ لَكُمَا سُلْطَانًا فَلَا يَصِلُونَ إِلَيْكُمَا ۚ بِآيَاتِنَا أَنْتُمَا وَمَنِ اتَّبَعَكُمَا الْغَالِبُونَ ٣٥ i

28:35

U zot: «Biz seni og`ang bilan quvvatlaymiz va ikkovingizga bir saltanat berurmizki, ular sizga yetisha olmaslar. Bizning oyatlarimiz ila ikkingiz va sizga ergashganlar g`olibdirsiz», dedi. (35)

فَلَمَّا جَاءَهُمْ مُوسَىٰ بِآيَاتِنَا بَيِّنَاتٍ قَالُوا مَا هَٰذَا إِلَّا سِحْرٌ مُفْتَرًى وَمَا سَمِعْنَا بِهَٰذَا فِي آبَائِنَا الْأَوَّلِينَ ٣٦ i

28:36

Bas, qachonki Muso ularga ochiq-oydin oyatlarimiz ila kelganida, ular: «Bu uydirma sehrdan boshqa narsa emas. Avvalgi ota-bobolarimizdan ham bu haqda eshitmagan edik», dedilar. (36)

وَقَالَ مُوسَىٰ رَبِّي أَعْلَمُ بِمَنْ جَاءَ بِالْهُدَىٰ مِنْ عِنْدِهِ وَمَنْ تَكُونُ لَهُ عَاقِبَةُ الدَّارِ ۖ إِنَّهُ لَا يُفْلِحُ الظَّالِمُونَ ٣٧ i

28:37

Va Muso: «Robbim O`z huzuridan kim hidoyat keltirganini ham, oxirat diyori oqibati kimga bo`lishini ham yaxshi bilguvchi Zotdir. Albatta, zolimlar najot topmaslar», dedi. (37)

وَقَالَ فِرْعَوْنُ يَا أَيُّهَا الْمَلَأُ مَا عَلِمْتُ لَكُمْ مِنْ إِلَٰهٍ غَيْرِي فَأَوْقِدْ لِي يَا هَامَانُ عَلَى الطِّينِ فَاجْعَلْ لِي صَرْحًا لَعَلِّي أَطَّلِعُ إِلَىٰ إِلَٰهِ مُوسَىٰ وَإِنِّي لَأَظُنُّهُ مِنَ الْكَاذِبِينَ ٣٨ i

28:38

Va Fir'avn: «Ey, a'yonlar, men sizlarga o`zimdan boshqa iloh borligini bilmasman. Bas, ey, Homon, loyga o`t yoqib, men uchun bir baland qasr qur, shoyadki (unga chiqib) Musoning ilohini ko`rsam. Albatta, men uni yolg`onchilardan deb o`ylamoqdaman», dedi. (38)

وَاسْتَكْبَرَ هُوَ وَجُنُودُهُ فِي الْأَرْضِ بِغَيْرِ الْحَقِّ وَظَنُّوا أَنَّهُمْ إِلَيْنَا لَا يُرْجَعُونَ ٣٩ i

28:39

U(Fir'avn) va uning askarlari yer yuzida nohaqdan takabburlik qildilar hamda o`zlarini Bizga qaytarilmaslar deb gumon qildilar. (39)

فَأَخَذْنَاهُ وَجُنُودَهُ فَنَبَذْنَاهُمْ فِي الْيَمِّ ۖ فَانْظُرْ كَيْفَ كَانَ عَاقِبَةُ الظَّالِمِينَ ٤٠ i

28:40

Bas, Biz uni va uning askarlarini tutdik va dengizga otdik. Endi zolimlarning oqibati qandoq bo`lganiga nazar sol. (40)

وَجَعَلْنَاهُمْ أَئِمَّةً يَدْعُونَ إِلَى النَّارِ ۖ وَيَوْمَ الْقِيَامَةِ لَا يُنْصَرُونَ ٤١ i

28:41

Va ularni do`zaxga chaqiradigan peshvolar qildik. Qiyomat kuni esa, ularga yordam berilmas. (41)

وَأَتْبَعْنَاهُمْ فِي هَٰذِهِ الدُّنْيَا لَعْنَةً ۖ وَيَوْمَ الْقِيَامَةِ هُمْ مِنَ الْمَقْبُوحِينَ ٤٢ i

28:42

Va bu dunyoda ularga la'natni ergashtirib qo`ydik. Qiyomat kuni esa, ular (rahmatdan) yiroq qilinganlardandir. (42)

وَلَقَدْ آتَيْنَا مُوسَى الْكِتَابَ مِنْ بَعْدِ مَا أَهْلَكْنَا الْقُرُونَ الْأُولَىٰ بَصَائِرَ لِلنَّاسِ وَهُدًى وَرَحْمَةً لَعَلَّهُمْ يَتَذَكَّرُونَ ٤٣ i

28:43

Batahqiq, Biz avvalgi asrlarni halok qilganimizdan so`ng Musoga odamlar uchun nur, hidoyat va rahmat qilib kitobni berdik. Shoyadki, ular eslasalar. (43)

وَمَا كُنْتَ بِجَانِبِ الْغَرْبِيِّ إِذْ قَضَيْنَا إِلَىٰ مُوسَى الْأَمْرَ وَمَا كُنْتَ مِنَ الشَّاهِدِينَ ٤٤ i

28:44

Biz Musoga ishni hukm qilgan paytimizda sen g`arbiy tomonda emas eding va guvohlardan ham bo`lmagansan. (44)

وَلَٰكِنَّا أَنْشَأْنَا قُرُونًا فَتَطَاوَلَ عَلَيْهِمُ الْعُمُرُ ۚ وَمَا كُنْتَ ثَاوِيًا فِي أَهْلِ مَدْيَنَ تَتْلُو عَلَيْهِمْ آيَاتِنَا وَلَٰكِنَّا كُنَّا مُرْسِلِينَ ٤٥ i

28:45

Lekin Biz bir necha asrlarni paydo qildik, bas, ularning umri cho`zildi. Sen Madyanda turib, ularga oyatlarimizni tilovat qilib berganing yo`q. Ammo Biz Payg`ambar yuborguvchi bo`ldik. (45)

وَمَا كُنْتَ بِجَانِبِ الطُّورِ إِذْ نَادَيْنَا وَلَٰكِنْ رَحْمَةً مِنْ رَبِّكَ لِتُنْذِرَ قَوْمًا مَا أَتَاهُمْ مِنْ نَذِيرٍ مِنْ قَبْلِكَ لَعَلَّهُمْ يَتَذَكَّرُونَ ٤٦ i

28:46

Biz nido qilgan chog`imizda Turning yonida yo`q eding. Lekin Robbingdan rahmat sifatida sendan oldin ogohlantirguvchi kelmagan qavmni ogohlantirish uchun (qissalarni senga bildirdik). Shoyadki, eslasalar. (46)

وَلَوْلَا أَنْ تُصِيبَهُمْ مُصِيبَةٌ بِمَا قَدَّمَتْ أَيْدِيهِمْ فَيَقُولُوا رَبَّنَا لَوْلَا أَرْسَلْتَ إِلَيْنَا رَسُولًا فَنَتَّبِعَ آيَاتِكَ وَنَكُونَ مِنَ الْمُؤْمِنِينَ ٤٧ i

28:47

Agar ularga qilmishlari tufayli musiybat yetganida: «Ey Robbimiz, bizga Payg`ambar yuborganingda edi, oyatlaringga ergashar edik va mo`minlardan bo`lar edik», demasalar edi. (47)

فَلَمَّا جَاءَهُمُ الْحَقُّ مِنْ عِنْدِنَا قَالُوا لَوْلَا أُوتِيَ مِثْلَ مَا أُوتِيَ مُوسَىٰ ۚ أَوَلَمْ يَكْفُرُوا بِمَا أُوتِيَ مُوسَىٰ مِنْ قَبْلُ ۖ قَالُوا سِحْرَانِ تَظَاهَرَا وَقَالُوا إِنَّا بِكُلٍّ كَافِرُونَ ٤٨ i

28:48

Qachonki ularga bizning huzurimizdan haq kelganida, ular: «Unga ham Musoga berilgan narsa berilsa edi», dedilar. Ular ilgari Musoga berilgan narsaga kufr keltirmagan edilarmi?! Ular: «Ikki sehr o`rtaga chiqdi, bir-biriga yordam bermoqda, biz har biriga kufr keltirguvchimiz», dedilar. (48)

قُلْ فَأْتُوا بِكِتَابٍ مِنْ عِنْدِ اللَّهِ هُوَ أَهْدَىٰ مِنْهُمَا أَتَّبِعْهُ إِنْ كُنْتُمْ صَادِقِينَ ٤٩ i

28:49

Sen: «Agar rostgo`ylardan bo`lsangiz, Allohning huzuridagi u ikkisidan ko`ra to`g`riroq bir kitob keltiring, men unga ergashaman», degin. (49)

فَإِنْ لَمْ يَسْتَجِيبُوا لَكَ فَاعْلَمْ أَنَّمَا يَتَّبِعُونَ أَهْوَاءَهُمْ ۚ وَمَنْ أَضَلُّ مِمَّنِ اتَّبَعَ هَوَاهُ بِغَيْرِ هُدًى مِنَ اللَّهِ ۚ إِنَّ اللَّهَ لَا يَهْدِي الْقَوْمَ الظَّالِمِينَ ٥٠ i

28:50

Agar senga javob bera olmasalar, bas, bilginki, ular faqat havoyi nafslariga ergashmoqdalar, xolos. Allohdan bo`lgan hidoyatsiz, o`z havoyi nafsiga ergashgandan ko`ra ham gumrohroq kimsa bormi?! Albatta, Alloh zolim qavmlarni hidoyat qilmas. (50)

وَلَقَدْ وَصَّلْنَا لَهُمُ الْقَوْلَ لَعَلَّهُمْ يَتَذَكَّرُونَ ٥١ i

28:51

Batahqiq, Biz ularga gapni yetkazib qo`ydik. Shoyadki, eslasalar. (51)

الَّذِينَ آتَيْنَاهُمُ الْكِتَابَ مِنْ قَبْلِهِ هُمْ بِهِ يُؤْمِنُونَ ٥٢ i

28:52

U(Qur'on)dan oldin kitob berilganlar unga iymon keltirurlar. (52)

وَإِذَا يُتْلَىٰ عَلَيْهِمْ قَالُوا آمَنَّا بِهِ إِنَّهُ الْحَقُّ مِنْ رَبِّنَا إِنَّا كُنَّا مِنْ قَبْلِهِ مُسْلِمِينَ ٥٣ i

28:53

Ularga tilovat qilingan chog`da: «Biz unga iymon keltirdik. Albatta, u Robbimizdan kelgan haqdir. Albatta, biz bundan oldin ham musulmon edik», dedilar. (53)

أُولَٰئِكَ يُؤْتَوْنَ أَجْرَهُمْ مَرَّتَيْنِ بِمَا صَبَرُوا وَيَدْرَءُونَ بِالْحَسَنَةِ السَّيِّئَةَ وَمِمَّا رَزَقْنَاهُمْ يُنْفِقُونَ ٥٤ i

28:54

Ana o`shalarga sabr qilganlari uchun ajrlari ikki marta berilgan. Ular yaxshilik ila yomonlikni daf' qilurlar va ularga rizq qilib bergan narsalarimizdan nafaqa qilurlar. (54)

وَإِذَا سَمِعُوا اللَّغْوَ أَعْرَضُوا عَنْهُ وَقَالُوا لَنَا أَعْمَالُنَا وَلَكُمْ أَعْمَالُكُمْ سَلَامٌ عَلَيْكُمْ لَا نَبْتَغِي الْجَاهِلِينَ ٥٥ i

28:55

Qachonki behuda narsa eshitsalar, undan yuz o`girib: «Bizga o`z amallarimiz, sizga o`z amallaringiz, omon bo`linglar, biz johillarni istamasmiz», dedilar. (55)

إِنَّكَ لَا تَهْدِي مَنْ أَحْبَبْتَ وَلَٰكِنَّ اللَّهَ يَهْدِي مَنْ يَشَاءُ ۚ وَهُوَ أَعْلَمُ بِالْمُهْتَدِينَ ٥٦ i

28:56

Albatta, sen o`zing sevgan kishingni hidoyat qila olmassan. Lekin Alloh kimni xohlasa, o`shani hidoyat qiladir. U hidoyatga yuruvchilarni yaxshi bilguvchi Zotdir. (56)

وَقَالُوا إِنْ نَتَّبِعِ الْهُدَىٰ مَعَكَ نُتَخَطَّفْ مِنْ أَرْضِنَا ۚ أَوَلَمْ نُمَكِّنْ لَهُمْ حَرَمًا آمِنًا يُجْبَىٰ إِلَيْهِ ثَمَرَاتُ كُلِّ شَيْءٍ رِزْقًا مِنْ لَدُنَّا وَلَٰكِنَّ أَكْثَرَهُمْ لَا يَعْلَمُونَ ٥٧ i

28:57

Ular: «Agar sen bilan hidoyatga ergashsak, o`z yerimizdan yulib olinamiz», dedilar. Biz ularga omonlik haramini makon qilib bermadikmi?! U yerga har narsaning mevalari Bizning dargohimizdan rizq o`laroq yig`iladi-ku! Ammo ko`plari bilmaslar. (57)

وَكَمْ أَهْلَكْنَا مِنْ قَرْيَةٍ بَطِرَتْ مَعِيشَتَهَا ۖ فَتِلْكَ مَسَاكِنُهُمْ لَمْ تُسْكَنْ مِنْ بَعْدِهِمْ إِلَّا قَلِيلًا ۖ وَكُنَّا نَحْنُ الْوَارِثِينَ ٥٨ i

28:58

Biz maishatlari haddan oshgan qanchadan-qancha yurtlarni halok qildik. Bas, anavilar ularning maskanlari, ulardan keyin maskan qilinmadi, illo, ozginasi, xolos. Va Biz O`zimiz voris bo`lib qoldik. (58)

وَمَا كَانَ رَبُّكَ مُهْلِكَ الْقُرَىٰ حَتَّىٰ يَبْعَثَ فِي أُمِّهَا رَسُولًا يَتْلُو عَلَيْهِمْ آيَاتِنَا ۚ وَمَا كُنَّا مُهْلِكِي الْقُرَىٰ إِلَّا وَأَهْلُهَا ظَالِمُونَ ٥٩ i

28:59

Robbing shahar-qishloqlarni, to ular orasiga ularga oyatlarimizni tilovat qiladigan Payg`ambar yubormasdan turib, halok qiluvchi bo`lmagan. Biz shahar-qishloqlarni faqat ahli zolim bo`lgan holdagina halok qilguvchi bo`lganmiz. (59)

وَمَا أُوتِيتُمْ مِنْ شَيْءٍ فَمَتَاعُ الْحَيَاةِ الدُّنْيَا وَزِينَتُهَا ۚ وَمَا عِنْدَ اللَّهِ خَيْرٌ وَأَبْقَىٰ ۚ أَفَلَا تَعْقِلُونَ ٦٠ i

28:60

Va sizga berilgan narsalar bu dunyoning matohi va ziynati, xolos. Allohning huzuridagi narsa yaxshiroq va boqiydir. Aql ishlatmaysizlarmi? (60)

أَفَمَنْ وَعَدْنَاهُ وَعْدًا حَسَنًا فَهُوَ لَاقِيهِ كَمَنْ مَتَّعْنَاهُ مَتَاعَ الْحَيَاةِ الدُّنْيَا ثُمَّ هُوَ يَوْمَ الْقِيَامَةِ مِنَ الْمُحْضَرِينَ ٦١ i

28:61

Biz unga go`zal va'da qilgan, keyin o`shanga erishuvchi kishi, bu hayoti dunyo matohini berganimizdan so`ngra qiyomat kuni (azobga) hozir qilinganlardan bo`lgan kishi kabi bo`larmidi?! (61)

وَيَوْمَ يُنَادِيهِمْ فَيَقُولُ أَيْنَ شُرَكَائِيَ الَّذِينَ كُنْتُمْ تَزْعُمُونَ ٦٢ i

28:62

U zot ularni chaqirgan kunida: «Siz da'vo qilgan Mening «sherik»larim qani?!» der. (62)

قَالَ الَّذِينَ حَقَّ عَلَيْهِمُ الْقَوْلُ رَبَّنَا هَٰؤُلَاءِ الَّذِينَ أَغْوَيْنَا أَغْوَيْنَاهُمْ كَمَا غَوَيْنَا ۖ تَبَرَّأْنَا إِلَيْكَ ۖ مَا كَانُوا إِيَّانَا يَعْبُدُونَ ٦٣ i

28:63

Ustilariga so`z(langan azob) tushishi haq bo`lganlar: «Ey Robbimiz, anavi yo`ldan ozdirganlarimizni o`zimiz yo`ldan ozganimizdek ozdirganmiz. Senga o`zimizni oqladik. Ular bizga ibodat qilgan emaslar», derlar. (63)

وَقِيلَ ادْعُوا شُرَكَاءَكُمْ فَدَعَوْهُمْ فَلَمْ يَسْتَجِيبُوا لَهُمْ وَرَأَوُا الْعَذَابَ ۚ لَوْ أَنَّهُمْ كَانُوا يَهْتَدُونَ ٦٤ i

28:64

Va: «Mening «sherik»larimni chaqiringlar», deyilur. Ular chaqirurlar. Bas, (soxta xudolari) ularga javob bermaslar. Va, azobni ko`rurlar. Koshki, hidoyat topgan bo`lganlarida edi! (64)

وَيَوْمَ يُنَادِيهِمْ فَيَقُولُ مَاذَا أَجَبْتُمُ الْمُرْسَلِينَ ٦٥ i

28:65

U kunda U zot ularga nido qilib: «Payg`ambarlarga nima deb javob berdingiz?» der. (65)

فَعَمِيَتْ عَلَيْهِمُ الْأَنْبَاءُ يَوْمَئِذٍ فَهُمْ لَا يَتَسَاءَلُونَ ٦٦ i

28:66

Ana o`sha kunda xabarlar ulardan maxfiy bo`lur va ular bir-birlaridan so`ray olmaslar ham. (66)

فَأَمَّا مَنْ تَابَ وَآمَنَ وَعَمِلَ صَالِحًا فَعَسَىٰ أَنْ يَكُونَ مِنَ الْمُفْلِحِينَ ٦٧ i

28:67

Ammo tavba qilgan, iymon keltirib, solih amallarni qilgan kishi, shoyadki, najot topguvchilardan bo`lsa. (67)

وَرَبُّكَ يَخْلُقُ مَا يَشَاءُ وَيَخْتَارُ ۗ مَا كَانَ لَهُمُ الْخِيَرَةُ ۚ سُبْحَانَ اللَّهِ وَتَعَالَىٰ عَمَّا يُشْرِكُونَ ٦٨ i

28:68

Va Robbing xohlaganini yaratib, xohlaganini ixtiyor qilur. Ularda ixtiyor haqqi yo`qdir. Ular shirk keltirayotgan narsalardan Alloh pok va yuksakdir. (68)

وَرَبُّكَ يَعْلَمُ مَا تُكِنُّ صُدُورُهُمْ وَمَا يُعْلِنُونَ ٦٩ i

28:69

Va, Robbing ularning qalblari yashirayotgan narsalarni ham, oshkor qilayotgan narsalarni ham bilur. (69)

وَهُوَ اللَّهُ لَا إِلَٰهَ إِلَّا هُوَ ۖ لَهُ الْحَمْدُ فِي الْأُولَىٰ وَالْآخِرَةِ ۖ وَلَهُ الْحُكْمُ وَإِلَيْهِ تُرْجَعُونَ ٧٠ i

28:70

U Alloh Undan boshqa ibodatga sazovor iloh yo`q Zotdir. Bu dunyoda va oxiratda barcha hamd Ungadir. Hukm ham Uning O`zigadir va Ungagina qaytarilursizlar. (70)

قُلْ أَرَأَيْتُمْ إِنْ جَعَلَ اللَّهُ عَلَيْكُمُ اللَّيْلَ سَرْمَدًا إِلَىٰ يَوْمِ الْقِيَامَةِ مَنْ إِلَٰهٌ غَيْرُ اللَّهِ يَأْتِيكُمْ بِضِيَاءٍ ۖ أَفَلَا تَسْمَعُونَ ٧١ i

28:71

Sen ularga: «Ayting-chi, agar Alloh kechani qiyomat kunigacha doimiy qilib qo`ysa, Allohdan o`zga qaysi iloh sizga yorug`lik keltira olur? Eshitmaysizlarmi?!» deb ayt. (71)

قُلْ أَرَأَيْتُمْ إِنْ جَعَلَ اللَّهُ عَلَيْكُمُ النَّهَارَ سَرْمَدًا إِلَىٰ يَوْمِ الْقِيَامَةِ مَنْ إِلَٰهٌ غَيْرُ اللَّهِ يَأْتِيكُمْ بِلَيْلٍ تَسْكُنُونَ فِيهِ ۖ أَفَلَا تُبْصِرُونَ ٧٢ i

28:72

Sen ularga: «Ayting-chi, agar Alloh kunduzni qiyomat kunigacha doimiy qilib qo`ysa, Allohdan o`zga qaysi iloh sizlarga orom oladiganingiz kechani keltira oladi?! Ko`rmaysizlarmi?!» deb ayt. (72)

وَمِنْ رَحْمَتِهِ جَعَلَ لَكُمُ اللَّيْلَ وَالنَّهَارَ لِتَسْكُنُوا فِيهِ وَلِتَبْتَغُوا مِنْ فَضْلِهِ وَلَعَلَّكُمْ تَشْكُرُونَ ٧٣ i

28:73

U zot O`z rahmati ila sizlarga kecha va kunduzni orom olishingiz va O`z fazlidan talab qilishingiz uchun paydo qildi. Shoyadki, shukr keltirsangiz. (73)

وَيَوْمَ يُنَادِيهِمْ فَيَقُولُ أَيْنَ شُرَكَائِيَ الَّذِينَ كُنْتُمْ تَزْعُمُونَ ٧٤ i

28:74

U kunda U zot ularga nido qilib: «Sizlar da'vo qilgan «sherik»larim qani?» der. (74)

وَنَزَعْنَا مِنْ كُلِّ أُمَّةٍ شَهِيدًا فَقُلْنَا هَاتُوا بُرْهَانَكُمْ فَعَلِمُوا أَنَّ الْحَقَّ لِلَّهِ وَضَلَّ عَنْهُمْ مَا كَانُوا يَفْتَرُونَ ٧٥ i

28:75

Va har bir ummatdan bir shohid chiqarib: «Hujjatlaringizni keltiring!» degaymiz. Bas, ular haq Allohga ekanini bilurlar va o`zlari uydirib yurgan narsalari g`oyib bo`lur. (75)

إِنَّ قَارُونَ كَانَ مِنْ قَوْمِ مُوسَىٰ فَبَغَىٰ عَلَيْهِمْ ۖ وَآتَيْنَاهُ مِنَ الْكُنُوزِ مَا إِنَّ مَفَاتِحَهُ لَتَنُوءُ بِالْعُصْبَةِ أُولِي الْقُوَّةِ إِذْ قَالَ لَهُ قَوْمُهُ لَا تَفْرَحْ ۖ إِنَّ اللَّهَ لَا يُحِبُّ الْفَرِحِينَ ٧٦ i

28:76

Albatta, Qorun Muso qavmidan bo`lib, ularga takabburlik qildi. Biz unga kalitlari bir guruh quvvatlilarga ham og`irlik qiladigan xazinalarni bergan edik. O`shanda qavmi unga: «Hovliqma, albatta, Alloh hovliqqanlarni suymas. (76)

وَابْتَغِ فِيمَا آتَاكَ اللَّهُ الدَّارَ الْآخِرَةَ ۖ وَلَا تَنْسَ نَصِيبَكَ مِنَ الدُّنْيَا ۖ وَأَحْسِنْ كَمَا أَحْسَنَ اللَّهُ إِلَيْكَ ۖ وَلَا تَبْغِ الْفَسَادَ فِي الْأَرْضِ ۖ إِنَّ اللَّهَ لَا يُحِبُّ الْمُفْسِدِينَ ٧٧ i

28:77

Va Alloh senga bergan narsa bilan oxiratni izlagin, bu dunyodagi nasibangni ham unutma. Alloh senga yaxshilik qilganidek, sen ham yaxshilik qil. Yer yuzida buzg`unchilikni izlama. Albatta, Alloh buzg`unchilarni suymas», dedilar. (77)

قَالَ إِنَّمَا أُوتِيتُهُ عَلَىٰ عِلْمٍ عِنْدِي ۚ أَوَلَمْ يَعْلَمْ أَنَّ اللَّهَ قَدْ أَهْلَكَ مِنْ قَبْلِهِ مِنَ الْقُرُونِ مَنْ هُوَ أَشَدُّ مِنْهُ قُوَّةً وَأَكْثَرُ جَمْعًا ۚ وَلَا يُسْأَلُ عَنْ ذُنُوبِهِمُ الْمُجْرِمُونَ ٧٨ i

28:78

U (Qorun): «Menga u faqat o`zimdagi ilm tufayligina berilgandir», dedi. Alloh undan oldingi asrlarda undan ko`ra quvvatliroq, undan ko`ra ko`proq (mol) to`plaganlarni(ham) albatta halok etganini u bilmasmidi?! Gunohkorlardan gunohlari haqida so`rab o`tirilmas. (78)

فَخَرَجَ عَلَىٰ قَوْمِهِ فِي زِينَتِهِ ۖ قَالَ الَّذِينَ يُرِيدُونَ الْحَيَاةَ الدُّنْيَا يَا لَيْتَ لَنَا مِثْلَ مَا أُوتِيَ قَارُونُ إِنَّهُ لَذُو حَظٍّ عَظِيمٍ ٧٩ i

28:79

Bas, u (Qorun) qavmi huzuriga zebu ziynati ila chiqdi. Hayoti dunyoni xohlaydiganlar: «Qani endi bizga ham Qorunga berilgan narsadan bo`lsa edi. Haqiqatan, u ulug` nasiba egasidir», dedilar. (79)

وَقَالَ الَّذِينَ أُوتُوا الْعِلْمَ وَيْلَكُمْ ثَوَابُ اللَّهِ خَيْرٌ لِمَنْ آمَنَ وَعَمِلَ صَالِحًا وَلَا يُلَقَّاهَا إِلَّا الصَّابِرُونَ ٨٠ i

28:80

Ilm berilganlar esa: «Voy bo`lsin sizlarga! Iymon keltirib, solih amallarni qilganlar uchun Allohning savobi yaxshidir. Unga faqat sabr qilganlargina erishurlar», dedilar. (80)

فَخَسَفْنَا بِهِ وَبِدَارِهِ الْأَرْضَ فَمَا كَانَ لَهُ مِنْ فِئَةٍ يَنْصُرُونَهُ مِنْ دُونِ اللَّهِ وَمَا كَانَ مِنَ الْمُنْتَصِرِينَ ٨١ i

28:81

Bas, Biz uni va uning hovli-joyini yerga yuttirdik. Unga Alloh(azobi)dan yordam beradigan guruh ham bo`lmadi, uning o`zi nusratga erishguvchilardan ham bo`lmadi. (81)

وَأَصْبَحَ الَّذِينَ تَمَنَّوْا مَكَانَهُ بِالْأَمْسِ يَقُولُونَ وَيْكَأَنَّ اللَّهَ يَبْسُطُ الرِّزْقَ لِمَنْ يَشَاءُ مِنْ عِبَادِهِ وَيَقْدِرُ ۖ لَوْلَا أَنْ مَنَّ اللَّهُ عَلَيْنَا لَخَسَفَ بِنَا ۖ وَيْكَأَنَّهُ لَا يُفْلِحُ الْكَافِرُونَ ٨٢ i

28:82

Va kechagina uning makonini orzu qilayotganlar: «Voajab, Alloh bandalaridan O`zi xohlaganlariga rizqini keng yoki tor qiladiganga o`xshaydir. Agar Alloh bizga lutf qilmaganida, bizni ham yerga yuttirar edi. Voajab, kofirlar najot topmaydiganga o`xshaydi-ku!» deyishga o`tdilar. (82)

تِلْكَ الدَّارُ الْآخِرَةُ نَجْعَلُهَا لِلَّذِينَ لَا يُرِيدُونَ عُلُوًّا فِي الْأَرْضِ وَلَا فَسَادًا ۚ وَالْعَاقِبَةُ لِلْمُتَّقِينَ ٨٣ i

28:83

Biz o`sha oxirat diyorini yer yuzida takabburlik va buzg`unchilikni istamaydiganlar uchun qilurmiz. Oqibat taqvodorlarnikidir. (83)

مَنْ جَاءَ بِالْحَسَنَةِ فَلَهُ خَيْرٌ مِنْهَا ۖ وَمَنْ جَاءَ بِالسَّيِّئَةِ فَلَا يُجْزَى الَّذِينَ عَمِلُوا السَّيِّئَاتِ إِلَّا مَا كَانُوا يَعْمَلُونَ ٨٤ i

28:84

Kim bir yaxshilik keltirsa, unga undan ko`ra xayrliroq (mukofot) bor. Kim bir yomonlik keltirsa, yomonlik qilganlar faqat qilganlariga yarasha jazolanurlar. (84)

إِنَّ الَّذِي فَرَضَ عَلَيْكَ الْقُرْآنَ لَرَادُّكَ إِلَىٰ مَعَادٍ ۚ قُلْ رَبِّي أَعْلَمُ مَنْ جَاءَ بِالْهُدَىٰ وَمَنْ هُوَ فِي ضَلَالٍ مُبِينٍ ٨٥ i

28:85

Senga Qur'onni farz qilgan Zot, albatta, seni qaytar joyga qaytarguvchidir. Sen: «Robbim hidoyat keltirgan shaxsni ham va ochiq-oydin gumrohlikdagi shaxsni ham yaxshi bilguvchidir», deb ayt. (85)

وَمَا كُنْتَ تَرْجُو أَنْ يُلْقَىٰ إِلَيْكَ الْكِتَابُ إِلَّا رَحْمَةً مِنْ رَبِّكَ ۖ فَلَا تَكُونَنَّ ظَهِيرًا لِلْكَافِرِينَ ٨٦ i

28:86

Sen o`zingga kitob tushirilishidan umidvor ham emas eding. Illo, Robbing rahmati bo`lib (tushdi). Bas, hargiz kofirlarga yordamchi bo`lma. (86)

وَلَا يَصُدُّنَّكَ عَنْ آيَاتِ اللَّهِ بَعْدَ إِذْ أُنْزِلَتْ إِلَيْكَ ۖ وَادْعُ إِلَىٰ رَبِّكَ ۖ وَلَا تَكُونَنَّ مِنَ الْمُشْرِكِينَ ٨٧ i

28:87

Va seni ular senga tushirilgan Allohning oyatlaridan hargiz to`smasinlar. Robbingga da'vat qil. Aslo mushriklardan bo`lma. (87)

وَلَا تَدْعُ مَعَ اللَّهِ إِلَٰهًا آخَرَ ۘ لَا إِلَٰهَ إِلَّا هُوَ ۚ كُلُّ شَيْءٍ هَالِكٌ إِلَّا وَجْهَهُ ۚ لَهُ الْحُكْمُ وَإِلَيْهِ تُرْجَعُونَ ٨٨ i

28:88

Allohdan o`zga hech bir ilohga iltijo qilma. Undan o`zga ibodatga sazovor zot yo`q. Undan o`zga har bir narsa halok bo`lguvchidir. Hukm Uning O`zigaginadir va faqat Ungagina qaytarilursiz. (88)